Vatan haqida qo‘shiq
Ulug‘bek Hamdam
(Hikoya)
Qirrador do‘ppi kiyib olgan, istarasi issiq
oqsoqol bolakayning qo‘lidan mahkam ushlab
olgan ko‘yi mamlakatning bosh shahriga kelib
tushdi. Otaxon bolajonni to‘g‘ri „Xotira“ maydo-
niga yetakladi. Ular sakkiz qirrali yulduz ichra
gurullab yonib turgan olovni aylanib o‘tdilar-da,
„Motamsaro ona“ haykali qoshida bir muddat
to‘xtab, o‘yga cho‘mdilar. Bobo pichirlab duo
o‘qidi, so‘ng birgalashib naqshinkor ayvon to-
mon yurdilar.
– Vuy, anavi kitoblarni!.. – hayratini yashi-
rolmadi bolakay.
– Ha, ajoyib-a! – nabirasining zavqiga
sherik bo‘ldi bobo ayvon devorlariga o‘rnatil-
gan oltinrang ulkan mis kitoblarni avaylab
varaqlarkan. – Hamdamov K. 1918 – 1943, –
o‘qidi bobo ovoz chiqarib. Keyin o‘qigan joyi-
ga ko‘rsatkich barmog‘ini eltib: – Bolam, bu
kishi mening otam, sening esa katta bobong
bo‘ladi, – dedi.
– Bobo, nega katta bobo bu yerda, kitob-
ning ichida? – so‘radi nabira qiziqib.
– Chunki u kishi urushda halok bo‘lgan.
Vatanimizga bostirib kirgan dushmanga qarshi
jangda...
http://eduportal.uz
195
– Bobo, yana gapirib bering.
Bobo o‘yga toldi. Ammo hozir negadir o‘z
otasi qismatini emas, balki elining uzoq ta-
rixida yuz bergan boshqa bir voqeani hikoya
qilib bergisi keldi. – O‘shanda ham ulkan yov
qo‘shini yurtga bostirib kirib, qo‘li baland ke-
ladi-da, vatandoshlarimizni qamal qilib oladi. Qa-
mal oylab davom etgani bois, ichkarida na
yegulik qoladi, na ichgulik. Axiyri, yurt xoqoni
xalqiga qarab: „Nima qilaylik? Taslim bo‘lib
xotin-qizlarimiz jonini omon saqlab qolaylikmi
yo urushib barchamiz halok bo‘laylikmi?“ deya
murojaat qiladi. Ko‘pchilik bir ovozdan „Taslim
bo‘laylik, yo‘qsa, qamalda ochlik va suvsiz-
likdan baribir o‘lib ketamiz“, deydi. Faqatgina
bir temirchi yigit „Yo‘q!“ deydi. U yovga taslim
bo‘lib, Vatan sha’nini bulg‘ashdan ko‘ra, uni
himoya qilib o‘lishni afzal ko‘radi. Dushman
qo‘shini tomon bir o‘zi jangga otiladi.
– Keyin-chi, keyin? Jangda kim yengadi
bobo, kim? – shoshiradi boboni nabirasi.
– Albatta, vatandoshlarimiz, turonliklar! O‘sha
temirchining ismi Turon edi. Turonliklar sen bi-
lan mening bobolarimiz, momolarimiz bo‘lgan,
bolam.
Bobo hikoyasini tugatgandan so‘ng, uzoq
muddat sukutga cho‘mdi. Bolaning bo‘lsa, ni-
gohlarida hayrat qotib qolgandi. Birpas o‘tib,
bobo yana davom etdi:
http://eduportal.uz
196
– Bu – Vatan haqida qo‘shiq bo‘ladi, bolam.
Uni yodlab olgin-u, aslo unutmagin. Kun kelib
esa, uni hikoya qilib berish gali senga yetadi.
1. Bobo nabirasiga qanday voqeani hikoya
qilib berdi?
2. „Bu – Vatan haqida qo‘shiq bo‘ladi,
bolam. Uni yodlab olgin-u, aslo unutmagin“,
deganda nimani angladingiz?
Download Do'stlaringiz bilan baham: |