O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM YO’NALISHI 201– GURUH TALABASI Abduqodirov Fahriddinning
“Iqtisodiyot” FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI MAVZU: KREDIT VA UNING HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI.
Ilmiy rahbar: _____________________________
QO’QON – 2022 y
MUNDARIJA KIRISH…………..……………………………………………………………….3
1-BOB.KREDITNING MOHIYATI, VAZIFALARI, TUZILISHI VA ZARURLIGI...................................................................................................5
1.1 Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari……...………………....…….….5
1.2. Kredit tizimi uning tuzilishi, zarurligi va boshqa omillari…………....…….....9
2-BOB.KREDITNING SHAKLLARI VA TURLARI, TAVSIFI VA BOZOR SHAROITIDA KREDITNING AHAMIYATI...................................................16
2.1. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi……………………. ……….16
2.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati, kreditning afzallik va kamchiliklari…. ……………………………………………………………..……26
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Insoniyat turmish tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir.
Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi.
O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda. Bunday ahvolning yuzaga kelishiga sabab bo’lguvchi omillar qatoriga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
Ssudadan boshqa maqsadalarda foydalanish yoki aholining bank oldidagi qarzini o’z vaqtida qaytarmaslik kabi holatlarning tez-tez yuz berib turishi;
Bankning foiz siyosati, qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholashdagi kamchiliklar va hokazo. Mazkur yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillar ta’sirini pasaytirish chora-tadbirlari hamda kredit turlari va shakllarini rivojlantirish istiqbollarini o’z ichiga olgan;
Bundan maqsad, Respublikamiz tijorat banklari kredit siyosatining amaldagi holatini tahlil qilish va banklararo raqobatni rivojlantirish sharoitida kredit turlari va shakllarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berishdan iborat.