AJRATILGAN QARATUVCHI.
Bunda qaratuvchi o'zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, konkretlashtirish yo'li bilan ajratiladi.
Masalan:
Bu dugonamning, Xalimaning, ro'moli. Yoki: O'sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining, ishki tushib qolgan. (M.A)
AJRATILGAN IZOHLOVCHILAR.
Izohlovchilar ko'pincha ajratilgan bo'ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonasiya bilan talaffuz qilinadi.
Masalan:
Dadang-bizning qadrdon do'stimiz-hamisha qalbimizda yashaydi. Izohlovchi o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelsa, uning ajratilganligi tez payqaladi. Masalan: Denisov-dehqonlar orasida ko'p yurgan sobiq irrigator sodda, odamshinavanda lekin talabchan, haqiqatchi edi. (O)
Do'stlaringiz bilan baham: |