2019 O‘qish oxi


Buyuk  bobomizning  buyuk  himmatlari


bet40/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

Buyuk  bobomizning  buyuk  himmatlari
Xudoyberdi  To‘xtaboyev
(Hikoya)
1
Amir  Temur  bobomiz  tengi  yo‘q  buyuk  sar-
karda,  buyuk  adolatparvar  inson  bo‘lgan  ekanlar.
Lekin  bosqinchilarga  shafqat  qilmagan  ekanlar.
Ularni  yigirma  yetti  mamlakatdan  quvib  chiqarib,
o‘sha  mamlakatning  aholisiga  ozodlik  imkonini
bergan  ekanlar.  „Haqiqat  yo‘lidan,  haq  yo‘lidan
http://eduportal.uz


113
boringlar“,  degan  ekanlar.  Jasur  askarlarining,
mard  lashkarboshilarining,  hatto  uzoq-uzoq  qish-
loqlarda  yashayotgan  jasur  yigitlarning  ham
qadriga  yetib,  yuksak-yuksak  mukofotlar  berar
ekanlar.
Bir  kun  katta  safardan  katta  muvaffaqiyat
bilan  qaytib  kelgach,  o‘zlari  yaxshi  ko‘rgan
nabiralaridan  birini  olib,  bog‘larida  dam  olayot-
gan  ekanlar.  Shu  paytda  hashamatli  darvoza
oldida  turgan  qorovullarga  bir  mushtipar  ona
kiyimlari  yirtilib  ketgan,  boshida  bir  parchagina
mato  o‘ralgan  holda  kelib:  „Men  shohanshoh-
ning  oldiga  kirmoqchiman,  och  darvozangni“,  –
debdi.  Qorovulda  turganlardan  biri:  „Ancha-
muncha  mamlakatlarning  elchilari,  o‘zlarining
minglab  qo‘shinlariga  boshchilik  qiladigan  sarkar-
dalari  kirolmaydi-yu,  senga  yo‘l  bo‘lsin“,  –  deb
javob  qaytaribdi.
Ona  oyog‘i  bilan  yer  tepib:
–  Darvozani  ochasan,  men  Onaman!  –  debdi.
Qorovul  boshlig‘i:
–  Tezroq  ket  bu  yerdan!  –  deb  o‘dag‘aylabdi.
Ayol  yana  yer  depsinib:
–  Men  Onaman!  –  deb  hayqiribdi.
–  Bo‘lmasa,  sen  narigi  darvozaga  bor,  rux-
satnoma  o‘sha  yerda  beriladi,  –  debdi.
–  Yo‘q,  –  debdi  ayol,  –  men  uch  yildan
buyon  yo‘l  yuraman.  Cho‘llarda,  sahrolarda  suv-
sizlikdan  qiynaldim,  changalzorlardan  o‘tganim-
da  tikanlar  badanimni  qonatib  behol  qildi.
8 – O‘qish  kitobi,  3- sinf
http://eduportal.uz


114
O‘rmonlarda  bo‘rilarga  yem  bo‘lishim  mumkin
edi.  Yo‘q,  yo‘q,  men  Amir  Temurning  huzuriga
kirishim  kerak,  –  deb  qat’iy  turib  olibdi.
1.  Amir  Temur  qanday  fazilatga  ega  inson
bo‘lgan?
2.  Ona  nimani  talab  qildi?
2
–  Xo‘sh,  arzing  nima  o‘zi,  arzingni  ayt-chi,  –
deb  so‘rabdi  qorovulboshi.
–  O‘g‘lim  asirga  tushgan,  boshqa  bir  o‘g‘lim
qal’amizni  himoya  qilayotganda  o‘ldirilgan.  Mayli,
o‘lgani  ketdi,  yurtning  himoyasi  uchun  ketdi,
lekin  bir  zargar  o‘g‘lim  shu  yerda,  shuni  so‘rab
keldim,  –  deb  yana  yer  depsinibdi  ayol.
–  Menga  qara,  sening  o‘g‘ling  qaysi  qal’ani
himoya  qilayotganda  halok  bo‘lgan?  –  so‘rab-
di  qorovulboshi.
–  Mening  pahlavon  o‘g‘lim  Al-Ahrom  qal’asini
himoya  qilishda  o‘lgan,  –  deb  javob  beribdi
ayol.
Ana  shu  paytda  Amir  Temur  bobomiz  o‘yna-
yotgan  shaxmatini  to‘xtatib,  gapga  quloq  solib
turgan  ekanlar.  Al-Ahrom  qal’asi  himoyasini
eslabdilar.  O‘sha  yurtning  yigitlari  o‘z  yurtlarini
mardona  himoya  qilganlarini  ko‘rgan,  eshitgan
ekanlar.  Buning  ustiga,  „Men  Onaman!“  deb
yer  depsinib  turgani  Amir  Temur  bobomizning
ruhiga  qattiq  ta’sir  qilibdi.
http://eduportal.uz


115
„Men  Onaman!“  degan  so‘zlar  quloqlari  os-
tidan  ketmabdi.  Farmon  bo‘libdi.  Amir  Temur
yupun  kiyingan  onani  huzurlariga  keltirishlarini
buyuribdilar.
–  O‘g‘ling  Al-Ahrom  himoyasida  o‘lganmi?  –
deb  so‘rabdilar  Amir  Temur  bobomiz.  –  Men
jasoratli  insonlarni  agar  u  dushmanim  bo‘lsa
ham  hurmat  qilaman.  Sening  uch  yildan  buyon
yo‘l  bosib  mana  shu  yerga  yetib  kelishing
menga  boshqa  onalarga  namuna  bo‘lishga
arziydigan  bir  holatni  eslatdi.  Men  hamisha
jasurlikni,  jasoratni  himoya  qilganman,  –  debdilar.
Farmon  beribdilar,  Al-Ahrom  qal’asidan  asirga
kelganlarni  aniqlashibdi.  Ularning  hammasi  yer
ostidagi  qurol-aslaha  yasaladigan  joyda  tut-
qunlikda  ekan.  Onaning  jasorati  uchun  Amir
Temur  bobomiz  qolgan  o‘ttizta  asirni  ham
ozod  qilib,  Amudaryodan  o‘tgunlaricha  ularni
himoya  qilib  borishlarini  tayinlabdilar.
1.  Al-Ahrom  himoyasida  qanday  voqea  yuz
bergan  edi?
2.  Amir  Temur  Onaga  qanday  himmat  ko‘rsatdi?

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish