Jinslarning qattiqligi - bu ularni qazib olish jarayonidatashqi kuch ta'sirida buzilishga (maydalanishga) bo'lgan nisbiyqarshiligidir. Masalan, burg'ilash, portlatish va kon bosimita'sirida buzilishga ko'rsatadigan qarshiliklari.
Kon jinslarining qattiqlik darajasi professor M.M. Protodyakonov tomonidan tavsiya etilgan o'lchamsiz koef-fitsiyent orqali aniqlanadi va bu koeffitsiyent 1 dan 20 gachao'zgaradi.
Tirnovchanlik - bu kon jinslarini qazib olish va ularniyuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarining jinslargaishqalanish natijasida yemirilishiga ta'sir etish xususiyatidir.
Kon jinslari va foydali qazilmalar tirnovchanlik xususiyat-lariga ko'ra 5 kategoriyaga ajratiladi: a) tirnovchanlik xususiyatiyo'q jinslar (tuz, marganes rudalari, ko'mir); b) kam tirnay-digan jinslar (sulfid rudalari, qo'ng'ir temirtoshlar); d) o'rtachatirnovchan jinslar (kvars-sulfid rudalar va yertomir rudalar);
tirnovchan jinslar (kvarslangan rudalar va slaneslar);
yuqori tirnovchi jinslar (porfiritlar, dioritlar, granitlar).
Odatda, qattiqlik koeffitsiyenti yuqori bo'lgan jinslarning
tirnovchanlik darajasi ham yuqori bo'lishi konchilik amaliyo-tida o'z tasdig'ini topgan.
Kon jinslarining turg'unligi — kon qazish ishlari natijasidahosil bo'lgan bo'shliqlarda kon massivining buzilmasdan o'zmuvozanatini saqlab turish xususiyati.
Ruda va ko'mirning turg'unlik xususiyati kon qazish ishlaritexnologiyasi va qazish bo'shlig'ini saqlab turishda muhimahamiyatga egadir.
Foydali qazilma konlarini (ruda konlarini) yerosti usulidaqazib olishda kon jinslari massivi turg'unlik bo'yicha quyida-gicha tasniflanadi:
O'ta noturg'un massiv — qazish bo'shlig'ini mustah-kamlamasdan qazish ishlarini olib borish imkonini ber-maydi.
Noturg'un massiv — lahim yon tomonlarini kichikmiqdorda (4—10 m2) mustahkamlamasdan kon ishlarini olibborish imkonini beradi, biroq kon shiftini mustahkamlamasdankon ishlarini olib borish ishlariga imkon bermaydi.
Kam turg'un massiv — lahim yon tomonini mustah-kamlamay, shifti 10—30 m2 gacha ochilganda shiftning buzi-lishiga olib keladi.
O'rtacha turg'un massiv — lahim shift jinslari 150 m2gacha ochilganda uchta uzoq bo'lmagan vaqtda mustah-kamlamasdan kon ishlarini olib borishga imkon beradi.
Turg'un massiv — qazish bo'shlig'ida lahim yon tomon-lari va shifti 300—500 m2 ochilganda mustahkamlamasdan konishlarini olib borishga imkon beradi.
O'ta turg'un massiv — 800—1000 m2 va undan kattamassiv maydonlarni qazish natijasida ochilganda uzoq vaqtdavomida buzilmasdan turishini ta'minlaydigan massiv.
Ko'mir konlarini yerosti usulida qazib olishida kon massiv-larining tasnifi quyidagicha:
turg'un bo'lmagan massiv — bo'shliq mustahkamlanmasa,shift va lahim yonlaridagi jinslar ochilgan ondayoq buzilibketadi.
kam turg'un bo'lgan massiv — qazish bo'shlig'i 1 mmasofada ochilganda shift jinslari 2—3 soat davomida buzilmas-dan turishi mumkin.
o'rtacha turg'un massiv — qazish bo'shlig'i 2 metrgachaochilganda shift jinslari 24 soat davomida buzilmasdan turadi.
turg'un massiv — qazish bo'shlig'i 5—6 metr kenglikdaochilganda uzoq vaqt buzilmasdan turadi.
Darzdorlik — turli sabablarga ko'ra hosil bo'lgan va har xilo'lchamlardagi darzlar bo'lib, ular massivni alohida bloklargaajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo'ladi.
Bo'lakdorlik — kon jinslari massivdan ajratib olinganda,ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi.
Portlatish natijasida massivdan ajratib olingan ruda bo'lak-lari A: V: C = 1,5:1:0,7 nisbatiga ega bo'ladi, bunda A —bo'lak uzunligi, V — bo'lak eni va C — bo'lak balandligi.
Amaliyotda bo'lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o'l-chami katta bo'lgan bo'laklar mavjudligini foizlarda o'lcha-nadigan miqdor bilan tavsiflanadi. (O'lchami katta bo'laklar«nogabarit» deb ataladi va bunday bo'laklar yuklash mashinalariishchi organlari va rudani tushirish lahimlari o'lchamlaridankatta bo'ladi.