2019 O‘qish oxi



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

Vatan  haqida  qo‘shiq
Ulug‘bek  Hamdam
                   
(Hikoya)
Qirrador  do‘ppi  kiyib  olgan,  istarasi  issiq
oqsoqol  bolakayning  qo‘lidan  mahkam  ushlab
olgan  ko‘yi  mamlakatning  bosh  shahriga  kelib
tushdi.  Otaxon  bolajonni  to‘g‘ri  „Xotira“  maydo-
niga  yetakladi.  Ular  sakkiz  qirrali  yulduz  ichra
gurullab  yonib  turgan  olovni  aylanib  o‘tdilar-da,
„Motamsaro  ona“  haykali  qoshida  bir  muddat
to‘xtab,  o‘yga  cho‘mdilar.  Bobo  pichirlab  duo
o‘qidi,  so‘ng  birgalashib  naqshinkor  ayvon  to-
mon  yurdilar.
–  Vuy,  anavi  kitoblarni!..  –  hayratini  yashi-
rolmadi  bolakay.
–  Ha,  ajoyib-a!  –  nabirasining  zavqiga
sherik  bo‘ldi  bobo  ayvon  devorlariga  o‘rnatil-
gan  oltinrang  ulkan  mis  kitoblarni  avaylab
varaqlarkan.  –  Hamdamov  K.  1918 – 1943,  –
o‘qidi  bobo  ovoz  chiqarib.  Keyin  o‘qigan  joyi-
ga  ko‘rsatkich  barmog‘ini  eltib:  –  Bolam,  bu
kishi  mening  otam,  sening  esa  katta  bobong
bo‘ladi,  –  dedi.
–  Bobo,  nega  katta  bobo  bu  yerda,  kitob-
ning  ichida?  –  so‘radi  nabira  qiziqib.
–  Chunki  u  kishi  urushda  halok  bo‘lgan.
Vatanimizga  bostirib  kirgan  dushmanga  qarshi
jangda...


195
–  Bobo,  yana  gapirib  bering.
Bobo  o‘yga  toldi.  Ammo  hozir  negadir  o‘z
otasi  qismatini  emas,  balki  elining  uzoq  ta-
rixida  yuz  bergan  boshqa  bir  voqeani  hikoya
qilib  bergisi  keldi.  –  O‘shanda  ham  ulkan  yov
qo‘shini  yurtga  bostirib  kirib,  qo‘li  baland  ke-
ladi-da,  vatandoshlarimizni  qamal  qilib  oladi.  Qa-
mal  oylab  davom  etgani  bois,  ichkarida  na
yegulik  qoladi,  na  ichgulik.  Axiyri,  yurt  xoqoni
xalqiga  qarab:  „Nima  qilaylik?  Taslim  bo‘lib
xotin-qizlarimiz  jonini  omon  saqlab  qolaylikmi
yo  urushib  barchamiz  halok  bo‘laylikmi?“  deya
murojaat  qiladi.  Ko‘pchilik  bir  ovozdan  „Taslim
bo‘laylik,  yo‘qsa,  qamalda  ochlik  va  suvsiz-
likdan  baribir  o‘lib  ketamiz“,  deydi.  Faqatgina
bir  temirchi  yigit  „Yo‘q!“  deydi.  U  yovga  taslim
bo‘lib,  Vatan  sha’nini  bulg‘ashdan  ko‘ra,  uni
himoya  qilib  o‘lishni  afzal  ko‘radi.  Dushman
qo‘shini  tomon  bir  o‘zi  jangga  otiladi.
–  Keyin-chi,  keyin?  Jangda  kim  yengadi
bobo,  kim?  –  shoshiradi  boboni  nabirasi.
–  Albatta,  vatandoshlarimiz,  turonliklar!  O‘sha
temirchining  ismi  Turon  edi.  Turonliklar  sen  bi-
lan  mening  bobolarimiz,  momolarimiz  bo‘lgan,
bolam.
Bobo  hikoyasini  tugatgandan  so‘ng,  uzoq
muddat  sukutga  cho‘mdi.  Bolaning  bo‘lsa,  ni-
gohlarida  hayrat  qotib  qolgandi.  Birpas  o‘tib,
bobo  yana  davom  etdi:


196
–  Bu  –  Vatan  haqida  qo‘shiq  bo‘ladi,  bolam.
Uni  yodlab  olgin-u,  aslo  unutmagin.  Kun  kelib
esa,  uni  hikoya  qilib  berish  gali  senga  yetadi.
1.  Bobo  nabirasiga  qanday  voqeani  hikoya
qilib  berdi?
2.  „Bu  –  Vatan  haqida  qo‘shiq  bo‘ladi,
bolam.  Uni  yodlab  olgin-u,  aslo  unutmagin“,
deganda  nimani  angladingiz?

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish