4.13-rasm. Blokni aralash (kombinatsiyalashgan) ochish sxemasi:
1 — qiya kvershlag; 2 — aylanma tushirish bilan jihozlangan vertikal blok stvoli; 3 — magistral shtrek; 4 — qiya konveyer stvoli; 5 — shamollatish shurfi.
Hozirgi vaqtda KRU—260 rusumli lentali konveyer bilan jihozlangan qiya stvol bosh ochuvchi stvol bo'lib, unga yana qo'shimcha bir uchli sim arqonli ko'targich ham o'rnatilgan. Stvolning uzunligi 480 m va amaldagi ko'ndalang kesim yuzasi 11,6 m2.
Shaxta markazty sanoat maydonchasiga joylashgan vertikal stvoldan yordamchi ochuvchi lahim sifatida foydalaniladi. Stvolning diametri 4,5 m, chuqurligi 94,3 m. Bu stvol posangili klet qurilmasi bilan jihozlangan bo'lib, shaxtaga odamlar, materiallar va boshqa yuklarni tushirish hamda chiqarish, shuningdek, shaxtaga toza havo yuborish kabi ishlarga xizmat qiladi. Bu stvol ilgari asosiy (bosh) ochuvchi lahim bo'lib, ikki skipli ko'tarish qurilmasi bilan jihozlangan edi.
Shaxtaning markaziy sanoat maydonidan taxminan 950 m janubi-g'arb yo'nalishda chuqurligi 125 m va amaldagi diametri 4,5 m bo'lgan stvol o'tkazilgan. Bu stvolga ikki kletli ko'tarish qurilmasi o'rnatilgan va u yordamchi ishlarni bajarish hamda shaxtaga toza havo yuborishga xizmat qiladi.
Ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlash markaziy sanoat maydonchasiga joylashgan yuk va odamlarni tashishga mo'ljallangan qiya stvol orqali amalga oshiriladi.
Stvolning uzunligi 160 m, amaldagi ko'ndalang kesim yuzasi 6,5 m2.
Lentali konveyer bilan jihozlangan qiya stvollar yordamida shaxta maydonini aralash usulda ochish skirli ko'tarish qurilmalari bilan jihozlangan vertikal stvollarga nisbatan qator afzalliklarga ega: ko'mirni qazish kavjoyidan to yer yuzigacha tashishning uzluksizligini ta'minlaydi, bu esa, o'z navbatida, ko'mir qazishning progressiv potok texnologiyasidan foyda- lanishga imkon yaratadi; kon ishlari xavfsizlik darajasining yuqori bo'lishini ta'minlaydi; transportning texnologik zanjirini soddalashtiradi.
Shaxta maydonini ochishning aralash usuli, asosan, chu- qurligi 300—350 m gacha bo'lgan yotiq (og'ish burchagi 18° gacha) ko'mir qatlamlarini qiyalik burchagi 16° gacha bo'lgan qiya stvollar yordamida qazishda qo'llaniladi. Ushbu ochish usuli samaradorligi shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga ham bog'liq bo'lib, uning miqdori 1,5—2,0 mln t bo'lganda samaradorligi yuqori bo'ladi.
4.12. Qatlamli konlarni qazish tizimlari va ularning tasnifi
Qatlamli konlarni qazish tizimlari deganda qazish maydoni hududida vaqt va makon bo'yicha o'zaro bog'langan qazish va tayyorlov lahimlarini o'tish tartibi tushuniladi.
Har qanday qazish tizimiga quyidagi talablar qo'yiladi: kon ishlarini olib borish xavfsizligini ta'minlash; qazish ishla- rining samarali bo'lishi; insonni o'rab turgan muhit va yerosti boyliklarini saqlash.
Kon ishlarining xavfsizligini ta'minlash uchun qazish kavjoyidan, albatta, ikkita chiqish yo'li bo'lishi shart. Shuningdek, kavjoy oldi bo'shlig'i ishonchli mustahkamlangan bo'lib, ish joylari uzluksiz shamollatib turilishi kerak. Ko'mir changini bostirish, kon zarbasi va to'satdan ko'mir yoki gaz otilib chiqishi hodisalarining oldini olishga yo'naltirilgan tadbirlar o'tkazilishi ham talab etiladi.
Qazish tizimining samarali bo'lishiga 1 t ko'mirni qazishga sarflanadigan jonli va buyumlashgan mehnat miqdorining mumkin qadar minimal bo'lishini ta'minlash hisobiga eri- shiladi.
Mehnat unumdorligining yuqori bo'lishi qazish tizimining samarali bo'lishida katta ahamiyatga egadir. Chunki 1 t qazib olingan ko'mir tannarxining qariyb 40% ini ish haqi tashkil qiladi. Mehnat unumdorligini oshirish esa, qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash darajasi, ishchilarning kasbiy mahorati, kavjoylarda qazish ishlarini tashkil qilish usuli va shu kabi muhim omillarga bogliqdir.
Yerosti boyliklarini saqlash foydali qazilma yo'qotilishi, xomashyo konditsiyasi va boshqa sifat ko'rsatkichlari miq- dorini bclgilovchi asosiy Davlat qonunlari asosida amalga oshiriladi.
Qazish tizimlari quyidagi muammolarni hal qilish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash, qazish ishlarini konsentratsiyalash (kavjoy yuklamasini ko'pay- lirish) va ishonchliligini ta'minlash uchun qulay sharoit yaratib bera olishi kerak:
tayyorlov va qazish ishlarining o'zaro ta'sirini yo'qotish;
qazish kavjoylarining tashish va shamollatish sharoitlari bo'yicha avtonomligini ta'minlash;
kon lahimlarini saqlashning samarali usullarini qo'llab, lava uzunligining turg'un o'lchamlarini ta'minlash maqsadida kompleks va agregatlarning yuqori unumdorlik bilan ishonchli ishlashiga sharoit yaratish;
gaz ajralib chiqadigan joylarda gazsizlantirish bo'yicha tadbirlar o'tkazish va qazish lavalarida bajariladigan ishlarga gaz ta'sirini kamaytirish;
ko'zda tutilmagan lavalarning to'xtab qolishini yo'q qilish uchun geologik buzilishlarni bashorat qilish.
Qazish tizimini tanlab olishga juda ko'p kon-geologik va kon-texnik omillar ta'sir etadi. Ulardan asosiylarini ko'rib chi- qamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |