3-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1 Ot, olmosh, son, harakat nomi, sifatdoshlardan keyin kelib, ularning boshqa so‘z bilan bog‘lanishini bildirishga xizmat qiladigan so‘z turkumi...
A) sifat V) ravish S) ko‘makchi D) bog‘lovchi Ye) yuklama
2 Axir Marg‘ilonda bizning ham shunday kelinimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da. Gapdagi yuklamalar sonini aniqlang.
A) 3 ta V) 4 ta S) 2 ta
D) 5 ta Ye) yuklama mavjud emas.
3 Bog‘lovchi vazifasidagi -u (-yu) yuklamalari qaysi bog‘lovchilar o‘rnida qo‘llanmaydi?
A) biriktiruvchi bog‘lovchilar o‘rnida V) zidlov bog‘lovchilar o‘rnida S) ayiruv bog‘lovchilar o‘rnida D) biriktiruvchi va zidlovchi bog‘lovchilar o‘rnida Ye) biriktiruvchi, zidlovchi va ayiruvchi bog‘lovchilar o‘rnida.
4 Vosita ma’nosini ifodaslaydigan ko‘makchi qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Muhayyo bu sodda, beg‘ubor bolaga havas bilan qaradi. V) Haligacha majlis uchun xonamiz yo‘q. S) Xatni pochta orqali jo‘natdim. D) Avtobus shahar markaziga kirib borgan sari yo‘lovchi ko‘payar edi. Ye) Bu voqea qo‘rqinchli tush kabi uning ko‘z oldidan o‘tdi.
5 Ergashtiruvchi bog‘lovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Olim SHarq xalqlarining madaniyati to‘g‘risida hurmat va iftixor bilan gapirdi. V) Hozir yo shamol bo‘ladi, yo yomg‘ir yog‘adi. S) Toleim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. D) Quyosh dam yalt etib bir ko‘rinib qoladi, dam bulutlar ichiga bekinib oladi. Ye) Aql bilan boylik orttirsa bo‘ladi, ammo boylik bilan aql orttirib bo‘lmaydi.
6 Bu qishloq haqida ko‘proq narsani bilgimiz, ko‘rgimiz kelardi, lekin borgan sari qorong‘ulik borliq uzra o‘z chodirini yoza boshladi. SHu gapda qo‘llangan ko‘makchilarni toping.
A) sari V) bu, haqida, sari S) haqida, sari, uzra D) sari, uzra Ye) haqida, uzra
7 Qaysi gapda -u(-yu) yuklamasi biriktiruvchi bog‘lovchi vazifasida kelgan?
A) Necha marta uchrashay - dedim-u, vaqtim bo‘lmadi. V) Oynisa G‘ulomjonni ko‘rdi-yu, unga tomon borishga jur’at etolmadi. S) Nasimjon o‘rnidan turdi-yu, eshik tomon yurdi. D) Odamlar kelayotibdi-yu, siz ketasizmi? Ye) Salim qog‘ozdagi yozuvlarni o‘qidi-yu, hech narsa tushunmadi.
8 Qaysi qatorda ta’kid-kuchaytiruv yuklamasi berilgan?
A) -gina V) -da S) -a
D) -mi Ye) -dir
9 Bog‘lovchilarning qaysi turi tobe-hokim munosabatli gaplarni bog‘lab kelishi mumkin?
A) faqat ergashtiruvchi bog‘lovchilar V) faqat teng bog‘lovchilar S) teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar D) gaplarni bog‘slaydigan bog‘lovchilar mavjud emas Ye) barcha bog‘lovchilar bog‘lashi mumkin
10 Qaysi ko‘makchilar chiqish kelishigi shaklidagi so‘z bilan qo‘llanadi?
A) binoan, qarshi V) sayin, sari
S) so‘ng, beri D) qadar Ye) yarasha
Mashg‘ulotni yakunlash.O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.
1-ilova
1. Yordamchi so‘zlar deb nimaga aytiladi?
2. Bog‘lovchi deb nimaga aytiladi va uning turlarini ayting?
3. Bog‘lovchilvr gapda qo‘llanilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
4. Teng bog‘lovchilar, ularning turlarini ayting.
5. Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari ishtirokida gaplar tuzing.
6. Ayiruv va inkor bog‘lovchilari haqida gapiring.
7.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ularning turlari haqida gapiring
8.Bog‘lovchilarning kelib chiqishiga ko‘ra turlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |