2016 yil davomida xorijiy va xalqaro tashkilotlar vakillarining favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvlari



Download 46 Kb.
Sana09.06.2017
Hajmi46 Kb.
#10789
2016 YIL DAVOMIDA XORIJIY VA XALQARO TASHKILOTLAR VAKILLARINING FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVLARI


2016 yil 26-27 yanvar kunlari TTB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik B.Adilov, ORVIKTiIB boshlig‘i kapitan P.Volkov va Maxfiy bo‘lim boshlig‘i kichik serjant N.Yangazovlar Toshkent shahridagi «Radisson Blu» mehmonxonasida AQSH NESA tomonidan o‘tkazilgan “Kiberxavfsizlikning transchegaraviy xavfsizligi” mavzusidagi navbatdagi dialogida ishtirok etishdi.
2016 yil 28 yanvar kuni TTB boshlig‘i polkovnik N.Djumaev, XHB boshlig‘i polkovnik J.Isaev va AvaHMQB bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik U.Qodirovlar Xalqaro biznes markaz binosidagi «Sasol Midle East and Indiya Ltd» kompanisining ofisida «Sasol» kompaniyasining konsultanti Malkolm Smit bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etishdi.
2016 yil 28 yanvar kuni XHB boshlig‘i polkovnik J.Isaev BMTTD ofisida bo‘lib o‘tgan BMTning 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonga amaliy yordam ko‘rsatish dasturining amalga oshirilishi doirasida ikki yillik ishchi rejasini muhokama qilish bo‘yicha ishchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
2016 yil 12 fevral kuni Evropa Ittifoqining Toshkentdagi doimiy vakolatxonasi xodimlari FMI qoshidagi Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurdilar.
2016 yil 23-26 fevral kunlari FVBM boshlig‘i o‘rinbosari mayor K.Rizoev, AvaHMQB bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik U.Kadirov, AvaHMQB katta ofitseri mayor Y.Jo‘raev va RKTTQM boshlig‘i o‘rinbosari L.To‘raevlar «Poytaxt» biznes markazida AQSH Milliy gvardiyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tabiiy va texnogen tusdagi FV oqibatlarini bartaraf etish sohasida malaka almashish bo‘yicha uquv kursida ishtirok etishdi.
2016 yil 23-26 fevral kunlari TTB boshlig‘i polkovnik N.Djumaev, XHB boshlig‘i polkovnik J.Isaev va AQKB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Azimovlar 2016 yilga mo‘ljallangan O‘.R. Mudofaa vazirligi va AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi o‘rtasida imzolangan Harbiy kontaktlar rejasi doirasida AQSH Milliy gvardiyasi mutaxassilari tomonidan o‘tkazilgan tez harakat qilish bo‘yicha malaka almashish uchrashuvida ishtirok etishdi.
2016 yil 29 fevral kuni FVV binosida FV vaziri T.Xudaybergenovning Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 7 mart kuni AQKB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Azimov va XHB boshlig‘i polkovnik J.Isaevlar Yaponiya tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama qilish maqsadida Yaponiya mudofaa vazirligi delegatsiyasi bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etishdi.
2016 yil 9-10 mart kunlari vazirlik binosida Jahon bankining “O‘zbekistonda ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishni kuchaytirish” loyihasini muhokama qilish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 10-11 mart kunlari vazirlik xodimlari Toshkentning “Radisson Blu” mehmonxonasida Jahon bankining “O‘zbekistonda ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishni kuchaytirish” loyihasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishdi.
2016 yil 23 mart kuni vazirlik xodimlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan 8-Xalqaro sanoat forumida ishtirok etishdi.
2016 yil 24 mart kuni Fransiyaning va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonalari xodimlari zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bo‘yicha o‘quv mashqlarida qatnashish uchun FMI qoshidagi Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurishdi.
2016 yil 26 mart kuni TTB boshlig‘i polkovnik N.Djumaev, Toshkent shahar FVB bo‘linmasi boshlig‘i kapitan Sh.Axmedov va XHB bosh mutaxassisi D.Tashpulatovalar «Grand Mir» mehmonxonasida o‘tkazilgan JICA o‘quv kurslari bitiruvchilarining uchrashuvida ishtirok etishdi.

2016 yil 30-31 mart kunlari «Grand Mir» mehmonxonasida “Distirlab” kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda MKRL boshlig‘i podpolkovnik R.Nuraliev, serjant R.Bakirov va xizmatchi O.Noralievlar ishtirok etishdi.
2016 yil 20 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy xavfsizlik tizimlari” mavzusidagi konferensiyada vazirlik xodimlari ishtirok etdi.
2016 yil 26-27 aprel kunlari «Siti Palas Xotel Tashkent» mehmonxonasida KBRYAM tabiiy ofatlarni kamaytirish bo‘yicha malakani oshirish markazi taklifi doirasida O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari mutaxassislari uchun o‘tkazilgan doira yig‘ilishida vazirlik xodimi ishtirok etdi.
2016 yil 28 aprel kuni BMT Taraqqiyot dasturining Evropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari Olive Adam FVV Fuqaro muhofazasi instituti qoshidagi Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurdi.
2016 yil 6 may kuni Fransiyaning Toshkentdagi Elchixonasi va Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamoasi xodimlari FVV Fuqaro muhofazasi instituti qoshidagi Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurdilar.
2016 yil 11-12 may kunlari vazirlik vakillari O’zbekiston Respublikasi FA Geologiya va geofizika institutida o‘tkazilgan sel, er ko‘chishi va qor ko‘chishini modellashtirish bo‘yicha kompyuter dasturini qo‘llash bo‘yicha seminarda ishitrok etishdi.
2016 yil 16-18 may kunlari vazirlik xodimi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini boshqarish bo‘yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.
2016 yil 17 may kuni BMT Taraqqiyot dasturining Istambuldagi mintaqaviy ofisi dasturiy mutaxassisi S.Kimning vazirlik xodimlari bilan uchrashukvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 23 may kuni “Grand Mir” mehmonxonasida o‘tkazilgan “Seysmik xavflarni baholash sohasidagi oxirgi yutuqlar: zilzilani modellashtirish, bashorat va oldindan xabar berish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada vazirlik xodimi ishtirok etdi.
2016 yil 30 maydan 1 iyun kunlari vazirlik xodimlari YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi xodimlari bilan birgalikda “Yosh qutqaruvchi-2016” musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etishdi.
2016 yil 31 may kuni vazirlik xodimi “Ekologik xafta - 2016”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.
2016 yil 31 may kuni «Vidxem» mehmonxonasida «Motorola Solution» kompaniyasi radiojihozlarining prezentatsiyasida vazirlik xodimi ishtirok etdi.
2016 yil 4 iyun kuni vazirlik vakillari IP OOO «Xuavey Tex Investment Tashkent» xodimlari bilan “Xavfsiz shahar” global sammiti va Xefey eksperemental seminari natijalarini muhokamasi bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etishdi.
2016 yil 7 iyun kuni vazirlik binosida Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi missiyasi bila uchrashuv o‘tkazildi.
2016 yil 16 iyun kuni FMIda AQSHning O‘zbekistondagi dipmissiyasining xavfsizlik bo‘yicha ofitseri M.Saygrimus bilan uchrashuv o‘tkazildi.
2016 yil 1 iyul kuni «Navruz» qabullar uyida AQSHning mustaqillik kunini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirda vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 4-8 iyul kunlari «Uzgidromet» binosida «Azerkosmos» OAJ raisi R.Nabiev boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazilgan uchrashuvda vazirlik xodimi ishtirok etdi.
