15
Aktda baxtsiz xodisaga uchragan kishi xaqidagi axborot tashqari, aniqlangan baxtsiz
xodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz xodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-
tadbirlar ko‘rilganligi xaqida axborot beriladi.
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex boshlig‘iga yuboriladi
va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda ko‘rsatilgan mexnatni muxofaza qilish
masalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi, komitetiga, uchinchisi tegishli
kasaba uyushmasining texnik inspektoriga va to‘rtinchisi mexnatni muxofaza qilish bo‘limiga nazorat
o‘rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz xodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan
nusxasini berishi shart. Baxtsiz xodisaning asoratlari keyinchalik xam kelib chiqishini xisobga olib,
aktlar 45 yilgacha saqlanish kerak.
Baxtsiz xodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma’muriyati yo‘l qo‘yilgan xatolarning
qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq e’lon qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan
baxtsiz xodisaning kelib chiqishiga aybdor bo‘lgan kishilarning javobgarligi aniqlanib, ta’kidlanadi.
Baxtsiz xodisa o‘lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz xodisaga uchrasa va og‘ir
jaroxatlangan xollarda, tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan o‘tkaziladi. Bunday baxtsiz
xodisalarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi
texnik inspektori, yuqori xo‘jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari xodimlari va
umumiy baxtsiz xodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.
Bunday xolatlarda tekshirish tezda o‘tkazilishi kerak, ya’ni tekshirish materiallari 7 kun ichida
tayyor bo‘lishi shart. Aktga baxtsiz xodisani ko‘rgan guvoxlarning ko‘rsatmalari, medekspert
xulosasi, baxtsiz xodisa yuz bergan joyning, xamda agar baxtsiz xodisa vaqtida biron-bir ob’ekt
zararlangan bo‘lsa, ularning foto surat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa
materiallar qo‘shib yuboriladi. Aktga shuningdek baxtsiz xodisaga javobgar bo‘lgan shaxsning
familiyasi va lavozimi yozib qo‘yiladi.
Og‘ir, gruppa bilan jaroxatlanganlar va o‘lim bilan tugugan baxtsiz xodisalar albatta fabrika,
zavod kasaba uyushmasi komitetida va yuqori xo‘jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari komitetida
va yuqori xo‘jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari komitetlarida taxlil qilish va ko‘rib chiqilishi
kerak. So‘ngra bildirilgan fikr muloxazalar asosida keyin xam shunday baxtsiz xodisa ro‘y bermaslik
uchun umumiy chora tadbirlar kompleksi ishlab chiqilish va uni qaror bilan tasdiqlanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida kasbiy zaxarlanish va kasb kasaliklari oldini olish uchun kerakli
qonuniyat va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek kasb kasalliklari vujudga
kelganda ularni xisobga olish va tekshirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash
vazirligi tashkilotlariga topshirilgan kasbiy zaxarlanish va kasb kasalligi xaqidagi akt korxona raxbari
yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar kompleksi
tavsiya etiladi va uning boshqa nusxasi Respublika sog‘liqni saqlash vazirligining yuqori
tashkilotlariga yuboriladi.
Baxtsiz xodisaga uchragan kishini xisobga olinib, unga ma’lum davolanish kursi belgilanadi.
Agar zarur bo‘lsa kasb kasaligiga uchragan kishini mexnat ekspert vrachlar komissiyasi (VTEK)ga
yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik gruxi aniqlanadi va shunga
yarasha ma’lum moddiy ta’minlanish miqdori belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: