VARIANT-13
1, Binafsha rangli ametist deb ataluvchi qimmatbaho toshlar olishda ishlatiladigan ioni aniqlang.
A) Cr B) Fe C) Mn D) Ti
2. Quyidagi reaksiyada qaytaruvchi oldidagi koeffitsient nechaga teng.
NH3 + KMnO4 + KOH = KNO3 + K2MnO4 + H2O
A)5 B) 13 C) 8 D) 1
3. Qaysi eritmaning molayligi (CM) uning normalligidan (CN) teng bo’ladi? (V=1)
A) Al2(SO4)3 eritmasi
B) AlCl3 eritmasi
C) CaCl2 eritmasi
D) KOH eritmasi
4. Uran – 238 izotopi ketma-ket alfa, alfa, neytron, neytron, alfa, alfa-zarrachalar chiqarganda hosil bo‘ladigan element yadrosida nechta neytron bo‘ladi?
A) 136 B) 134 C) 132 D) 130
5. 4,5 N li Al2(SO4)3 eritmasining foiz konsentratsiyasi 17,1% bo’lsa, eritmaning zichligini (g/ml) aniqlang
A) 1,6 B) 1,5 C) 1,25 D) 1,75
6. 2020 gr kaliy nitrat eritmasida 2 mol tuz bo’lsa eritmaning foiz kansentratsiyasini toping.
A) 1% B) 10% C) 0,1% D) 20%
7. Fenol va pirokatexin molekulalaridagi kislorod atomlari soning nisbatini aniqlang
A) 1:1 B) 1:2 C) 1:3 D) 2:1
8. Miqdoriy (mol) nisbati bir xil bo’lgan Ca(HCO3)2 va CaCO3 dan iborat aralashma bilan 0,2 l 2 M li HCl eritmasi toliq reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida necha litr (n.sh) CO2 xosil bo’ladi.
A) 11,2 B) 6,72 C) 4,48 D) 2,24
9. 40 gr SO3 suvda eritildi hosil bo’lgan oleumda S va H 5:8 nisbatda bo’lsa hosil bolgan kislota massasini toping.
A) 49 B) 98 C) 39,2 D) 29,4
10. H2S + H2SO4 + K2Cr2O7 ..... Reaksiyani tugallang va chap tomondagi moddalar koeffitsientini toping.
A) 16 B) 12 C) 10 D) 8
11. Sirka kislota bilan qaysi moddalar reaksiyaga kirishmaydi?
1) Cl2 2) MgO 3) aseton 4) HCl
A) 1,3 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,4
12. Qaysi metal nitrat termik parchalanganda metal nitrit hosl bo’ladi.
A) Hg B) Cd C) Sn D) Ca
13. Tarkibida hajmiy ulushi 50% metan bo’lgan N2, CH4 va C2H4 dan iborat 44 gr aralashmaning hajmini aniqlang.
A) 22.4 B) 44,8 C) 11,2 D) 5,6
14. 40Ar izotopining neytronlar sonini aniqlang.
A) 11 B) 20 C) 22 D) 23
15. Gulukozaning 1/5 qismi oksidlanishidan 39,2 g glukon kislota hosil bo’ldi. Qolgan qismi ikkiga bo’lindi yarmi qaytarildi yarmi spirtli bijg’itilganda qancha gaz ajraladi.
A) 17,92 B) 22,4 C) 33,6 D) 44,8
16. Kalsiy fosfat molekulasidagi fosfat va kalsiy atomlari qanday nisbatda boladi?
A) 2;3 B) 3;1 C) 1;2 D) 1;1
17. Sx va FeS2 aralashtirilganda 09 mol aralashma hosil bo’ldi. Shu aralashma yondirilganda 0,4 mol temir(III) oksidi va 2 mol sulfit angdrid hosil bo’lsa, x ni toping.
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8
18. Aluminiy sulfat eritmasida dissotsiyalanmagan molekulalar soni 20 ta bo’lsa, eritmada ionlar sonini aniqlang. (a=90% , suv dissotsiyalanishi va gidroliz jarayonlari hisbga olmang)
A) 900 B) 180 C) 160 D) 800
19. Teng miqdorda (mol) olingan oktan va benzol tarkibidagi uglerod atomlari sonlari nisbatini toping
A) 1:1 B) 3:2 C) 4:3 D) 2:1
20. 2 mol etilxloridga KOH ning spirtdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 50% unum bilan necha gramm alken olinadi?
A) 70 B) 56 C) 28 D) 42
21. 200 g 10% li NaOH eritmasi 7 F tok bilan elektroliz qilinganda necha foizli eritma hosil bo’ladi?
A) 16,3 B) 21,8 C) 14,6 D) 33,6
22. Fenol yetrali miqdordagi natriy bilan reaksiyaga kirishganda (fenolyat olingan)
2,24 litr (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Reaksiyaga kirishgan fenol massasini (g) aniqlang.
A) 58,6 B) 66,4 C) 30,2 D) 18,8
23. Tarkibida 2 mol kislorod atomlari saqlaovchi sulfat kislota massasini (g) aniqlang.
A) 49 B) 196 C) 392 C) 98
24. Mis (II)sulfat eritmasiga qaysi moddani qo’shganimizda ko’k rang cho’kma hosil bo’ladi.
A) kaliy gidroksid B) natriy xlorit
C) bariy bromit D) natriy xlorid
25. Quyidagi labaratoriya tajribasi asosida B noma’lum moddani toping. ( Moddalarning rangi va shakli tabiy emas.)
A) Propanon B) Propanol
C) Propanal D) Propan
26. 200 g 7,4 % li kalsiy gidroksid eritmasiga qanday hajmdagi (1, n.sh.) karbonat angidrid yuttirilganda 10 g cho‘kma tushib, gidrokarbonat ioni saqlagan eritma hosil bo‘ladi?
A) 8,96 B) 2,24 C) 4,48 D) 6,72
27. 0,05M li 500 g Na2SO4 eritmasida 2,84 g erigan modda bo‘lsa, eritma zichligini (g/ml) aniqlang.
A) 1,42 B) 1,5 C) 1,3 D) 1,25
28. 1 mol metilformiat to'liq gidrolizlanganda (kislotali muhitda) necha gramm organik moddalar hosil bo'ladi?
A) 60 B) 46 C) 78 D) 32
29. Fotosintez jarayonida 30 g glukoza hosil bo'lishi uchun sarflanadigan CO2 miqdorini (mol) toping.
A) 4 B) 2 C) 3 D) 1
30. Etanol va sirka kislota aralashinasini to‘liq neytrallash uchun 80 g 6,25 %li NaOH eritmasi sarflandi. Xuddi shunday massali o'zaro to4liq ta’sirlashib (tr ishtirokida) 8,8 g murakkab efir hosil qiladi. Dastlabki aralashma massasini (g) toping.
A) 11,75 B) 13,25 C) 10,6 D) 12,1
Do'stlaringiz bilan baham: |