2019 O‘qish oxi



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

Opa-singil  daryolar
Go‘zal  Begim
(Ertak)
1
Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan,  uch  opa-singil
daryolar  bo‘lgan  ekan.  Kattasining  ismi  Amu-
daryo,  o‘rtanchasiniki  Sirdaryo  va  kenjasining
ismi  Zarafshon  ekan.  Amudaryo  kattasi  bo‘l-
gani  uchun  Tojikistonning  Panj  viloyatidan  Orol
dengizigacha  bo‘lgan  masofada  yumushlarni  ba-
jarar,  hammaga  shirindan  shakar  zilol  suvini


10
ulashar  ekan.  Amudaryoni  barcha  dov-daraxtlar,
giyohlar  va  ekin-tikinlar  yaxshi  ko‘rar  ekan.  U
Qoraqum  va  Qizilqum  cho‘llarini  ikkiga  ajratib
turarkan.  O‘zbekiston  orqali  turkman  eliga  o‘tib,
suv  tashir,  qaytib  kelib,  Orol  dengiziga  quyilar-
kan.  Uning  shahd-u  shiddati  juda  mo‘l,  ko‘plab
ishlarni  yolg‘iz  o‘zi  bajarar  ekan.
Sirdaryo  ham  go‘zallikda  opasi  Amudaryodan
qolishmas  ekan.  Uning  qaddi  raso,  yuzlari
tiniq,  sochlari  Amudaryoday  shovullab  turarkan.
Sirdaryo  Norin  va  Qoradaryo  kabi  daryolarning
birlashishidan  hosil  bo‘lib,  bu  sirni  hammadan
sir  tutib  yasharkan.  Chaqqonlikda  opasi  Amu-
daryoga  teng  kelolmasa  ham,  harakatdan  to‘x-
tamas  ekan.  Ancha-muncha  yumushlarda  opa-
siga  yordamchi  ekan.


11
Kenjaoy  Zarafshon  esa  jajji  bo‘lgani  uchun
har  bir  qilig‘i  o‘ziga  yarashar  ekan.  Uch  opa-
singil  juda  ahil,  inoq,  halol  mehnat  qilib  kun
kechirisharkan.  Biri  daraxtlarga  suv  quysa,
ikkinchisi  tuproqni  yashnatar  ekan.  Uchinchisi
esa  havoning  namligini  bir  maromda  ushlashga
hissa  qo‘sharkan.  Ayniqsa,  opalari  Amudaryo
„Yaxshilik  qil-u,  suvga  ot,  suv  bilmasa  baliq
bilur,  baliq  bilmasa  Xoliq  bilur“,  degan  maqolni
tez-tez  takrorlar  ekan.  Bu  naql  Sirdaryo  va
Zarafshonning  quloqlariga  tilla  zirakday  taqilibdi.
Opa-singil  daryolarning  bag‘ri  kengligidan  suv-
osti  dunyosining  o‘simlig-u  jonivorlari  xotirjam
maktabga,  ishga  qatnar  ekan.
1.  Opa-singil  daryolar  haqida  nimalarni  bilib
oldingiz?
2.  Ertakdagi  maqolni  qanday  tushundingiz?
2
Uch  opa-singil  jahl,  g‘azab  nimaligini  bilmas,
shuning  uchun  atrofdagilar  bir-birini  ularning
ismi  bilan  duo  qilgani  qilgan  ekan:
–  Shahding,  qudrating  Amudaryoday  bo‘lsin,
Sirdaryoday  uyingga  baraka  kirsin,  Zarafshonday
shonli,  shavkatli  bo‘lgin!
O‘zlariga  qiyosan  qilingan  duolar  opa-singil
daryolarga  juda  ham  yoqarkan.  Ular  shu  bois
ham  o‘z  ahdlaridan  qaytmay,  zavqlanib  naf


12
keltirishda  davom  etishibdi.  Olis-olislarda  o‘z
qavmdoshlari  o‘zanidan  toshib,  haddidan  oshib,
toshqinlarga  sababchi  bo‘lib  odamlarning,  tabiat-
ning  umriga  zomin  bo‘lishganini  eshitishsa,  qat-
tiq  xafa  bo‘lisharkan.
Uch  opa-singil  ko‘nglining  ochiqligi,  saxiyligi,
yaxshilikdan  tolmasligi,  g‘azab  va  qahrdan  yiroq-
ligi  bois  kundan  kunga  yasharib,  umri  uzaya-
veribdi.  Ular  bilan  do‘st  bo‘lib  yashayotgan
odamlar  esa  hali  ham  farzandlariga  Amudaryo,
Sirdaryo,  Zarafshon  degan  ismlarni  qo‘yib,  dar-
yolarni  farzandlariga  qo‘shib  suyarkanlar.  Amu-
daryo,  Sirdaryo,  Zarafshon  esa  toza  qalbini
ona  zaminga  qo‘yib,  olis-olis  masofalarga  oqish-
dan  tolmay  elga  xizmatda  ekan.
1.  Odamlar  bir-birini  qanday  duo  qilishar  ekan?
2.  Siz  yana  qanday  daryolarni  bilasiz?
Birlikda  baraka  bor.

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish