6 –variant
Moslashuvli birikmalarda egalik va qaratqich kelishigi qo'shimchalari qaysi so'z tarkibida joylashishi mumkin? A) kelishik qo'shimchasi ergash so'z tarkibida; egalik qo'shimchasi bosh so'z tarkibida B) kelishik qo'shimchasi ergash so'z tarkibida; egalik qo'shimchasi ham ergash so'zda, ham bosh so'z tarkibida C) kelishik qo'shimchasi bosh so'z tarkibida; egalik qo'shimchasi ergash so'z tarkibida D) A, B
Haydar yer ostidan uning yuziga qaradi. Bu gapda tobe bog'lanishning qaysi yo'llari mavjud? A) belgili va belgisiz moslashuv B) kelishikli boshqaruv C) A, B D) moslashuv, boshqaruv, bitishuv
So'zlarning boshqaruv yo'li bilan bog'lanishi qaysi qatorda berilgan? A) hayotbaxsh modda B) birga ishlamoq C) qo'l bilan termoq D) bog'ning eshigi
So'zlarning bitishuv yo'li bilan bog'lanishi qaysi qatorda? A) g'alaba uchun kurashmoq B) ketma-ket o'rnashmoq C) xush ko'rmoq D) akasining kitobi
Olmosh+ot shaklidagi bog'lanish qaysi yo'llar bilan amalga oshishi mumkin? - A) moslashuv; B) bitishuv; C) boshqaruv; D) A, B, C
Quyidagi bog'lanishlarning qaysi biri bitishuvli birikma hosil qilolmaydi? 1) son+ot; 2) sifatdosh+ot; 3) ot+ot; 4) olmosh+ot. A) barchasi bitishuvli birikma hosil qila oladi B) faqat 4; C) 3, 4; D) 1, 2, 3, 4;
Sifat boshqaruvi qaysi qatorda berilgan? A) burchga beparvolik, ahdiga sodiqlik; B) o'ziga ma'lum, yo'lida intizor; C) o'qdan tez, haqiqatga yaqin; D) Yaxshi niyat, serdaromad ish;
So'z birikmalarining qaysi turida bosh so'z fe'l so'z turkumi bilan ifodalana oladi? A) moslashuv; B) bitishuv; C) boshqaruv; D) B va C;
Ergash so'zning bosh so'zga boshqaruv yo'li bilan bog'langanini ko'rsating. A) asosiy qoida, bog'lanmagan tushunchalar B) ishning boshlanishi, haqiqatning quroli C) ekishga tayyor, bolaligimdan yodgorlik D) B, C
Ko'makchilar yordamida shakllangan boshqaruv aloqasini ko'rsating. A) intizom haqida gapirmoq, yarashish to'g'risida o'ylamoq B) g'o'za bargi, o'zimning ukam C) tesha bilan yumshatmoq, o'zi uchun olmoq D) A, C
Bitishuv aloqasi qaysi qatorda berilgan? A) inson baxti, do'stlik garovi B) haqiqiy do'stlik, tinch uyqu C) ulug'vor vazifa, oppoq paxta D) B, C
Qaysi qo'shilma moslashuv orqali birikmagan? A) chaqnoq ko'zlar, keng sahro B) otasining so'zi, qishloqning ko'chasi C) daraxt kurtagi, avtobus bekati D) A, B
Yosh tabib ilmiy tibbiyotni inkor etmaydi. Ushbu gap tarkibidagi qaysi qo'shilma moslashuv orqali birikkan? A) yosh tabib B) tabib inkor etmaydi C) tibbiyotni inkor etmaydi D) Moslashuvli aloqa yo'q
Belgi bilan narsa-buyum orasidagi munosabat ifodalangan qatorni toping. A) yonib yashamoq, qizishib gaplashmoq B) diqqat bilan quloq solmoq, faxr bilan tilga olmoq C) bahor havosi, uy ostonasi D) mazali sho'rva, baland ostona
Boshqaruv yo'li bilan birikkan so'z birikmasini aniqlang. A) tog' balandligi B) kitoblarni taxlamoq C) qunt bilan tinglamoq D) B, C
Qaysi qatordagi boshqaruv aloqasida grammatik vosita qatnashmagan? A) kutubxonaga bormoq B) yoqimli kuy C) bug'doy o'rmoq D) anhor tomon yurmoq
Moslashuv yo'li bilan hosil bo'lgan birikmani toping. A) obod mahalla B) odamlar niyati C) bolalar uyi D) shunday odam
Moslashuvda ergash(tobe) so'zning qaratqich kelishik qo'shimchasisiz ishlatilgan holati qaysi qatorda berilgan? A) ashula aytmoq B) maktabimiz bolalari C) zo'r ishonch D) B, C
Bitishuv yo'li bilan birikkan so'z birikmasini aniqlang. A) bahor oqshomlari B) ip bog'lamoq C) shahar kelish D) xus
gapirmoq C) zavq bilan kuylash D) qo'li bilan g'ijimlamoq
"Boshlanganidan darak beradi" so'z birikmasida ergash so'zning bosh so'zga bog'lanishini tushuntiring. A) moslashuv B) otli birikma C) fe'lli birikma D) boshqaruv
Ko'makchilar yordamida shakllangan boshqaruv aloqasini ko'rsating. A) intizom haqida gapirmoq B) g'o'za bargi, o'zimning ukam C) tesha bilan yumshatmoq, o'zi uchun olmoq D) A, C
Bitishuvli birikmalarda hokim so'z vazifasida asosan qanday so'zlar qo'llanadi? A) ot, olmosh, son, ravish B) ot va olmosh C) ot va fe'l D) sifat va ravish
Bitishuvli birikmalar berilgan qatorni toping. A) turg'un birikma, to'satdan kelmoq B) ishdan qaytmoq, vijdon erki C) Amir Temur vasiyatlari, hokim bo'lak D) ona allasi, oq soqol
Moviy osmon: chiroyli ko'ylak; ukam uchun oldim: kitobning muqovasi. Hokim so'zi ot bilan ifodalangan yuqoridagi so'z birikmalari tobe bog'lanishning qaysi turiga mansub bo'ladi? A) boshqaruv B) bitishuv, moslashuv, boshqaruv C) bitishuv D) bitishuv, moslashuv
Moslashuvli birikmalarda egalik qo'shimchalari qaysi shaxsda belgisiz (tushib qoldirilgan) holda ishlatilishi mumkin? A) 1- va 2- shaxs ko'plikda B) Barcha shaxslarda qo'llanilishi mumkin. C) faqat 1-shaxs ko'plikda D) faqat 2- shaxs birlik va ko'plikda
Boshqaruv yo'li bilan hosil bo'lgan birikmalarda hokim so'z sifat bilan ifodalansa, tobe so'z qaysi kelishik shakllarida bo'ladi? A) jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklarida B) barcha kelishiklarda C) bosh va qaratqich kelishiklarida D) chiqish kelishiklarida
Moslashuvli birikma berilgan qatorni aniqlang. A) yoshlik gulshani, zukko qiz, ish haqi B) dengiz qoploni, qiz oshi, ona yurti C) turkiy tillar, osh tuzi, milliy g'urur D) meva qurti, baxtga loyiq, yer yo'ldoshi
Boshqaruv yo'li bilan hosil bo'lgan birikmalarda hokim so'z sifat bilan ifodalansa, tobe so'z vazifasini qanday so'zlar bajarishi mumkin? A) ot, olmosh va otlashgan so'zlar B) barcha mustaqil so'z turkumidagi so'zlar C) ot turkumidagi so'zlar D) hokim so'zi sifat bo'lgan birikmalar bitishuv yo'li bilan bog'lanadi
Tobe bog'lanishda kelishiklar vositasida qanday birikmalar hosil qilinadi? A) boshqaruv B) moslashuv, boshqaruv C) bitishuv D) bitishuv, moslashuv
“Ona tili va adabiyot” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
“Ona tili va adabiyot”fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |