1.Yunon shaharlari haqida ma’lumot bering.
Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan shaharlar soni ham ortib
boradi. Yunon shaharlarining ko„pchiligi bir q an-cha manzilgohlar birlashishi yo„li bilan
tashkil topadi. Bunday shaharlar yunoncha «polis», ya‟ni «shahar» deb atalgan. Ular shahar-
davlatlarni tashkil etgan. Barcha shahar-davlatlar o„z qo„shinlariga ega bo„lgan. Polislar bir-
birlari bilan tez-tez urushib turganlar. Shu sababli yunonlar askarlarga ta‟lim-tarbiya
berishga va durust qurollantirishga intilar edilar. Qo„shinlarning asosini og„ir qurollangan
askarlar – goplitlar tashkil etgan. Ular to„rtbur chak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga
zich joylashgan qatorlar bilan jang qi lishgan. Bunday jangovar safga tizilish falanga deb
atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |