82
Zich yopilganlik asosi qurilma ichidagi maxsulot tashqi muxitdan butunlay ajratilgan xolatda
bo‘ladi. Bunday xolat xar qanday gaz va suyuqlik bilan ishlaganda zarurat xisoblanadi. SHuningdek
bu xolat xavosiz muxitda xam qo‘llaniladi. Zich yopilganlik asosida suyultirilgan gazlar saqlovchi
idishlar, bug‘ xosil qilish qozonlari, siqilgan xavoni ba’zi bir sanoat maqsadlarida foydalananish
uchun yig‘uvchi xajmlar (resiverlar) va boshqalarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.
Zich yopilgan bunday idish va qurilmalardagi gaz va suyuqliklar katta bosim ostida, yuqori
xaroratda yoki juda past, xattoki absolyut xaroratga yaqin va undan past bo‘lgan xaroratga ega
bo‘lishi mumkin. SHuningdek bu xolat qattiq xavosizlantirilgan bo‘ladi.
Birmuncha xolatlarda zich yopilganlik xolatining buzilib ketishi faqatgina texnik nuqtai
nazaridangina nomaqbul bo‘lmasdan balki xavfli vaziyatlar vijudga keltirib, sanoat korxonasi
uskunalari va u erda ishlayotganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Bunday xolatning vijudga kelishiga zich yopilgan idishda saqlanayotgan gaz u erdan sizib
chiqishi natijasida, agar u erda atsetilen gazi saqlanayotgan bo‘lsa, unda ajralib chiqqan gaz xavo
bilanaralashib engilgina uchqundan alangalanib ketishi yoki portlashi mumkin. Agar yonayotgan gaz
uzoq vaqt sezilmasa, unda idishning qizib ketishi natijasida undagi atsetilen o‘z - o‘zidan yonib
ketishi va bu portlashga olib kelishi mumkin.
Agar zich yopilganligi buzilib 15 mm ga yaqin teshik xosil bo‘lsa, bosimi 20 MPa ga teng
bo‘lgan idishdan otilib chiqayotgan oqim xosil qilgan reaktiv kuch 3,5 kN ni tashkil qiladi va bu kuch
70 kg og‘irlikdagi balonga 5,9 m/s boshlang‘ich tezlanish berishi mumkin. Bu tezlanish balonni bir
necha metr masofaga siljishiga olib keladi.
Ma’lumki xamma suyuqlik va gazlar bir joydan ikkinchi joyga quvirlar orqali yuboriladi.
GOST 14202 - 69 ga asosan quvirlar orqali yuborilayotgan moddalarga qarab, turli ranglar bilan
ajratib qo‘yiladi.
1. Suv - yashil
2. Bug‘ - qizil
3. Xavo - ko‘k
4. YOnadigan va yonmaydigan gazlar - sariq
5. Kislotalar - to‘q sariq
7. Ishqorlar - binafsha rang
8. YOnadigan va yonmaydigan suyuqliklar - jigarrang
9. Boshqa moddalar - kulrang
Quvirlardagi xavfni aniq ko‘rsatish maqsadida ularga ogoxlantiruvchi rangli xalqalar
tushiriladi. Masalan qizil rangdagi xalqa quvir orqali yong‘inga, portlashga xavfli engil
alangalanuvchi modda, yashil rangdagisi - xavfsiz inert modda, sariq - zaxarlimodda. Bundan tashqari
sariq xalqa boshqa turdagi xavf xolatlariga xam qo‘yilishi mumkin: masalan kuchli
xavosizlantirilgan, yuqori bosim, radioaktiv moddalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: