1. Asosiy аdаbiyotlаr:
Aminоv M., Madvaliyеv A., Mahkamоv N., Mahmudоv N. Odilov Y., Davlat tilida Ish yuritish. T. “O‘zbеkistоn nashriyoti”, 2020.
Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. T., Sharq” 2004.
Rizayеv S. Ish qоg‘оzlarining ayrim namunalari. T., "Mеhnat" 1990.
Аminоv M., Mаdvаliyеv А., Mаhkаmоv N., Mаhmudоv N. Ish yuritish.
-T.: "Qоmus", 1990.
Аbdurаhmоnоv Х., Rаfiyеv А., Shоdmоnqulоvа D. O‘zbеk tilining аmаliy grаmmаtikаsi. -T.:, "O‘qituvchi", 1992.
Kаrimоvа V.M., Sunnаtоvа R.I., Tоjibоyеvа R. Mustаqil fikrlаsh. –T.: 2000.
Qilichеv E. O‘zbеk tilining аmаliy stilistikasi. -T.:, "O‘qituvchi", 1992.
Qo‘ng‘urоv R., Bеgmаtоv E., Tоjiyеv Yo. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. -T.:, "O‘qituvchi", 1992.
2. Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:
Bеgmаtоv E. vа b. O‘zbеk nutqi mаdаniyati оchеrklаri. –T.:, "Fаn", 1988.
Bеkmirzаyеv N. Nоtiqlik аsоslаri. –T.:, 2008
Mаhmudоv N. O‘qituvchining nutq mаdаniyati –T.:, "O‘qituvchi", 2009.
Sаidоv U.. Nоtiqlik sаn’аti –T.:, 2007.
Sаlimоv G. Tаrjimа nаzаriyasi аsоslаri. –T.:, "O‘qituvchi", 1983.
Internet saytlari:
1. www.Zivonet.uz
2. www.nuaf.intal.uz
3. www.zivouz.com
4. www.ref.uz
5. http:/www.gov.uz/ AlisherNavoiynomidagi TDO‘TAU sayti.
6. ht1p:/www.pedagog.uz/ Pedagogikamuassasalariportali.
7. www.tdpu.uz
8. www.pedagog.uz
9. www.nutq.intal.uz
I 0.http-//www.multimedia.uz
I I www.tilvaadabivot.uz e-mail: til adabivot@umail.uz
I 2. www.lex.uz
T E S T L A R
Hujjatlar tayyorlanish xususiyatiga ko‘ra qanday bo‘ladi?
qoralama, asl nusxa, nusxa, ikkinchi nusxa, ko‘chirma
asl nusxa, ikkinchi nusxa
qoralama, asl nusxa, nusxa, ko‘chirma
qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa
E) hujjatlar asl nusxada bo‘lib, zarurat tug‘ilganda nusxa olinadi
Hujjat matnlarida nimalar bayon etiladi?
yozilish sabablari ko‘rsatiladi, taklif va xulosalar beriladi
rasmiy munosabatlarni ifodalaydi
axborot, voqea-hodisalar badiiy vositalar orqali bayon etiladi
A va B
A, B, C
Qaysi javobda hujjatga aloqador bo‘lmagan qismlar keltirilgan?
hujjat muallifi, matn, kelishuv yoki rozilik belgilari
hujjatning nomi, ilova mavjudligi haqidagi qayd
sarlavha, tasdiqlovchi imzo, muhr
tasdiqlash ustxati, shartli raqam (indeks), sana
hujjat matnini izohlashga ko‘mak beruvchi grafik shakllar va rasmlar
Hujjatga aloqador bo‘lmagan hukmni aniqlang.
shaxsning hayoti davomidagi faoliyatini qayd etib boruvchi yozma vosita
rasmiy munosabatlarni ifodalovshi va qayd etuvchi rasmiy vosita
axborot tashuvchi vosita
xabar beruvchi yoki buyuruvshi yozma vosita
barcha hukm to‘g‘ri
Ish qog‘ozlari qanday yoziladi?
qisqa, ravon, aniq va mantiqli bayon etiladi
hujjatning nomi yoki sarlavha to‘lig‘icha bosh harflar bilan yoziladi
matn I shaxs yoki III shaxs tilidan yoziladi
rahbar nomidan yoki ayrim shaxs tomonidan yoziladi
Barcha javoblar to‘g‘ri
Tarixiy hujjatlar berilgan qatorni toping.
kafolat xati, bayonnoma, tuzilma
yo‘riqnoma, nizom, da’vo xati
farmoyish, ko‘rsatma, bildirishnoma
tilxat, farmon, bitim, patta
qarznoma, buyruq, da’vo arizasi
Iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjat nima?
ariza
ma’lumotnoma
ishonchnoma
bildirishnoma
dalolatnoma
8. Jamiyatning barcha a’zolari yozishi mumkin bo‘lgan hujjat turlarini belgilang.
ma’lumotnoma, ariza, e’lon
tushuntirish xati, tilxat, hisobot
ishonchnoma, tilxat, ariza
bildirishnoma, e’lon, tavsiyanoma
tarjimayi hol, e’lon, shartnoma
Qaysi hujjat turi kun tartibi, qaror kabi qismlardan iborat?
dalolatnoma
bayonnoma
e’lon
farmoyish
hisobot
O‘z nomidan ish ko‘rish uchun yoziladigan vakolatli hujjat nima deb yuritiladi?
bildirishnoma
shartnoma
dalolatnoma
ishonchnoma
kafolat xati
Tavsifnoma nima?
o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatini bayon qiladigan hujjat
ma’muriyat yoki shaxs tomonidan beriladigan, shaxsning xususiyatlari qayd etiladigan rasmiy hujjat
shaxsning mehnat va ijtimoiy faolyati o‘ziga xos xislat va fazilatni aks ettiruvchi hujjat
muassasa tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beruvshi rasmiy hujjat
turli mukofotlarga taqdim etish maqsadida yoziladigan hujjat
Rasmiy xat turlari berilgan qatorni belgilang.
kafolat xati, tushuntirish xati
ilova xat, tabrik xati
farmoyish xat, tilxat
iltimos xat, eslatma xat
E) tushuntirish xati, tilxat
Ko‘chirma olinadigan hujjat turini belgilang.
buyruq, bayonnoma
tilxat, ishonchnoma
farmoyish, dalolatnoma
tavsufnoma, tavsiyanoma
E) bildirishnoma, hisobot
Muassasaning asosiy va kundalik vazifalarini hal etish maqsadida qo‘llaniladigan hujjat...
farmoyish deyiladi
hisobat deyiladi
buyruq deyiladi
bayonnoma deyiladi
turli rasmiy xatlar hisoblanadi
Biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat nima deyiladi?
ishonchnoma
bildirishnoma
tilxat
tushuntirish xati
tasdiq xati
Buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar xizmat mavqeyiga ko‘ra qanday hujjatlar hisoblanadi?
tashkiliy hujjatlar
farmoyish hujjatlar
ma’lumotsimon-axborot hujjatlar
shaxsiy hujjatlar
xizmat yozishmalari
Qanday hujjat turi kotib tomonidan rasmiylashtiriladi?
ma’lumotnoma
dalolatnoma
shartnoma
tavsifnoma
bayonnoma
Tarjimayi holga qo‘yiladigan qaysi talablar noto‘g‘ri?
hikoya uslubida bo‘lib, I shaxs tilidan yoziladi
ma’lumotlar xronologiya asosida, aniq sanalar bilan beriladi
u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li va faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak
hujjat matni muallif tomonidan erkin tuziladi
barcha talablar to‘g‘ri.
Bosma ish qog‘oziga yoziladigan hujjatlar berilgan qatorni aniqlang.
ishonchnoma, farmoyish
ma’lumotnoma, shartnoma
dalolatnoma, buyruq
bayonnoma, xizmat yozishmalari
tarjimayi hol, tavsifnoma
Mansabdor shaxsning talabi bilan yoziladigan hujjat nima?
buyruq
ariza
bayonnoma
tushintirish xati
talabnoma
Biron-bir tadbir haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot nima?
ma’lumotnoma
e’lon
bildirishnoma
farmoyish
E) kun tartibi
Qaysi hujjat turlari yozilish shakliga ko‘ra o‘xshash?
buyruq, bayonnoma, farmoyish
B) dalolatnoma, da’vo arizasi, shartnoma
C) tavsifnoma, tavsiyanoma
D) ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma
tilxat, ishonchnoma, ma’lumotnoma
Qaysi holatlarda bildirishnoma yoziladi?
A) talab qilingan voqea-hodisalar haqida axborot berishda;
B) voqea-hodisalar haqida xabardor qilish, ayrim masalalarga xulosa va takliflar berishda;
C) voqea, hodisalar yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashda;
D) sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar isbotlab tushuntirilganda;
E) rejalashtirilgan topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot berilganda.
24. Qaysi ish hujjatida asosan alohida nashr hisoblanadigan o’quv qo’llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo’ljallab yozilgani o’z ifodasini topadi.?
A) Ariza B) Annotatsiya C) Bayonnoma D) Taqriz
25. Ma’lumotnoma necha xil bo’ladi:
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
26. “Nutq madaniyati va Davlat tilida ish yuritish” darsligining mualliflari qaysi javobda to’g’ri ko'rsatilgan?
A) S.A.Karimov, Sh.M.Maxmatmurodov, O.N.Karimova B ) N.Maxmudov, A.Rafiyev, I.Yo’ldoshev
C) M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Maxkamov, N.Maxmudov D) Abduroziq Rafiyev, Nazira G’ulomova
27.Hujjatlar blankalarining yuqorida bo’sh joylari kamida qancha kattalikda bo’ladi?
A) 20 mm B) 10mm C) 8mm D) 12mm
28.Tavsifiy matn qaysi uslubga xos bo’ladi?
A) Ilmiy uslub B) Badiiy uslub C) Rasmiy uslub D) Ommabop uslub
29. Blanka so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) oq, toza qog’oz B) ish qog’ozi C) muhr D) A,B.C
30. Hujjatlardagi zaruriy qismlar nima deb yuritiladi?
A) blanka B) sarlavha C) rekvizitlar D) Ava B
31. Quyidagi qaysi hujjat bir necha kishi tomonidan tuziladi?
A) Dalolatnoma B) Ma’lumotnoma C) Tushuntirish xati D) Ariza
32. Qaysi ish hujjati rejalashtirilgan ishlarning qanday amalga oshirilganligi to’g’risida taqdimot tarzida tuziladi?
A) Dalolatnoma B) Buyruq C) Hisobot D) Bayonnoma
33. Hujjatlarning mazmuniga ko’ra turlarini belgilang.
A) Sodda hujjatlar B) Murakkab hujjatlar C) A va B javoblar to’g’ri D) to’g’ri javob berilmagan
34. A4 bichimidagi qog’ozlarning kattaligi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) 210x297 mm B) 148x210 mm C) to’g’ri javob yo’q D) barcha javoblar to’g’ri
35. Hujjatlar tilida qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llanadi?
A) fe’l B) son C) ot D) olmosh
36. Quyidagi qoliplashgan tuzilmalar qaysi ish hujjatida qo’llanadi:
“… so’m maosh bilan …lavozimiga tayinlansin” , “ … o’z hohishiga ko’ra …lavozimidan ozod qilinsin”
A) Buyruq B) Bayonnoma C) Ma’lumotnoma D) Bayonnoma
37. Mehnat bitimi deb ataluvchi hujjatning yana bir nomi nima?
A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Shartnoma
38.Qaysi ish hujjatlarida ko’pchilikning fikri ifoda etilgani tufayli unda berildi, tuzildi, eshitildi, qaror qilindi singari so’z va jumlalar o’tgan zamonda, majhul nisbatda beriladi?
A) Buyruq, farmoyish B) bayonnoma, ma’lumotnoma, dalolatnoma C) ariza, tilxat, tushuntirish xati D) A va B javoblar to’g’ri
39.Fikrni so’z orqali ifodalash qobiliyati, mahorat, amaldagi so’zlashuv jarayonidagi tilga nima deyiladi?
A) Atama B) Madaniyat C) Nutq D) ma’naviyat
40. Mehnat daftarchasi atamasi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat
B) Bo’lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat
C) Ma’lum bir shaxs tomonidan o’z hayoti va faoliyyatini aks ettirib yoziladigan bayonnoma hujjat
D) Asosan alohida nashr hisoblanadigan o’quv qo’llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo’ljallab yozilganini bildirgan hujjat
41. Farmoyish nima?
A) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat
B) Davlat boshqarish organi rahbarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat asosiy va kundalik vazifalarni hal qiluvchi hujjat
C) Muassasa ma’muriyati bo’limlari rahbarlari tomonidan amaliy yoziladigan hujjat
D) Bo’lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat
42. Ariza nima?
A) Tashkilot korxona yoki muassasa rahbari nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat
B) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat
C) Fuqaro shaxsini bildiruvchi va uhaqda muhim ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat
D) Bo’lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujja
43. Ma’lum bir shaxs tomonidan o’z hayoti va faoliyyatini aks ettirib yoziladigan bayonnoma hujjatining nomi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) Buyruq B) Bayonnoma C) Tarjimai hol D) Tushuntirish xati
44.Qaysi hujjat asosida jamoaning faoliyati olib boriladi va nazorat qilinadi?
A) Annotatsiya B) Ariza C) Bayonnoma D) Buyruq
45. Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjatga nima deyiladi
A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Ma’lumotnoma
46. Bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo bo’lishga tavsiya etiladigan rasmiy hujjatga nima deyiladi?
A) Hisobot B) Taqriz C) Ariza D) Tavsiyanoma
47. Qaysi ish hujjati asosan moliya-xo’jalik ishlarini hisobga olish, taftish o’tkazish, baxtsiz hodisalarni baholash, turli tekshiruvlar o’tkazilganda tuziladi.
A) Dalolatnoma B) Buyruq C) Hisobot D) Ma’lumotnoma
48. Hujjat matinida qaysi tinish belgilari nisbatan faol ishlatiladi?
A) vergul B) nuqtali vergulC) ikki nuqta, qavs, tire D) Barcha javoblar to’g’ri
49. Hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) vergul B) nuqtali vergulC) ikki nuqta, qavs, tire D) Hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
50. Hujjatlarning tegishlilik jihatiga ko’ra tularini belgilang.
A) xizmat hujjarlari B) shaxsiy hujjatlar C) A va B javoblar to’g’ri D) To’g’ri javob berilmagan
51. Biror bir tantana tadbirga taklif qilish uchun qo’llanuvchi yozma axborotga nima deyiladi?
A) Tavsifnoma B) Tavsiyanoma C) Taklifnoma D) Taqriz
52.Hujjatlarning qaysi qismi tashkilot nomidan so’ng katta harflar bilan yoziladi?
A) Matn sarlavhasi B) Nazorat haqida qayd C) Tashkilotning manzil ma’lumotlari D) B va C
53. Pul, hujjat, qimmatbaho yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjatga nima deyladi?
A) Tushuntirish xati B) Tilxat C) Ma’lumotnoma D) Ariza
54.Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o’ziga xos hislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatga nima deyiladi?
A) Tavsiyanoma B) Tarjimai hol C) Tavsifnoma D) Taqriz
55. Bir kishi bilan ikkinchi kishi, bir tashkilot bilan ikkinchi tashkilot yoki odamlar o’rtasidagi muayyan bir vazifani amalga oshirish maqsadida tuzilgan huquqiy hujjat…
A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Shartnoma
56. Eski hujjatlar, yozma va boshqa yodgorliklarni saqlash, tartibga solish va tasdiqlash bilan shug’ullanadigan maxsus muassasa yoki muassasaning eski hujjatlar tamomlangan ishlar shakllanadigan bo’limga nima deyiladi?
A) Adresant B) Stat C) Arxiv D) Qiroatxona
57. Taqriz nima?
A) Badiiy yoki ilmiy asarlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarab beriladigan bahoning yozma bayoni
B) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat
C) Biror bir tantana tadbirga taklif qilish uchun qo’llanuvchi yozma axborot
D) Pul, hujjat, qimmatbaho yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat
58.Qaysi hujjat insonlar o’rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo’lib, uning yuzaga kelivshi yozuv va masofa bilan bog’liqdir.
A) Tilxat B) E’lon C) Ma’lumotnoma D) Xat
59.Ko’pchilik yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada bo’ladigan biror tadbir haqida xabardor qilish uchun qo’lllanuvchi yozma axborot nima deyiladi ?
A) Tilxat B) E’lon C) qoida D) Ma’lumotnoma
60. Ariza, tarjimai hol kabi ish qog’ozlari qaysi uslubda yoziladi?
A) Ilmiy uslub B) Badiiy uslub C) Rasmiy uslub D) Ommabop uslub
61. Ilmiy uslubga xos xususiyatlarni belgilang.
A) Aniqlik B) Obyektivlik C) Qisqalik D) Barcha javoblar to’g’ri
62. Monologik nutq turlarini belgilang.
A) ichki nutq B) tashqi nutq C) ochiq nutq D) ichki va tashqi nutq
63. Gazeta , jurnal maqolalarining uslubi ko’proq qaysi uslubga tegishli bo’ladi?
A) Ilmiy uslub B) Badiiy uslub C) Rasmiy uslub D) Ommabop uslub
Do'stlaringiz bilan baham: |