288-mashq. O‘qing, ergashtiruvchi bog‘lovchilarni topib, turini ayting; ergashtiruvchi bog‘lovchilarning turlarini jadvalga joylang.
Ergashtiruvchi bog‘lovchi turlari
|
Misollar
|
Aniqlov bog‘lovchisi
|
|
Sabab bog‘lovchisi
|
|
SHart bog‘lovchisi
|
|
O‘xshatish bog‘lovchisi
|
|
1. Hamma gap shundaki, biz hali davlatning zo‘r xarajatlarini oqslaydigan katta konlar topolganimiz yo‘q. (P. Q.) 2. Agar kim hayotdan olmasa ta’lim, Unga o‘rgata olmas hech bir muallim! 3. Ikki do‘st qo‘llarini boshlari ostiga yostiq qilib qum ustida chalqancha yotishar, go‘yo shu holatlari bilan rohat qilmoqda edilar. (J. Abd.) 4. U o‘zi kutmagan holda yo‘lni qumliklar qa’riga burib yuborgan, shuning uchun mashina g‘ildiraklari... tez-tez to‘xtab qolar... edi. (J. Abd.) 5. Na u yon, na bu yonga burila olmaysan, chunki ikki tomoningni ham hamrohlaring egallagan. (J. Abd.)
289-mashq. O‘qing, bog‘lovchilarni aniqlang. Avval teng, so‘ngra ergashtiruvchi bog‘lovchili gaplarni ko‘chirib, bog‘lovchilarning turlarini ustiga yozing.
1. Bu tasavvurlar sizni shunday chulg‘ab oladiki, go‘yo hamma narsa ko‘z oldingizda asta jonlanib borayotganday tuyuladi. (J. Abd.) 2. Goh ko‘zlarini o‘ynatar, goh jilmayar, goh yana boshini ko‘ksi uzra tutib turgan dasta gullar ichiga suqar edi. (J. Abd.) 3. Uni na toshqin, na bo‘ron, na o‘t-olov yemira oladi, na zilzila, na tuhmat qilichi qo‘porishga qodir! (J. Abd.) 4. Asrlar bo‘yi suv chiqarish uchun kurashlar boradi-yu, lekin bu kurash oxiriga yetmay qolib ketaveradi. (J. Abd.) 5. U do‘stining bevaqt kelganiga ajablanmadi, chunki ularning hayotida bunday tungi uchrashuvlar ko‘p bo‘lib turardi.(L. Batь.) 6. Agar har kim bittadan daraxt O‘tqizganda, butun dunyoni Boshdan-oyoq bog‘ qilish mumkin! (U.) 7. Tinchlik va ozodlik uning qo‘shig‘i, Do‘stlik va hamkorlik uning bayrog‘i, Hayot, shodlik va baxt uning yo‘ldoshi... (U.)
290-mashq. O‘qing, bilan qaysi o‘rinda ko‘makchi, qaysi o‘rinda bog‘lovchi vazifasida qo‘llanganini ayting, farqini tushuntiring.
1. Salim ota bilan yigitlar mehmonni izzat-ikrom bilan kuzatib tashqariga chiqishdi. (S. Ahm.) 2. Majididdin bilan Navoiy yuzlarida tabassum bilan ohista gaplashayotganlari tufayli, o‘tirganlardan hech kim ular o‘rtasida yakkama-yakka kurash borayotganini payqamadi. (L. Batь.) 3. Alyosha, Gulxayri, Muzaffarlar charchash nimaligini bilmay, ya’ni ishtiyoq bilan jon koyitishlari eng qoloq bo‘lganlarni ham uyqudan uyg‘otdi. (J. Abd.) 4. Alisher shahzoda bilan gaplashishga oshiqmadi, u Badiuzzamonni va Balxdagi sharoitni yaqindan, sinchiklab o‘rganmoqchi edi. (L. Batь) 5. Ekskavator bilan skreperlarni ishga solishga hojat yo‘qdir. (J. Abd.)
Do'stlaringiz bilan baham: |