So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. Bular kеlishik, egalik, shaxs-son qo’shimchalaridan iboratdir.
sintaktik aloqa o’zaro mazmuniy munosabatda bo’lgan sintaktik birliklar qismlarining so’z birikmasi, gap va matn tarkibida shakliy bog’lanishidir.
Intonatsiya. Intonatsiya ham turli sintaktik aloqalarni ifodalashda xizmat qiladigan vositadir. Biror gruppada intonatsion o’zgarish bo’lar ekan, bu odatda sintaktik bo’linishning, mazmunning boshqaligini ko’rsatadi. Masalan : qalin muqovali-kitob (muqova qalin). – qalin - muqovali kitob (kitob qalin). U - ahmoq odam emas ( u aqlli)- U ahmoq, odam emas. (U aqlli emas,axmoq).
Do'stlaringiz bilan baham: |