Chaetoptelius vestitus, Carphoborus perrisi,
archada –
Phloesinus turkestanicus,
danakli mevalarda –
Scolytus fasciatus
zarar keltiradi.
15
To‘qay o‘simliklarida
Taphronurgus exul,
isiriqda
(Peganum hamala)
–
Thamnurgus pegani
hayot kechiradi.
Xyleborus sexeseni
po‘stloqxo‘ri ozuqa
o‘simliklarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
B.A. Toktoralievning “Насекомые – ксилофаги лесов Кыргызстана” (1993)
nomli ishi asosan Farg‘ona va Chotqol tog‘ tizmalari ksilofaglari faunasini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Qirg‘iziston ksilofaglari faunasi 137 turni tashkil etib,
shundan 66 turi birinchi marta qayd etilgan. Muallif tadqiqotlar davomida yong‘oq-
mevazor, pista, qarag‘ay, archa va ninabargli daraxtlar ksilofaglarining monitoringi
tuzilib, daraxt tanasidagi ekologik komplekslari belgilab chiqilgan. Dominant turlar
sifatida
Ips hauseri
Reitt.
, Xyleborus saxeseni
Ratz.
, Hylesinus prutenskyi
Socan.
,
Phloeosinus turcestanicum
Sem.,
Carphoborus kurschensis
Socan.
po‘stloqxo‘rlari
ekologiyasi o‘rganilib, asosiy zararkunandalarning zarar keltirish darajalari tahlil
etilgan.
Tojikistonning Romit qo‘riqxonasidagi zararkunandalar faunasi tadqiq
etilganda, daraxt-butalarda
Scolytidae
oilasiga mansub 12 tur po‘stloqxo‘rlar
uchrashi aniqlangan (Isoyev, 2003, 2004).
Scolytus schevyrewi
Sem. po‘stloqxo‘rining tarqalish areali juda keng bo‘lib,
Amerika, Evropa hamda Osiyo jumladan, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston,
Qirg‘iziston va Turkmanistonda uchrashi qayd etilgan (Nikulin, 2008; Negron,
2005; Pfeffer, 1994).
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” (1997) da po‘stloqxo‘rlarning er yuzida
3000 dan ortiq turi borligi va O‘zbekiston sharoitida asosan, burishgan po‘stloq osti
qo‘ng‘izi (
Scolytus rugulosus
Rotz) va g‘arb tog‘ po‘stloqxo‘ri (
Xyleborus dispar
F) turlari keng tarqalganligi ta’kidlangan.
A. Akbutaevning (1998) ishlarida Janubiy O‘zbekistonda anjir daraxtiga anjir
lubxo‘ri –
Hypoborus ficus
Er. jiddiy zarar keltiruvchi tur sifatida e’tirof etilgan.
Muallifning ta’kidlashicha, anjir po‘stloqxo‘ri asosan zaiflashgan daraxtlarga zarar
keltirib, uning ayrim shoxlari yoki daraxtning butunlay qurib qolishiga sababchi
16
bo‘ladi. U mavsum davomida 2 bo‘g‘in berib rivojlanadi. Tadqiqot ishida asosiy
e’tibor qarshi kurash choralariga va uni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan.
2000-yilda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi
o‘rtasidagi o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyada zararli
hasharotlar ro‘yxatiga 2 tur –
Scolytus multistriatus
Mar. va
Scolytus scolytus
F.
turlari kiritilgan (lex.uz).
F.F.Abduraximova (2000) Tojikistonning janubiy Xisor tog‘lari ksilofag
zararkunandalarining faunasi va ekologiyasini o‘rganish uchun Dushanbe shahri,
Varzob, Kondara, Tagob, Romit daralari va Xisor-Darvoz tog‘ rayonlaridan
materiallar to’plagan. Po‘stloqxo‘rlarning vertikal mintaqalar bo‘yicha taqsimlanish
qonuniyatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra yarimcho‘l va dasht mintaqasida
Scolytus rugulosus, S. fasciatus, S. gretschkini, Chaetoptelius vestitus, Carphoborus
kuschkensis, Hypoborus ficus;
keng bargli o‘rmon mintaqasida
Scolytus kirschi, S.
tadzhikistanicus, S. schevirevi, Hylesinus tupolevi, Phloeotribus caucasicus,
Xyloborus saxeseni;
qir-adir mintaqasida
Saliciphilus machnovskyii
va boshqa turlar
uchraydi. Ozuqa o‘simliklariga ixtisoslashuviga binoan 15 turdagi po‘stloqxo‘r
qo‘ng‘izlarning 11 turi (73,3) monofag, 2 turi (13,3 %) oligofag, 2 turi (13,3 %)
polifaglar qatoriga kiritilgan. O‘simlik organlarida oziqlanishiga ko‘ra bularning
barchasi (15 tur) daraxtlarning tana va shoxlarida hayot kechirishi ta’kidlangan
bo‘lib, ildiz, gul va barglarida po‘stloqxo‘rlar qayd etilmagan.
A.Sh.Hamraev ishlarida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida
tarqalgan ksilofag zararkunandalar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari keltirib
o‘tilgan (2004).
M.J.Shoev (2011) janubiy-g‘arbiy Tojikiston ksilofil zararkunandalarining
ekologik guruhlari va tur tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarida po‘stloqxo‘r
qo‘ng‘izlar umumiy ksilofaunaning 6,5 % (9 urug‘, 16 tur) ini tashkil etishini
ma’lum qilgan. Muallif ksilofil zararkunandalarni vertikal taqsimlanishiga ko‘ra 6 ta
guruhga ajratadi. O‘simlik organlarida oziqlanishiga ko‘ra bularning barchasi (16
17
tur) daraxtlarning tana va shoxlarida hayot kechirishi ta’kidlangan bo‘lib, ildiz, gul
va barglarida po‘stloqxo‘rlar qayd etilmagan.
Farg’ona vodiysi po’stloqxo’r qo’ng’izlari to’g’risidagi oxirgi tadqiqot ishlari
D.Sultonov tomonidan 2011-2014-yillar mobaynida olib borilgan. Muallif
po’stloqxo’r qo’ng’izlarning tarqalishi, Markaziy Osiyoda o’rganilish holati,
bioekologiyasi to’g’risida izlanishlar olib borgan (Sultonov, 2014).
Do'stlaringiz bilan baham: |