2. Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot bering.
Egey dengizidagi ko„p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg„oqlari va qo„l-tig„lari
yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib berdi. Biroq yunonlarda katta
kemalar bo„lmagan, kichik eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroqqa suzib borish ancha
xatarli bo„lgan. Yunonlar adashib qolishdan xavfsirab, ko„z ilg„aydigan qisqa
masofalarga – oroldan orolga yoki sohil yaqinida suzishgan. Tajribali dengizchilar esa
yelkanlardan foydalanib, olis sayohatlarga – Misrga hamda O„rtayer va Qora dengiz
sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan. Yunonlar odamlar yashaydigan hududlarni
Oykumena deb atashgan.
30-BILET
Do'stlaringiz bilan baham: |