O‘quvchilar oromgohida
Anvar Obidjon
Bahodir dam olishga
Ketmoqda edi.
Kuchukchasi:
http://eduportal.uz
208
„Vov... Men ham
Boraman“, dedi.
Ola ketdi bolakay,
Do‘stini birga.
Tushda yetib borishdi
Ko‘m-ko‘k adirga.
Bahodirni e’zozlab,
Kutib olishdi.
Kuchukni ham tez kunda
Sevib qolishdi.
Chunki qo‘shiq mashq qilsa,
Bolalar agar
Akillardi jo‘r bo‘lib,
Quvnoq Olapar.
Goh hammaga qo‘shilib,
O‘ynardi futbol.
U yoki bu tomonga
Urar edi gol.
Shaxmatga ham ozmi-ko‘p
Yetardi fahmi –
Ko‘p yutqazgan bolaga
Kelardi rahmi.
Sanalardi sayilda
Jasur safboshi.
Boshqalardan qattiqroq
Edi bardoshi.
Turar edi qatorga
Tizilganda saf.
http://eduportal.uz
209
Ovqat haqda gap ketsa,
Yalar edi lab.
Bo‘ysunardi tartibga,
Chalinsa gorn –
Darrov so‘ri ostidan
Olardi o‘rin.
Uni maqtar edilar
Qorovul, farrosh:
– Buncha esli bo‘lmasa!..
– Bunchayam yuvosh!..
Yangi do‘stlar topib u,
Edi shod-xurram.
Afsus, o‘tib ketarkan
Tezda bir oy ham.
Ketar payti xushlashib
Qoldi bolalar:
– Seni eslab yuramiz...
– Xayr, Olapar!
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Bolalar oromgohda qanday dam oldilar?
3. Nima uchun bolalar Olaparga „Seni eslab
yuramiz“, deyishdi?
4. Siz yozgi ta’tilni qanday o‘tkazmoqchisiz?
14 – O‘qish kitobi, 3- sinf
http://eduportal.uz
210
M U N D A R I J A
Biz buyuk yurt farzandimiz
Vatan madhi. Orif To‘xtash .................................................................. 3
Yurtim jamoli. Dilshod Rajab .............................................................. 4
Yangi uy. Hamidulla Murodov ............................................................. 6
Vàtàn desam... Ulug‘bek Hamdam ..................................................... 8
Opa-singil daryolar. Go‘zal Begim ...................................................... 9
Obod mahalla bo‘ylab. Kavsar Turdiyeva ........................................ 12
Vatanni tanish. Muhabbat Hamidova ............................................... 13
Savollarga javoblar. Xolmurod Safarov............................................. 15
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi. Xudoyberdi To‘xtaboyev ............ 16
Bo‘lim yuzàsidàn takrorlash. .............................................................. 18
Saxovatli kuz
Kuz saxovati. Sharifa Salimova. ....................................................... 19
Uzumlar oilasi. Tolib Yo‘ldosh. .......................................................... 20
Olma. Mahmud Murodov. ................................................................... 22
Fasllar. Ravshan Isoqov..................................................................... 24
Bobur va kabutar. (Rivoyat). .............................................................. 25
O‘qituvchining o‘gitlari. Anvar Obidjon. ............................................. 27
Xazonchinak. O‘tkir Hoshimov. .......................................................... 28
Hosil bayrami. Zahro Hasanova. ...................................................... 30
Ilmli ming yashar. Nurmat Maqsudiy. ................................................ 31
Oltin kuzim. Po‘lat Mo‘min................................................................. 33
Qizcha va qarg‘alar. Normurod Norqobilov. ..................................... 34
Bo‘lim yuzàsidàn takrorlash. .............................................................. 36
http://eduportal.uz
211
Download Do'stlaringiz bilan baham: |