.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlanadi va baholanadi.
Namuna: Janob professor, men kim, kapitan Nemo, bugun, 1868 yilning yigirma birinchi martida, Janubiy qutbga... etdim va er sharining ana shu qismiga egalik qila boshladim.
Gapda ega hamda payt hollari ajratilgan bo’lak hisoblanadi.(Men, kapitan Nemo; bugun, 1968 yilning 21 marti)
4-ilova.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash
№
|
Savolllar mazmuni
|
Talabaning javobi
|
To’g`ri javob
|
Javoblar mazmuni
|
1
|
Kesimi ajratilgan gapni aniqlang.
|
|
|
Bog`lovchilar va ohang
|
2
|
Ega ajratilgan gapni toping.
|
|
|
Birni kessang, o’nni ek.
|
3
|
To’ldiruvchisi ajratilgan gapni belgilang.
|
|
|
Dengizday chayqalib, tebranib chaqiradi meni yoniga!
|
4
|
Ajratilgan bo’laklar orasiga odatda qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
|
|
|
Sabohat afsuslandi, pushaymon bo’ldi.
|
5
|
SHaxsi umumlashgan gapni toping
|
|
|
hol
|
6
|
Tarkibida undalma mavjud bo’lgan gapni belgilang.
|
|
|
Birdan qizini, Nodirani ko’rgisi kelib ketdi.
|
7
|
Xol ajratilgan gapni toping
|
|
|
Ochiqqan, qorni och otliqlarga o’tgan-ketganlar hayron bo’lib qarashardi.
|
8
|
Kanal bo‘yidagi soya-salqin choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
|
|
|
Bolalar, bolalar!Tezroq xonadan chiqinglar.
|
9
|
Uyushiq bo’laklarni bog`lovchi grammatik vositalarni ko’rsating.
|
|
|
Vergul
|
10
|
Aniqlovchi ajratilgan gapni belgilang
|
|
|
Anvar, qo’shnimiz magazin qurdi.
|
Blitsni tekshirish
№
|
Savolllar mazmuni
|
Talabaning javobi
|
To’g`ri javob
|
Javoblar mazmuni
|
1
|
Kesimi ajratilgan gapni aniiqlang.
|
|
9
|
Bog`lovchilar va ohang
|
2
|
Ega ajratilgan gapni toping.
|
|
5
|
Birni kessang, o’nni ek.
|
3
|
To’ldiruvchisi ajratilgan gapni belgilang.
|
|
7
|
Dengizday chayqalib, tebranib chaqiradi meni yoniga!
|
4
|
Ajratilgan bo’laklar orasiga odatda qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
|
|
1
|
Sabohat afsuslandi, pushaymon bo’ldi.
|
5
|
SHaxsi umumlashgan gapni toping
|
|
8
|
hol
|
6
|
Tarkibida undalma mavjud bo’lgan gapni belgilang.
|
|
3
|
Birdan qizini, Nodirani ko’rgisi kelib ketdi.
|
7
|
Xol ajratilgan gapni toping
|
|
10
|
Ochiqqan, qorni och otliqlarga o’tgan-ketganlar hayron bo’lib qarashardi.
|
8
|
Kanal bo‘yidagi soya-salqin choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
|
|
6
|
Bolalar, bolalar!Tezroq xonadan chiqinglar.
|
9
|
Uyushiq bo’laklarni bog`lovchi grammatik vositalarni ko’rsating.
|
|
4
|
Vergul
|
10
|
Aniqlovchi ajratilgan gapni belgilang
|
|
2
|
Anvar, qo’shnimiz magazin qurdi.
|
.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.
Talabalar 1-2-3-4-5-6-variantlarga bo’linadi va har bir variant vakillari ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi ajratilgan gaplar asosida michsollar yozib undagi ajratilgan bo’laklarni to’liq tahlil qiladir. Masalan:
Namuna: Birdan uyini, qizini, Nodirani ko’rgisi kelib ketdi. (Saida Zunnunovadan olingan.) Mazkur gapda vositasiz to’ldiruvchi ajratilgan. Ajratilgan bo’laklar o’zaro ohang yordamida bog`langan, ular vergul bilan ajratilgan singari
Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
1. Ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklardan qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
A) bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan B) bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi bilan C) bir predmetning ikki xil nomi bo‘lishi bilan D) A, B
2. Ajratilgan izoh bo‘lak berilmagan qatorni aniqlang.
A) Oshpaz opa, ellik-ellik besh yoshlarga borib qolgan ayol, yopilgan nonlarni dasta-dasta qilib o‘rarkan, kulib javob berdi. B) yozda, ta’til kunlarida bir necha badiiy asarlar o‘qidik. C) Bu xabar ko‘plarni, shu-jumladan, meni ham, ajablantirdi. D) Bulbullarning, sa’valarning sayrashi bizlarga zavq berardi.
3. U oilasi bilan – xotini, chaqaloq qizi, o‘n besh yoshli o‘g‘li bilan – Oltiariqqa ko‘chib bordi. Bu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) ega D) kesim
4. Ertasi ertalab qishloq chetida, maktab yonidagi sayhonlikda, ko‘p odam yig‘ildi. Ushbu gapni qanday izohlaysiz?
A) uyushiq bo‘lakli gap B) undalmali sodda gap C) qo‘shma gap
D) ajratilgan o‘rin holli gap.
5. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni toping.
A) Bektemir ko‘zlarini ochganda, yomg‘ir tez va shiddat bilan yog‘moqda edi. B) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo‘lmayapti. C) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. D) Qobiljon Umaraliev, tasviriy san’at o‘qituvchisi, to‘garak ishini yo‘lga qo‘yib yubordi.
6. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni belgilang.
A) Biz, turli tilga xos adabiyot vakillari, shu til tufayli bir-birimizni yaxshi bilamiz. B) Tejamkorlikni donolikning qizi, qanoatning singlisi va erkinlikning onasi deb hisoblash mumkin. C) Yozda, ta’til kunlarida, bir necha badiiy asarlarni o‘qidim. D) A, C
7. ...Kanal bo‘yidagi soya-salqin choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega
8. Hovli etagida – darvozaxonaning shundoqqina ro‘parasida – garaj. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) hol
9. Jarda, anhorni to‘latib oqqan suv yo‘lida, tegirmonning chirillashi ham bahor nash’asiga yana bir go‘zallik qo‘shganday. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ega
10. Sunbula xola, xursandlik hislari bilan to‘lgan holda, bog‘ni aylanib keldi. Mazkur gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) ajratilgan hol C) ega D) ajratilgan kesim
11- AMALIY MASHG`ULOT : Gap bo‘lagi sanalmaydigan undalma, kirish so‘z va kirish birikmalar hamda kiritma gaplarni aniqlash. Kirish so‘z va kirish birikmalarining ma’nolarini aniqlash; undalma va kiritma gaplarning qo‘llanish o‘rni, ularda ishlatiladigan tinish belgilari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar ishlash.2 soat
.Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi:
1.Qanday birliklarga gap bo’laklari sanalmaydigan birliklar deb nimaga aytiladi?
2.Kirish so’z deb qanday birliklarga aytamiz?
3.Kirish birikmani misollar asosida tushuntiring.
4.Kirish gap deb qanday gaplarga aytamiz?
5.Undalma deb nimaga aytiladi?.
6. Undalmalarni misollar yordamida tushuntirib bering.
7.Undalma predmet bilan ifodalangan gaplarni misollar yordamida asoslab bering.
8.Undalmaning gapning turli o’rinlarda kelish sababini misollar yordamida tushuntirib bering.
9. Undalmalarda tinish belgilarining qo’yilishini misollar asosida tushuntirib bering.
10. Undalma bilan kirish so’zning farqini misollar orqali tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |