1.2 Fizika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Ta'limda interfaol metodlarni qo'llashning asosiy maqsadi o'quvchilarni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, umumta'lim maktablari fizika fani bo'yicha o'quv materiallarini puxta o'zlashtirish faoliyatni oshirishdan iboratdir.
Interfaol metodlar o'qituvchi bilan o'quvchining faol munosabati, bir-birini to'liq tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi –dars qaysi shaklda bo'lmasin, qayerda o'qitilmasin darsda o'qituvchi bilan o'quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O'qituvchi darsida tegishli muammolarga o'quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o'zlashtirishlarini ta’minlash lozim. Ta'lim jarayoniga bilish vazifasini qo'yilishida muammoli savollar asosiy o'rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday usullariga tegishli ravishda qo'yiladi.Bilishga doir savol o'quvchilar uchun muayyan darajada qiyin bo'lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko'rsatish va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo'lishi, ya'ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning qay darajada egallaganliklariga bog'liqligini hisobga olish zarur.
Fizika darslarida o'quvchilarning erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda “Muammoli vaziyat” texnologiyasidan fodalanish yaxshi samara berishini biz o'z tajribamizda juda ko'p bora kuzatganmiz. Chunki fizika fanining har bir mavzusi hoh u nazariy bo'lsin, hoh u amaliy bo'lsin, muammoli savollarga duch kelasiz.
“Muammoli ta'lim “ texnologiyasining maqsadi: o'quvchilarga o'quv fanining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarini shakllantirish, muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga o'rgatadi.
Muammoli o'qitishning to'rt bosqichdan iborat mantiqiy sxemasi quyidagicha.
Muammoning qo'yilishi.
Uni yechish yo'llarini aniqlash.
Muammoni yechishning eng ma’qul yo'lini aniqlash.
Muammoni yechish
O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o'rinlarga joylashtirgandan so'ng, mashg'ulotni o'tkazish tartib qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich o'quvchilardan diqqat-e'tiborni talab qilishini, mashg'ulot davomida ular guruhli va jamoa bo'lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o'quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo'lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg'otadi. Ana shundan so'ng mashg'ulot jarayoni boshlanadi.
Muammoli o'qitish texnologiyasi ko'p jihatdan o'quv materialining mazmuniga bog'liq. Bunda fizik hodisalar, qonunlar, amaliy tajribalar va nazariyalarni o'rganish misolida ko'rish mumkin. Masalan, «quvvat» tushunchasini o'rganishdan oldin «Yer kovlovchi bilan ekskavatorning ish qobilyatlarini qiyoslash uchun ular bajargan ayni bir ishning miqdorini bilishning o'zi yetarlimi?» degan savol qo'yiladi. O'quvchilar savolga javob berishlari uchun mavjud ma'lumotlarning yetarli emasligini payqaydilar va bir ishning o'zini bajarish uchun ketgan vaqtni ham bilish zarurligini taxmin qilishlari kerak. Hatto bunday uncha katta bo'lmagan mustaqil qadam o'quvchilarni yangi «quvvat» degan fizik tushunchaning kiritilishini ancha tushunib yetgan holda zaruriyat deb bilishlariga olib keladi. Bilishga doir vazifa darsda muammoli namoyish tajribalar formasida ham qo'yilishi mumkin
Ta'lim tizimini boshqarish va akademik litseylarda fizika fanini o’qitishning asosiy maqsad va vazifalari Ta'lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilishning demokratik yo`llarini ifodalovchi modelning pedogogik ,didaktik ,ilmiy-metodik, me'yoriy, huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy asoslarini yaratish orqali mazkur modelni demokratik model sifatida tashkil toptirish mumkin. Bevosita o`quv-biluvjarayonini boshqarishning demokratik hamda insonparvarlikka asoslangan yangi modeli va uning ilmiy asoslarini yaratish ,boshqaruv modelini ta'lim tizimiga moslashtirish yo`llarini ishlab chiqish orqali gina bu tizimni tadbiq etish mumkin.Mazkur tizimni tadbiq etishdan qo`yidagi natijalar kutiladi:
-shaxsga yo`naltirilgan ta'lim bilan an'anaviy ta'lim elementlar g integrallashuvi
-shaxsga yo`naltirilgan ta'lim-tarbiya tizimini vujudga keltirishda yangi pedogogik texnologiyalarni izchil qo`llash.
Biz bugun tez-tez ta'limni modernizatsiyalash atamasini qo`llaymiz. Shaxsga yo`naltirilgan ta'lim tizimini tadbiq qilish, yangi pedogogik texnologiyalarni o`quv-biluv jarayonida qo`llash kabi dolzarb masalalarning yechimi bevosita o`quv-biluv jarayonining modernizatsiyalashning ilmiy asoslarini yaratish bilan bog`liq. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining barcha umumiy o`rta ta'lim maktablarida yangi pedogogik texnologiyalarni o`quv-biluv jarayoniga tadbiq qilish davom etmoqda. Biz shaxsga yo`naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishning ayrim masalalari ustida to`xtalib o`tmoqchimiz.Xususan,ushbu global muammoning real qiyinchiliklari haqida baholi qudrat fikr yuritamiz.Bu qiyinchiliklar barcha umumiy o`rta ta'lim maktablarida mavjud.Buni faqat gina pedogogika fani va amaliyotning kuchlarini birlashtirish orqali yechish mumkin. Jumladan:
-bo`lajak o`qituvchi yoki pedogogik jamoa a'zosi ta'limning demokratik modeli, ya'ni shaxsga yo`naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish haqida gina zaruriy tasavvurlarini boyitish va uni nazorat qilish;
-shaxsga yo`naltirilgan hamda an'anaviy ta'lim haqidagi o`qituvchilarning bilimlarini boyitish;
-umumiy o`rta ta'lim dasturlari va riativligini ta'minlash;
-hamkorlikda ta'lim berish;
-shaxsga yo`naltirilgan ta'lim pedagogikasining elementi hisoblangan muammoli vaziyatlarni hosil qilish ustida guruhlarda ish olib borish;
-pedogogik kengash qarorlarini ishlab chiqish va uning tashkiliy jihatlarini sharhlash;
-har bir o`qituvchining tavsifini yaratish, uning bilim darajasini sharhlash kabilar o`z yechimini kutmoqda.