Mavzu: Gap bo’laklari (392-394-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarning gap bo’laklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash; imlo malakalarini takomillashtirish;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni «odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini oshirish; yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlash darsi.
Darsning metodi: suhbat, tushuntirish, mustaqil ishlash, «Venn diagrammasi» metodi, Yod yozuv diktanti.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar, test.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida kichik test olinadi.
Berilgan gapdan bosh bo‘laklarni toping.
O‘quvchilar qiziqarli kitob o ‘qiydilar.
o‘quvchilar, o‘qiydilar
kitob, o‘qiydilar
qiziqarli, kitob
qiziqarli, o‘qiydilar
So‘z yasovchi qo‘shimchalari bor so’zlarni belgilang.
o‘rtog‘imga
san’atkor
akamning
do‘stimdan
So‘z turkumlari bor javobni toping.
ot
sifat
son, fe’l
hamma javob to‘g‘ri
Ot so‘z turkumi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
kim?, nima?, kimlar?, nimalar?
qanday?, qanaqa?
nechta?
nima qildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |