2003 yil 6 mart nizom I. Umumiy qoidalar



Download 61 Kb.
Sana16.01.2020
Hajmi61 Kb.
#34445
Bog'liq
Ota-ona qumitasi nizom

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ota-onalar

qo`mitasi to`g`risida

(2003 yil 6 mart)

NIZOM

I. Umumiy qoidalar.
1. Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida O`zbekiston Respublikasi “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “O`zbekiston Respublikasida Umumiy o`rta ta’lim to`g`risida”gi Nizom va umumiy o`rta ta’lim muas­sasasining Ustavi talablariga ko`ra umumiy o`rta ta’limning bajarilishi, o`quvchi­larning umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim stan­dartlari talablari darajasida bilim olishi, ularning ma’naviy-ahloqiy shakllanishlarida izchil­likning ta’minla­nishi hamda ta’lim muassasasi moddiy bazasini mustahkamlashda pedagogika jamoasiga ko`maklashuvchi, ota-onalar bilan muassasa o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni eng maqul asoslarda muvofiqlashtirib boruvchi jamoat tashkiloti sifatida umumiy o`rta ta’lim muassasasi ota-ona qo`mitasi (keyingi o`rinlarda «Qo`mita» deb yuritiladi) faoliyat ko`rsatib, uning tarkibi ota-ona­larning umumiy majlisi tomonidan har yili sentyabr oyi boshida bir yil muddatga saylanadi. Bu tartib ta’lim muassasasidagi har bir sinfda tashkil etiladigan sinf ota-onalar qo`mitasiga ham taalluqlidir.

2. Sinf ota-onalar qo`mitasi ham har bir sinfda ota-onalarning umumiy yig`ilishida qo`mita raisi va 2-4 a’zodan iborat tarkibda saylanadi.

3. Qo`mita tarkibiga mahalla fuqarolar yig`ini faollari, uchastka militsiya noziri, mahallada obro`-e’tiborga ega bo`lgan ota-onalar vakillari saylanadilar, shuningdek, muassasadagi har bir sinf ota-onalar qo`mitasining raisi ham uning a’zosi hisoblanadi

4. Qo`mita bilan hamkorlikni tashkil etishni maktab direktori, sinflarda sinf rahbari amalga oshiradi.


II. Qo`mita faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik.
1. Qo`mita raisi muassasaning umumiy ota-onalar yig`ilishida mahallada hamda ota-onalar jamoasi o`rtasida obro`-e’tiborga va yetarli hayotiy tajribaga ega bo`lgan ota-onalar orasidan bir yil muddatga saylanadi. Ota-onalar qo`mita raisi muassasa pedagogika kengashi hamda muassasada faoliyat yuritayotgan vasiy­lik kengashining a’zosi hisoblanadi.

2. O`quvchilar soni 400 nafardan ko`p bo`lgan umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ota-onalar qo`mitasi ish rejasida belgilangan joriy vazifalarni amalga oshirish maqsadida tarkibi rais, uning o`rinbosari, kotib va a’zolari (5-7 kishi) dan iborat bo`lgan prezidium saylanadi. Shu sababli uning yig`ilishlar o`tkazish vaqti chegaralanmaydi. Prezi­diumga ota-onalar qo`mitasining raisi raislik qiladi. Prezidium raisining o`rinbosari, kotibi va a’zolari ota-onalar qo`mitasining yig`ilishida saylanadilar.

3. Qo`mita yillik yoki yarim yillik ish rejasi asosida faoliyat olib boradi. Qo`mita tarkibiga kirgan a’zolar o`rtasida vazifalar belgilanib, ular quyidagi sho`ba (sek­siya)larga bo`linadi:

- sinf ota-onalar qo`mitalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- umumiy o`rta majburiy ta’limning bajarilishini nazorat qilish;

- o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish ishlariga ko`maklashish;

- ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlar;

- ommaviy-madaniy va sport tadbirlari, hashar, uchrashuvlar, turli kechalar o`tkazish;

- ta’lim muassasasining moddiy bazasini yaxshilashga ko`maklashish;

- muassasada o`quvchilar ovqatlanishini tashkil etish;

- yetim, boquvchisini yo`qotgan bolalar, tarbiyasi og`ir bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlash;

- muassasaning davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish;

- internat tipidagi muassasalarda esa tarbiyalanuvchilar uchun maishiy sharoitlar yaratilishini nazorat qilish.

4. Har bir sho`ba a’zolari o`zlarining birinchi yig`ilishida ochiq ovoz berish yo`li bilan bir yil muddatga sho`ba rahbarini saylaydilar. Sho`‘ba rahbari muassasa ota-onalar qo`mitalari hamda uning prezidiumi oldida rejaga asosan yoki talab etilganda hisobot beradi.

5. Qo`mita o`z yig`ilishini ikki oyda bir marta o`tkazadi, maktab rahbariyati bilan kelishilgan holda muhim masalalarni muhokama qilish uchun har yarim yilda(sinf ota-onalarining umumiy yig`ilishi agar zaruriyat bo`lmasa har chorak yakunida) bir marta umumiy ota-onalarining yig`ilishini o`tkazadi. Qo`mita tarkibidagi o`zgarishlar, ish rejasiga kiritilgan qo`shimchalar qo`mita a’zolarining umumiy yig`ilishida tasdiqlanadi.

6. Ta’lim muassasasi ota-onalar qo`mitasi, uning prezidiumi va sinf ota-onalar qo`mitasi o`z yig`ilishlarida a’zolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina qaror qabul qilishi mumkin va bu qarorlarning ijrosi boshqa a’zolar uchun ham majburiydir.

7. Muassasaning umumiy ota-onalar yig`ilishida maktab direktorining, sinf ota-onalar yig`ilishida sinf rahbarining ishtirok etishi shart. Ayrim masalalarda ota-onalar qo`mitasi bilan maktab direktori o`rtasida bahs va kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, uni tuman, shahar xalq ta’limi bo`limlari hal etib beradilar.

8. Qayta saylov o`tkazilishi ko`zda tutilgan ota-onalarining umumiy yig`ilishida qo`mita raisi qo`mitaning bir yillik ish faoliyati natijalari yuzasidan hisobot beradi. Sinfda shunday yillik hisobot sinf ota-onalar qo`mitasi raisi tomonidan beriladi.

9. Ota-onalar qo`mitasi, uning prezidiumi va sinf ota-onalar qo`mitalarining har bir yig`ilishi hamda majlisida bayonnoma va qarorlar yozilib, maktabning ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.

10. Ta’limni boshqarish bo`yicha vakolatli davlat organlari muassasa faoliyatini nazorat qilish vaqtida ota-onalar qo`mitasining faoliyati bilan ham tanishadilar va unga ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar beradilar.


III. Qo`mita yoki qo`mita prezidiumining vazifalari.
1. Qo`mita yoki qo`mita prezidiumi ta’lim muassasasidagi barcha sinf ota-onalar qo`mitalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, har chorak yakunida ularning va qo`mita sho‘balarining hisobotlarini eshitadi.

2. Ta’lim muassasasi «Vasiylik kengashi» faoliyatiga yordam beradi.

3. Muassasada u yoki bu fanni chuqurlashtirilgan dastur asosida o`rgatish masalasida, o`quv rejalarining bajari­lishi, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’limning tashkil etilishiga to`siq bo`layotgan masalalarni hal etishda muassasa rahbariyatiga takliflar beradi.

4. 1-sinf o`quvchilarini maktab hayotiga ko`niktirish, o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik Tashxis markazlari xulosalarini turmushga tatbiq etishga ko`maklashadi, ushbu masalalarda ota-onalarga mutaxassislar tomonidan maslahatlar berilishini tashkil etadi.

5. Muassasada va oilalarda o`quvchilarning imtihonlarga, yakuniy attestatsiyalarga tayyorlanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazoratga oladi, bu ishlarni to`g`ri tashkil etishda maktab va ota-onalarga ko`maklashadi.

6. O`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasasi hamda sinf kutubxonasi fondini boyitib borishga yordam beradi.

