Bog'liq 2020 – yildan Samarqand viloyati Respublika Davlat Statistika qo
213. Doimiy xarajatlar 200000 sh.b ., zararsizlik nuqtasida realizasiya 900000 sh.b . bo’lganda, 1350000 sh.b .hajmdagi realizasiyada MDni aniqlang, 214. Mahsulot birligining bahosi 5000 sh.b . , bir mahsulot uchun o’zgaruvchan xarajatlar 2000 sh.b ., doimiy xarajatlar 3000 sh.b .bo’lganda MD darajasini aniqlang. 215. Kompaniya birgina mahsulot ishlab chiqaradi va donasini 20 sh.b .dan sotadi. Doimiy xarajatlar oyiga 96000 sh.b .teng va marjinal daromad realizasiyaning 40%ni tashkil etadi. Hisobot davrda realizasiyadan haqiqatda tushumi 291 000 sh.b .bo’lganda bir birlik uchun xavfsizlik marjasini aniqlang: 216. Kompaniya bir xil mahsulot ishlab chiqaradi va bir birligini 20 sh.b .dan sotadi. Doimiy xarajatlar oyiga 80 000 sh.b .ga teng. Sotishdagi foyda ulushi (marjinal daromad) 40%ni tashkil etadi. Hisobot davrida realizasiya 300 000 sh.b .ni tashkil etish. Xavfsizlik marjasi qanchaga teng? 217. Hisobot davrida korxona realizasiyasi 85 000 sh.b .ga teng, o’zgaruvchan harajatlar 35 000 sh.b . ka teng bo’lgan, doimiy xarajatlar esa, ishlab chiqarish xarajatlarining 40% ni tashkil etadi. Operasion richagni aniqlang? 218. Quyidagi ma’lumotga asosan materiallar xarid qilish smetasini tuzing:Ishlab chiqarish dasturi 32 000 birlikni tashkil etadi. Byudjet qiliniyotgan yil yakunida xom ashyo zahirasi 1500 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun yetarli bo’lishi lozim. Yil boshida xom ashyo zahirasi 12 000 kilogrammni tashkil etadi. Bir dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 3 kg xom ashyo talab etiladi. 219. Kompaniya xarajatlarni nazorat qilish maqsadida moslashtiriluvchi (gibkiy) byudjet qo’llaydi. Yilning asosiy byudjetida 120 000 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 150 000 sh.b .miqdorida material xarajatlar ko’rsatilgan. Yanvar oyida 12 000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lib, material xarajatlar 13 500 sh.b .ni tashkil etgan. Yanvar oyida moslashtiriluvchi (gibkiy) byudjetda material xarajatlar qanchani tashkil etadi? 220. Hisobot davri davomida me’yoriy stavka 8,5sh.b . bo’lgan holda, 15 500 soatlik ish vaqti sarflangan. Mehnat unumdorligi bo’yicha tafovut 11 050 sh.b .ni tashkil etgan va u ijobiy hisoblanadi. Moslashtiriluvchi (gibkiy) byudjetda qancha normativ soat ishlanishi lozim? 221. Quyidagi ma’lumotdan foydalangan holda, moslashtiriluvchi (gibkiy) byudjetdan o’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlarining tafovutini aniqlang: Haqiqatda ishlab chiqarilgan 7 200 donaHaqiqatda o’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 182 000 sh.b . Byudjetda belgilangan o’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 175 000 sh.b . Byudjet bo’yicha ishlab chiqarish 7 000 dona 222. Uskunaning xarid bahosi 1500000 sh.b .teng bo’lib, yilida 600 000 sh.b . miqdoridagi qo’lda bajariladigan ishlarni o’rnini bosadi. Uskunaning xizmat qilish muddati 5 yil, mazkur davr yakunida qoldiq qiymat 300000 sh.b .ka teng bo’ladi.Hisob stakasining daromadliligini aniqlang, %da?