2017-yildan keyingi yillar



Download 41,76 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi41,76 Kb.
#299648
1   2   3
Bog'liq
javoblar tarix

8.3$

18.1$ Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan. Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabrь kuni Markaz tashkil etilganligiga 18 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida mazkur Markaz o‘z oldidagi o‘ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.

18.2$ “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Farmonga muvofiq, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etiladi. Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etildi. Jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini oʻrnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Farmonga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga oʻtkaziladi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

18.3$ Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992 -yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfatli shartnomadan boshlangan, oshanda Oʻzbekistonning  Autoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma Automobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993 -yilda UzDaewooAuto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan. Automobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jixozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000ga yaqin Oʻzbekistonlik yoshlar Koreaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996- yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli automobil mart oyidan boshlab Tico iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996 -yil 19- iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000- yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001 -yil zavodning yangi yanada zamonaviy lineasi ishga tushirildi buni natijasida yangi Matiz rusumli yangi Automobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007 -yilda UzDaewooAoto kompaniyasi negizida General -Motors korparatsiyasi bilan xamkorligda GM-Uzbekiston kompaniyasi tashkil etildi buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010- yilda Chevroletning eng zamonaviy Automibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa Automobilsozlikni mustaxkam poydevori yaratildi .

19.1$ Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda iqtisodchilar ushbu vazifani yechish borasida makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini uyg‘unlashtiradigan moliyaviy dasturlash uslubidan unumli foydalanib kelmoqdalar. Afsuski, respublikamizda shu yo‘nalishda o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan bo‘lsada, u iqtisod sohasidagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilmagan (magistraturaning statistika ixtisosligidan tashqari).O‘zbekiston Respublikasida ham xorijiy mamlakatlarda o‘z malakasini oshirib qaytgan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari tomonidan amaliyotda ushbu ishlar olib borilmoqda. Ular tomonidan amaliy ish jarayonida to‘plangan tajribalarga asoslanib, ikki marta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (dastlab Bank-moliya akademiyasida, so‘ngra Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida).Moliyaviy dasturlash kursi barcha rivojlangan mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot, statistika, bank, moliya va soliq yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlariga kiritilganligini inobatga olib, respublikamizda ham ushbu kursning o‘qitilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

19.2$ Ma’lumki, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining sabab va oqibatlarini to‘g‘ri baholash hamda shu asosda unga qarshi samarali chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish masalasi dunyo miqyosida eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Ammo ko‘pgina xalqaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozga baho berar ekan, uning sabablari va yanada avj olishi bilan bog‘liq prognozlarida javoblardan ko‘ra ko‘proq savollarga duch kelishmoqda. bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  umumiyligi,  masalan,  xususiy  mulkchilik,  iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo‘lishi bilan  bir  qatorda  har  bir  mamlakatning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiquvchi  yo‘li  mavjuddir.  Bunda uning xo‘jalik tuzilishi va shart – sharoitlari, joylashgan eri, tabiati va iqlimi, milliy kelib  chiqishi, rasm – rusumlari, an’ana va milliy harakteri va boshqa omillar sabab bo‘ladi.   Jahon  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  dunyodagi  hamma  mamlakatlar  uchun  maqbul  bo‘lgan  bir  xil  taraqqiyot  yo‘li

19.3$ Har qanday davlatda tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakatning tovar va xizmatlar eksportidan keladigan tushumning sezilarli qismi, masalan, 20-25 foizidan oshib ketsa, bu holat davlatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. SHunga ko‘ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradi Bunday chora-tadbirlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobidan to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda neft-gaz, mashinasozlik, elektr texnika, kimyo, metallurgiya sanoatida o‘nlab yangi yirik korxonalar barpo etildi. Iqtisodiyotimizning yangi tarmog‘i – rivojlangan infratuzilmaga ega avtomobil sanoati tashkil etildi. Ushbu tarmoqda «GM», «MAN» va «ISUZU» kabi jahonda etakchi kompaniyalarning zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari tatbiq qilingan.

20.1$ Soliq siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq ma’murchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Hujjatga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasining “Respublika axborot-maslahat markazi” va “Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonalari negizida “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, 2019 yil 1 yanvardan davlat soliq xizmati organlari xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini, yuridik shaxslardan yer solig‘ini, shuningdek, bank aylanmalari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa tashqi manbalar asosida deklaratsiya qilinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash tarzida soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatadi hamda hisoblangan soliqlar summasi haqida soliq to‘lovchining “shaxsiy kabineti” orqali xabarnoma yuborish belgilab qo‘yildi. Yana bir muhim jihati, faoliyatida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish maqsadida Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tugatildi.

20.2$ Prezidentimizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish borasidagi tashabbusi zamirida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining tezkor rivojlanishiga erishish, ularni amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqoshkoraligi va samaradorligini ta’minlashdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadi mujassamdir Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq va manfaatlarini himoyalash, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda.Jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi.Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining eng muhim sosial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan ikki yuzdan ortiq qonun qabul qilingani davlatimiz tomonidan soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi. jtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikIjtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

20.3$ O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Darhaqiqat, mahalla – O‘rta Osiyoda shaharlar ichidagi hududiy birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan. Arablar istilosi va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari paydo bo‘lgan mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar birlashmasi bo‘lib, unda odamlar faqat qo‘shnichilik rishtalari bilan emas, balki yuzlab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar va an’analar bilan belgilangan. Shuning uchun ham undan minglab kishilarni faol ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida foydalanish lozim. Ong va tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar hamisha qiyinchilik bilan amalga oshirilgan. Jumladan, yillar mobaynida ongimiz va tafakkurimizga singib ketgan tanballik, imon-ixtiyorimizni «yuqori»ga topshirib qo‘yish illatlari bugungi demokratik jarayonlarga to‘siq bo‘lmoqda. Uning salbiy oqibatlari chuqurlashib borayotgan yangilanishlar mohiyatini anglashga, butunlay yangi turmush tarzining shakllanishiga, inson haq-huquqlarining kengayishiga va jamiyatda shaxs rolining oshib borishiga monelik qilmoqda.
Download 41,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish