Muayyan geologik sharoitlar uchun ko'p sonli qazish tizimlari ichidan ilg'or va iqtisodiy samarali tizimni tanlab olish zarurdir. Tanlab olingan qazish tizimining ilg'orligi, zamonaviy texnikaga mosligi mezoni bilan aniqlanadi. Uning iqtisodiy samaradorligi esa texnik-iqtisodiy solishtirishlar asosida aniqlanadi.
Qatlamning tabaqalarga bo'linishi
Qazish kavjoyi uzunligi
Surilib boradigan kavjoyga nisbatan qazish maydonida tayyorlov lahimlarini o'tish tartibi
Qazish maydonida kavjoy surilishining qatlam yotish elementlariga nisbatan yo'nalishi
Tabaqalarga bo'lmasdan
Uzun stolbalar bilan
Bir yo'la (sidirg'asiga)
Cho'ziqlikbo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Birin-ketin (stolbali)
Cho'ziqlikbo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Bir yo'la birin-ketin (aralash)
Cho'ziqlikbo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Qisqa kavjoy bilan
Bir yo'la (kamerali)
Cho'ziqlikbo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Birin-ketin (qisqa stolbalar bilan)
Cho'ziqlikbo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Bir yo'la birin-ketin (kamera stolbali)
Cho'ziqlikbo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Qiya tabaqalarga bo'lib
Uzun kavjoylar bilan
Birin-ketin (stolbali)
Cho'ziqlik bo'yicha Tushish bo'yicha Ko'tarilish bo'yicha Diagonal bo'yicha
Qisqa kavjoylar bilan
Birin-ketin
Cho'ziqlik bo'yicha
Gorizontal ko'ndalang qiya tabaqalarga bo'lib
Qisqa kavjoylar bilan
Birin-ketin
Cho'ziqlik bo'yicha
4.13. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratib qazib olish
Oalin qatlamlarni shift jinslarini to'la qulatish yoki qazilgan bo'shliqni to'ldirish asosida qazib olish mumkin. Biroq har ikkala usulda ham ma'lum qiyinchiliklar mavjud bo'lib, shift jinslarini qulatish asosida kon bosimi bosh- qariladigan bo'lsa, katta o'lchamdagi seliklar qoldirilishi tufayli ko'mir yo'qotilishi ko'payadi shuningdek, murakkab konstruksiyaga ega bo'lgan mustahkamlagichlardan foydala- nishga to'g'ri keladi. Bu esa, o'z navbatida kon qazish ishlari samaradorligiga salbiy ta'sir etadi. Kon ishlari qazilgan bo'shliqni butunlay to'ldirish asosida olib borilgan vaqtlarda uni to'ldirish uchun yer yuzidan to'ldiruvchi materiallarni shaxtaga tushirish va ularni bo'shliqqa joylashtirish kabi jarayonlarni bajarish lozim bo'ladi. Bu ham ko'mir qazish ishlari samaradorligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham konchilik amaliyotida qalin qatlamlar tabaqalarga ajratib qazib olinadi. Tabaqa ikki tomonidan (ustki va pastki tomonlaridan) taxminan, bir-biriga parallel tekisliklar bilan chegaralangan qatlamning bir qismidir. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratib qazishda qatlamli va maydonli usullardan foydalanish mumkin. Bunda kon-tayyor- lov lahimlari uch guruhga bo'linadi: gorizont yoki polga xizmat qiluvchi lahimlar; qavat yoki yarusga xizmat qiluvchi lahimlar; faqat tabaqaga xizmat qiluvchi lahimlar. Tabaqaga xizmat qiluvchi lahimlar faqat ko'mir qatlamlaridan o'tiladi. O'zbekiston konlaridan qazib olinadigan ko'mirning katta qismi qalin qatlamlarga to'g'ri keladi. Shu bois mamlakat ko'mir sanoatining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, asosan, qalin ko'mir qatlamlarini yerosti usulida tabaqalarga ajratib qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishni talab etadi. Qalin qatlamlarni qiya, ko'ndalang-qiya va gorizontal tabaqalarga bo'lish mumkin. Qiya tabaqalarga bo'lishda qatlam qalinligi bo'yicha zamini yoki shiftiga parallel bo'lgan tekisliklar orqali kesiladi (4.15-rasm). Agar qatlam murakkab tuzilishga ega bo'lib, unda qalinligi 0,5 m dan katta bo'lgan kon jinsi tabaqachalari mavjud bo'lsa, u holda ana shu tabaqachalar tabaqaning tabiiy chegarasi vazifasini o'taydi. Qatlam zamini va shifti oralig'iga ma'lum masofalarda gorizontal tekisliklar o'tkazish asosida qatlam gorizontal tabaqalarga ajratiladi (4.15-b rasm). Qatlamning ostki (yotish) yoniga nisbatan 30—40° burchak ostida ma'lum masofalarda bir-biriga parallel tekisliklar o'tkazish asosida qatlam ko'ndalang-qiya tabaqalarga ajratiladi (4.15-d rasm).