317- mashq. O’qing. Avval kelishik affikslari, so’ngra ko’makchilar bilan ifodalangan hollarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birga ko’chiring.
1. Ertasiga kechqurun klubda umumiy yig’ilish bo’ldi. (I. R.) 2. Ular uyga kirganda Yagona bilan Ojiza oshxonada ovqat pishirishayotgan edi. (I. R.) O’ngirdan billurdek tiniq, ichsang tishingni sirqiratib yuboradigan suv jildirab oqib chiqadi. (S. An.) 4. Anorxon traktorchilarning o’zlari bilan gaplashish uchun dalaga jo’nadi. (I. R.) 5. Turdimat yuk mashinasida bir necha kishi bilan Labgardonga jo’nadi. Adirdan soyga tushayotgan sel suvi qattiq hayqirardi. (I. R.) 6. Bu ariyani ham u katta hayajon va yoshlik g’ururi bilan kuylardi. (S. Azimov.) 7. Yer yuzida, tog’larda, sahrolarda, okeanlarda minglab do’stlarim bo’ladi, men ular bilan istagan vaqtimda gaplasha olaman. (As. M.)
Do'stlaringiz bilan baham: |