2016 yil 18-22 iyul kunlari RXM binosida «Rosatom» Davlat korporatsiyasi
va «Advantor sistemz» korporatsiyasi mutaxassislari bilan VVR-SM ilmiy tadqiqot reaktorini dekomissiya qilish va eksrluatatsiyadan chiqarish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 31 iyul kuni Toshkent shahrida AQSH Energetika vazirligi mutaxassislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda vazirlik xodimlari ishtirok etdilar.
2016 yil 9 avgust kuni vazirlik binosida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon Uning FV vaziri T.Xudaybergenov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 9 avgust kuni vazirlik binosida Qozog‘iston Respublikasining  O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Erik Utembaev ning FV vaziri T.Xudaybergenov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 9 va 11 avgust kunlari Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti binosida MAGATE xalqaro eksperti Elena Paladining SSV, FVV, IIV va Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 17 avgust kuni vazirlik xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkazilgan “elektron hukumat” tizimini tadbiq etish va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish sohasida o‘zbek-koreys hamkorlik forumida ishtirok etdilar.
2016 yil 18-19 avgust kunlari vazirlik xodimlari Dj.Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Evropa markazi tomonidan o‘tkazilgan xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi dialogda ishtirok etdilar.
2016 yil 8-9 sentyabr kunlari Radiatsion xavfsizlik markazida MAGATE inspektorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 9-19 sentyabr kunlari Radiatsion xavfsizlik markazida AQSH Energetika vazirligi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 22 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonachi xodimlarining FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrifi tashkillashtirildi.
2016 yil 22-23 sentyabr kunlari «Miran» mehmonxonasida o‘tkazilgan KES loyihasining boshlang‘ich yig‘ilishida vazirlik xodimi ishtirok etdi.
2016 yil 26-28 sentyabr kunlari «Redisson» mehmonxonasida “Eksport nazorati” dasturi doirasida o‘tkazilgan seminarda Radiatsion xavfsizlik markazi xodimi ishtirok etdi.
2016 yil 26-30 sentyabr kunlari «Redisson» mehmonxonasida “Radioaktiv ashyolarni olib o‘tishda xavfsizlik chorali” mavzusida o‘tkazilgan o‘quv kursida podpolkovnik Z.Kilichov ishtirok etdi.
2016 yil 3 oktyabr kuni Xalqaro hamkorlik markazida Toshkent shahrining infratuzulmasini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘zbek-yapon konferensiyasida vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 3 oktyabr kuni vazirlik binosida FV vaziri general-mayor T.Xudaybergenovning Yaponiyaning er, infratuzulma, transport va turizm vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 6 oktyabr kuni vazirlik binosida vazirlik rahbariyatining tabiiy ofatlar masalalari bo‘yicha mutaxassis M.Simmerman boshchiligidagi Jahon banki delegatsyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 10 oktyabr kuni RXM xodimi Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Atom energiyasi davlat agentligi o‘rtasidagi o‘zaro anglash to‘g‘risidagi memorandumi” masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
2016 yil 11 oktyabr kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Jahon bankining O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish bo‘yicha dasturining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbirda vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 11 oktyabr kuni vazirlik binosida vazir birinchi o‘rinbosari polkovnik K.Aripovning Jahon banki xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda boshqaruv tizimining texnik topshirig‘ini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 12-13 oktyabr kunlari O‘.R. Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida “Zamonaviy seysmologiyaning asosiy muammolari” mavzusidagi ilmiy konferensiyasida vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 13 oktyabr kuni “Zamonaviy seysmologiyaning asosiy muammolari” mavzusidagi ilmiy konferensiyasi ishtirokchilari FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurdilar.
2016 yil 19-20 oktyabr kunlari Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutida o‘tkazilgan “Eksport nazorati va chegaralar xavfsizligi” dasturi texnik ekspertlari bilan ishchi uchrashuvida vazirlik xodimlari ishtirok etdilar.
2016 yil 20 oktyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi E.Utembaev boshchiligidagi elchixona xodimlarining FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 24 oktyabr kuni RXM binosida Rossiyaning “Aspekt ” YOAJ mutaxassislari va “Yadroviy kontrabandani aniqlash va oldini olish” dasturi menedjeri M.Dilner bilan o‘tkazilgan uchtomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 25 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan X-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va kooperatsion birjada ishtirok etish uchun kelgan Qozog‘iston Respublikasining viloyatlari xokimiyatlari rahbarlarining FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 31 oktyabr kuni Radiatsion xavfsizlik markazida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi “Eksport nazorati va chegaralar xavfsizligi” dasturi maslahatchisi N.Kavallero va “Yadroviy kontrabandani aniqlash va oldini olish” dasturi menedjeri M.Dilner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 23 oktyabrdan 5 noyabrgacha Radiatsion xavfsizlik markazida Rossiyaning “Sosnы” ilmiy-ishlab chiqarish firmasi mutaxassislari tomonidan RXM va “Foton” AJ xodimlarini radioaktiv chiqindilarni yo‘q qilish va ko‘mish, hamda binolarni dezaktivatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish bo‘yicha o‘quv ishlari olib borildi.
2016 yil 2-4 noyabr kuni «Lotte Tashkent Palas» mehmonxonasida MOBOTIKS kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 3 noyabr kuni vazirlik binosida Italiya TIV Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, hamda FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 4 noyabr kuni «Lotte Tashkent Palas» mehmonxonasida o‘tkazilgan Avstriyaning «Trumer Shutsbauten» kompaniyasi mahsulotining prezentatsiyasida vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 8 noyabr kuni “Poytaxt” biznes-markazida o‘tkazilgan Rossiya Federatsiyasining 2017 yilda MDHda raisligi konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasining taqdimotida vazirlik xodimi ishitrok etdi.
2016 yil 9 noyabr kuni vazirlik binosida O’zbekiston Respublikasi FVV va Yaponiyaning tegishli vazirligi o‘rtasida 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik bo‘yicha tadbirlar rejasi loyihasini muhokama qilish bo‘yicha Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mas’ul xodimi bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 10 noyabr kuni vazirlik xodimi “Poytaxt” biznes-markazida o‘tkazilgan iqlim moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdi.
2016 yil 11-12 noyabr kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekistonda Ofatlarni boshqarish markazini adaptatsiya qilish bo‘yicha seminarda vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 14-17 noyabr kunlari “Xayat” mehmonxonasida AQSH Energetika vazirligi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda RXM xodimi ishitrok etdi.
2016 yil 16 noyabr kuni vazirlik binosida Fransiyaning Moskvadagi elchixonasi ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy attashesi Fransiya IIV Milliy politsiyasi general-leytenanti B.Pereyra Kutino va uning yordamchisi S. Le Luare bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 24 noyabr kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlarining FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 25 noyabr kuni vazirlik binosida EI Delegatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i E.Stipraysning vazirlik rahbariyati bilan uchrashuvi o‘tkazildi, hamda ushbu vakolatxona xodimlarining FMI Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 11-16 dekabr kunlari RXMda «ENCONET Consulting GesmbH» kompaniyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 12-15 dekabr kunlari «Foton» OAJda bo‘lib o‘tgan Rossiyaning ilmiy-ishlab chiqarish firmasi “Sosnы” va MAGATE ekspertlari bilan uchrashuvda RXM xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 13-16 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlari akademiyasida Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari mutaxassislari tomonidan «Davlat qurilish ishlarida, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarinin bartaraf etishda qurolli kuchlarning ahamiyati» mavzusida o‘tkazilgan seminarda vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 14-15 dekabr kunlari RXMda MAGATE delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 15 dekabr kuni vazirlik binosida FVV/BMTTD hamkorlikdagi loyihasi Kengashining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida O‘zbekistonda biologik xavfni kamaytirish dasturining loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishida vazirlik xodimi ishtirok etdi.
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish