Yangi uy
Hamidulla Murodov
(Hikoya)
–
Qishlog‘imiz chekkasidagi eski bog‘ o‘r-
nida g‘ishtli, chiroyli uylar quriladigan bo‘libdi!
Bu gapni sinfdoshimiz Xurshidbek topib kel-
di. O‘rtoqlari birpasda uni o‘rab olishdi.
–
Qanaqa uylar deding?
–
Kimlar qurar ekan?
–
Kimlar turadi yangi uylarda?..
–
Kim quradi demay, quradiganlar kim
ekan, deb so‘ranglar. Bilasizmi, ular kim? –
Sinfga kirib kelgan ustozlari Orif aka bola-
larning savollariga savol bilan murojaat qildi.
–
Bilmay turibmiz-da, ustoz! Bilolmay tu-
ribmiz...
–
Unda gapimni yaxshilab eshitib olinglar.
Bu quriladigan uylar qishlog‘imizning uyga eh-
tiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan
uylar siz-u bizniki. Endi kimning bo‘sh vaqti
bo‘lsa, o‘qishdan keyin yordamga chiqsin. Qu-
ruvchilarga g‘isht, qum, tuproq yetkazib turish-
da baholi qudrat yordam berasizlar.
Shu kuni darsdan keyin Xurshidbek ko‘cha-
sidagi o‘rtoqlari bilan qurilish bo‘layotgan joyga
borishdi. Bolalarni ko‘rib Bunyodbek amaki ju-
da xursand bo‘ldilar.
7
– Sizlarni o‘zim yordamga chaqirmoqchi bo‘lib
turgandim, – dedilar. – Yaxshiyam o‘zingiz
kelib qoldingiz. Endi gap shu, uylar qish-
loqniki, demak, sizlarniki ham. Shunday ekan,
ustalarimizga g‘isht, qum, tuproq tashib berib
tursangiz xursand bo‘lardik.
– Yordam beramiz! Yordam beramiz!
Yoz tugamay, yangi uylar qad rostlab, bir
chekkadan bita boshladi. Uyning egalari ko‘-
chib kela boshlashdi. Bu orada yangi o‘quv yili
boshlandi. Bir hafta o‘qigan ham edik, bir kuni
Xurshidbekning dadasi Bunyodbek amaki oila
a’zolariga quvonchli xabarni aytdi.
Xurshidbeklar oilasi ham yangi uyga ko‘-
chadigan bo‘lishdi.
8
Xurshidbek keyin bilsa, yosh oilalar qatori
yangi bitgan uylardan biri ularning oilasiga
berilgan ekan.
1. Xurshidbek bolalarga qanday yangilikni yet-
kazdi?
2. Bunyodbek amaki nima uchun xursand
bo‘ldi?
Vàtàn desam...
Ulug‘bek Hamdam
Vatan desam, ko‘zimga
Qatra-qatra yosh kelar.
Yosh ichida miltirab,
Buyuk bir bardosh kelar!
Vatan desam, tilimga
Temur-u Bobur kelar.
Moziylarni uyg‘otib,
Do‘mbira, tanbur kelar!
Vatan desam, yuragim
Navolarga to‘lgaydir.
Niyatni yaxshi qilsak,
Navoiy tug‘ilgaydir!
Vatan – muqaddas dargoh,
Imon kabi saqla sen!
9
Otang bergan isming-u
Onang sutin oqla sen!
Vatan degin, dilbandim,
G‘aflatlarda yotma hech.
Vatan bu o‘zligingdir,
Yot ufqqa botma hech!
Vatan desang, o‘yingga
Ulug‘ shu xalqing kelsin!
Shu xalqing osmonida
Quyoshdek balqqing kelsin!..
Vatan degin, dilbandim!..
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Siz Vataningizni qanday ta’riflaysiz?
3. Vatan deganda nimalar ko‘z oldingizga
keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |