2. Salamin jangi haqida ma’lumot bering.
Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda tor Salamin
bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi. Yunonlarda 200 ta harbiy kema – triyeralar mavjud edi. Bu kemalar
qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o‘tar, o‘sha davr uchun katta tezlikda –
soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan. Yunon shahar-davlatlarining birlashganfl oti
forslarning harbiy flotidan kuchli bo‘lgan. Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark
etishga majbur bo‘ldi.
Mil. avv. 479- yilda forslar Afi nani bosib olishga yana bir marta urinib ko‘radilar. Bi roq
yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo‘shinlarini tor-mor etdi.
Bu yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo‘l gan. Yunon-fors urushlari yunonlarning to‘-
liq g‘alabasi bilan, mil. avv. 449 yildagi sulh natijasida yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |