№
|
Bajarilgan ishlar
|
Muddati
|
Bajarilgan ishning qisqacha mazmuni
|
Ma’sul
|
|
YAngi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” va “Mustaqillik bayrami” tadbirlarini o‘tkazish
|
5-sentyabr
|
O‘kuv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri, mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira abadiy, qadr muqaddas” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
|
Maktab jamoasi, yoshlar etakchisi
|
|
“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish va nazorat qilish
|
5 sentyabr
|
Barcha sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari tomonidan mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida mustaqillik darslari o‘tildi. Darslarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan videoroliklar va ko‘rgazmalardan foydalanildi.
|
YOshlar etakchisi, sinf rahbarlari
|
|
8-11 sinflar bilan “Ommaviy madaniyat – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati
|
Sentyabr
|
MFY raisi, mahalla imom xatibi, mahalla faollari, IIB xodimi hamkorligida o‘tkazilgan suhbatda o‘quvchilar ommaviy madaniyat, uning ko‘rinishlari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga zararli ta’sirlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Davra suhbati qizg‘in savol-javob, fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.
|
YOshlar etakchisi, MMIBDO‘
|
|
Sinf va maktab sardorlar Kengashi a’zoligiga saylovlarni o‘tkazish.
|
14-20 sentyabr
|
Sinf va maktab sardorlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, har bir sinfdan 1 tadan sinf sardori va 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sardorlar saylab olindi. O‘quvchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. O‘tgan o‘quv yilida faoliyati qoniqarli deb topilgan sardorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qayta saylandilar.
|
YOshlar etakchisi, sinf rahbarlari
|
|
Boshlang‘ich tashkilotning hisobot-saylov yig‘ilishini o‘tkazish.
|
20 sentyabr kunlari
|
Boshlang‘ich tashkilot kengashining ilk hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2018-2019 o‘quv yilida maktabdagi BT tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida yoshlar etakchisining hisoboti tinglandi, yoshlar etakchisining faoliyati qoniqarli deb topilib, faoliyatini davom ettirishga tavsiya berildi. YAngi o‘quv yilining ish rejasi ko‘rib chiqildi va kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
|
YOshlar etakchisi va yo‘nalish sardorlari
|
|
O‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanganliini nazorat qilish
|
18 sentyabr
|
O‘quvchilarning darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi yuzasidan nazorat ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
|
YOshlar etakchisi, MMIBDO‘, kutubxona rahbari
|
|
O‘quvchilar davomatini nazorat qilish
|
Har kuni
|
O‘quvchilar davomati doimiy nazorat qilindi. Sababsiz dars qoldirgan yoki dars mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar olib borildi. Oy davomida o‘quvchilar davomati o‘rtacha 80 % ni tashkil etdi.
|
YOshlar etakchisi, sinf rahbarlari
|
|
“Etakchi yo‘lga chiqdi” loyihasi: hududdagi uyushmagan yoshlarni, ulardagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash
|
Haftaning har dushanba, chorshanba va juma kunlari
|
Hududda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar xonadonlariga kirilib, ularda mavjud muammolar, kamchiliklar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
|
YOshlar etakchisi
|
|
YOshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish yuzasidan davra suhbati o‘tkazish
|
21 -sentyabr
|
Mahalla uchastka noziri, IIB xodimi ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda o‘quvchilarga jinoyatchilik va uning salbiy oqibatlari, jamiyat va davlatga keltiradigan zarari haqida tushunchalar berildi.
|
YOshlar etakchisi, MMIBDO‘
|
|
“Kitob - ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb qilish
|
Haftaning har juma kunlari
|
Kitobxonlik kunlarida o‘quvchilar hafta davomida o‘qigan kitoblari va ulardan olgan taassurotlari haqida o‘zaro fikr almashdilar.
|
YOshlar etakchisi, MMIBDO‘
|
|
To‘garak ishlarini nazorat qilish
|
Xaftaning har shanba kunlari
|
Maktabda faoliyat yuritayotgan fan va ijodiy to‘garaklar faoliyati tanqidiy va tahliliy o‘rganildi.
|
YOshlar etakchisi
|
|
O‘quvchilarning kelajakdagi kasblari haqida ma’lumotga ega bo‘lish va ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Siz kim bo‘lmoqchisiz?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazish
|
24 sentyabr
|
Maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘quvchilarning qiziqishlari va intilishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Ularga o‘zlari tanlagan kasblar haqida tushunchalar berildi. Moitvatsiya sifatida ular tanlagan kasbda yuqori natijalarga erishgan soha vakillari haqida ma’lumotlar etkazildi. Tanlagan kasblari bo‘yicha qaysi oliy o‘quv yurtiga kirishlari, qaysi fanlarni o‘rganishga alohida etibor berishlari kerakligi haqida maslahatlar berildi.
|
YOshlar etakchisi, Tashabbus va loyihalar yo‘nalishi sardori, Tashkiliy bo‘lim sardori
|
|
Maktabdagi axborot-resurs markazi (kutubxona) faoliyati, yoshlarning kutubxonadan foydalanish darajasi hamda kitobxonlik madaniyatini o‘rganish, tahlil etish hamda Pedagogik kengash yig‘ilishida muhokama qilib borish.
|
Har oyda bir marta
|
Maktab kutubxonasi 800 dan ortiq badiiy kitoblar bilan ta’minlangan bo‘lib, o‘quvchilar va pedagog xodimlarning barchasi kutubxonaga a’zo bo‘lgan. Kutubxona mudirasi yangi keltirilgan kitolar haqida o‘quvchilarga doimiy ma’lumotlar etkaib turadi. O‘quvchilar kartotekalarining yuritilishi joyida.
|
YOshlar etakchisi, Ittifoq sardori, Ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy ishlar yo‘nalishi sardori
|
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida ta’lim-tarbiya sifati va o‘quvchilarning o‘qishi, xulqi, muammolari bo‘yicha ularning ota-onalari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etib borish.
|
25 sentyabr
|
Ota onalar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda maktab ma’muriyati, MFY raisi, mahalla imom xatibi qatnashib, o‘quvchilarda uchrayotgan muammo va kamchiliklar, e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida fikr almashildi. Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning davomatini tushirmaslik uchun taklif va mulohazalar tinglandi, muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi. Muloqot yakunida namunali xulqi va a’lo baholari bilan faollik ko‘rsatayotgan o‘quvchilarning ota onalariga maktab ma’muriyatining tashakkurnomalari topshirildi
|
YOshlar etakchisi, Ittifoq sardori, “Kamalak” sardori
|
|
Sinflar o‘rtasida |