7. Ta’lim va ishlab chiqarishning pullik xizmatlari ko`rsatilishini yo`lga qo`yish, byudjetdan tashqari mablag`lar ishlab topishda muassasa ma’muriyati va jamoasiga ko`maklashadi, sinf ota-onalar qo`mitasi, o`qituvchilar kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda byudjetdan tashqari topilgan mablag`larning ishlatilishini nazorat qiladi.

8. Oilaviy ta’limni yo`lga qo`yish ustidan nazorat yuritishda, o`quvchilarning huquq va imtiyozlarini himoya qilishda hamda muassasadagi mehr-muruvat ishlarini tashkil qilishda yordam beradi.

9. O`quvchilar sog`ligini mustahkamlashga g`amxo`rlik qiladi, ta’lim muassasasida sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilinishi, o`quvchilar ovqatlanishini tashkil etilishini tashkil etilishini nazorat qiladi.

10. Ta’lim muassasasini yangi o`quv yiliga tayyorlashga har tomonlama yordam beradi.

11. Pedagogika jamoasining yosh ota-onalarga bola tarbiyasida yordam ko`rsatishi, bola ta’lim-tarbiyasi muammolari yuzasidan ular uchun ma’ruza va suhbatlarni tashkil etishda ko`maklashadi.

12. O`quvchilarni turli zararli odatlardan muhofaza etish, ular o`rtasida qonunbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida sinf rahbarlari, muassasa psixologi va ma’muriyati bilan hamkorlikda profilaktik ishlar olib boradi.

13. O`quvchilar davomatini ta’minlashda maktab ma’muriyati va o`qituvchilar bilan hamkorlik qiladi.

14. Zarur hollarda muassasada va mikrorayonda ota-onalarning navbatchiligini tashkil etadi.


IV. Ota-onalar qo`mitasi, uning a’zolarining huquq va burchlari.
1. Ta’lim muassasasi ota-onalar qo`mitasi raisi Pedagogika kengashining a’zosi sifatida kengash kun tartibiga qo`yilgan masalalarni muhokama etishda ota-onalar nomidan o`z taklif va mulohazalarini bayon eta oladi.

2. Ta’lim muassasasi direktori yoki pedagogika kengashiga muassasani boshqarishni takomillashtirish, o`quv-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, moddiy bazasini mustahkamlash va boshqa masalalar bo`yicha o`z taklif-mulohazalarini og`zaki yoki yozma tartibda bayon etadi.

3. Fan o`qituvchilari, sinf rahbarlari roziligi va muassasa ma’muriyati bilan kelishgan holda ular o`tayotgan darslar, to`garak mashg`ulotlari, sinf soatlari va tarbiyaviy soatlarni kuzatadi.

4. Ta’lim muassasasi moddiy bazasini mustahkamlash, ta’mirlash ishlariga yordam berish bo`yicha ota-onalar majlisini chaqiradi. Har qanday tadbir uchun ota-onalardan mablag` yig`ish ularning har birining roziligi bilangina amalga oshiriladi va bu haqida ota-onalar qo`mitasining qarori chiqarilishi shart.

5. Qo`mitaning ta’lim muassasasining moddiy bazasini yaxshilashga ko`maklashish sho`‘basi barcha shakldagi homiylik hamda muruvat yordamlari - pul mablag`lari, turli jihozlar, anjomlar va boshqalarning, shuningdek, ta’lim xizmatlari ko`rsatish, ishlab chiqarishni tashkil etish orqali topilgan mablag`larning tegishli tartibda muassasaga kirim qili­nishi, sarflanishini nazorat qiladi. Shu bilan birga, qo`mita raisi muassasa direktoridan muassasa hisobiga tushgan byudjetdan tashqari mablag`larning miqdori, ularning qay maqsadlarda ishlatilgani haqida ota-onalar qo`mitasi yig`ilishida hisobot berishini talab qilishga haqli.

6. Yetim, ota-onasiz qarovsiz qolgan bolalar hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalariga hukumat qaror­lari bilan beriladigan bepul darsliklar, o`quv anjomlari, issiq kiyim-boshni topshirish maqsadida muassasada va har bir sinfda tuzilgan komissiya tarkibiga ta’lim muassasasi hamda sinf ota-onalar qo`mitasining a’zolari kiritiladi.

7. Fanlarni bo`sh o`zlashtirayotgan hamda tarbiyasi og`ir o`quvchilarning shunday ko`rsatkich berayotganiga sabab bo`layotgan asosiy omillarni hamda o`qituvchilarning bunday bolalar bilan qo`shimcha ishlashi va ularga e’tiborini o`rganadi;

Ahvolni yaxshilash yuzasidan choralar ko`rilishini muassasa ma’muriyatidan, ota-onalardan talab qiladi. Zarur hollarda muassasa ma’muriyati bilan mahalla, ta’imni boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari, hokimi­yatlar qoshidagi «Voyaga yetmaganlarishlari bo`yicha komissiya»larga murojaat va takliflar bilan chiqadi.

8. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash uchun muassasada shart-sharoitlar yaratilishini kuzatib boradi, zarur hollarda ixtisoslashtirilgan sinflar, to`garaklar tashkil etilishini, muassasa va sinflardagi kutubxona fondini boyitish, iste’dodli va iqtidorli o`quvchilarni rag`batlan­tirish uchun zarur choralar ko`rilishini ma’muriyatdan talab qiladi va bu ishlarni tashkil etishda vakolati doirasida yordam beradi.

9. Muassasa ma’muriyati ota-onalar qo`mitasi yoki uning prezidiumi samarali ishlashi uchun, muassasa sharoitidan kelib chiqqan holda, alohida xona ajratib berishi mumkin.

10. Ota-onalar qo`mitasi raisi, uning a’zolari yoki prezidium a’zolari jamoatchilik tartibida faoliyat yuritadi. Qo`mitaning eng faol a’zolari muassasaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan moddiy va ma’naviy rag`batlantirilib turishi mumkin.

«Ta’lim taraqqiyoti» jurnali 2003 y. 2-3-son.



Dehqonobod tumanidagi __-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida tashkil qilingan «Ota-onalar qo`mitasi»ning tarkibi.





F.I.O.

Lavozimi

Telefon

Manzili







qo`mitasi raisi













qo`mitasi raisi o`rinbosari













qo`mitasi kotibi













qo`mitasi a’zosi













qo`mitasi a’zosi













qo`mitasi a’zosi













qo`mitasi a’zosi






(Bundan tashqari har bir sinf ota-onalar qo`mitasi raislari maktab ota-onalar qo`mitasiga a’zo bo`ladilar )







«T A S D I Q L A Y M A N»

___-sonli umumiy o`rta ta’lim maktab direktori: _______ _____________

___ avgust 20__ yil



Dehqonobod tumanidagi __-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida

tashkil qilingan «Ota-onalar qo`mitasi»ning yillik
I S H R E J A S I



Bajariladigan masalalar.

Muddati

Mas’ullar

1

A) “Maktab ota-onalar qo`mitasi” raisini saylash.

B) O`quvchilarni ijara darsliklar bilan ta’minlanish darajasi.

V) O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishni nazorat qilish.

G) O`quvchilarning kiyinish madaniyati to`g`risida.









2

A) 1-Chorak natijalari tahlili.

B) O`quvchilarning kuzgi ta’til davrini maroqli tashkil qilish choralari.

V) O`quvchilarni gazeta va jurnallarga obuna qilish ishlari ahvoli to`g`risida.








3

A) 2-Chorak natijalari.

B) Qishki ta’til tadbirlari to`g`risida.

V) Voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish tadbirlari to`g`risida.








4

A) 3-Chorakda qilinadigan vazifalar

B) O`quvchilarning kasb-hunarga moyilliklari xususida.

V) O`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash vazifalari .








5

A) Yil yakuni hisoboti.

B) Yozgi dam olish va sog`lomlashtirish ishlari to`g`risida.










Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari

bo`yicha direktor o`rinbosari :

________



____________________

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish