20 to‘rayev dilshodjon ermonqul o‘G‘LI



Download 362,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana22.06.2022
Hajmi362,75 Kb.
#692130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Oraliq nazorat ishi To\'rayev D.E.

 
 
3. Narx
– bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o’zining 
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal 
qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot 
turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, 
aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab 
chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta 
ta’sir ko’rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish 
tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon 
etiladi. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish 
xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O’zbekistondagi o’ziga xos jihatlari 
ham ko’rib chiqiladi. 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, lekin doimo bir-birini taqozo 
etadigan, birisiz ikkinchisi bo’lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir 
naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki 
xususiyat birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir. 
Oldingi o’rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud 
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni 
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni 
ifoda etishini aytib o’tgan edik. 
Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning
ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymat (naflilik) 
qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga olmaslik 
natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda 
va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki 
past bo’lishiga), uning o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani 
to’g’ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod 
maktabi vakillari g’oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning 
asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo’ lsa, marjinalizm yo’nalishidagi va hozirgi 


davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida,
huningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv 
qo’llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan 
miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga 
alohida e’tibor beriladi. 
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi 
deyishadi. Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga 
harakat qiladilar. Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» 
darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning 
mohiyati, mazmuni va ularning narxni to’g’ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin 
narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi. Alohida tovarlarga 
qilingan mehnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi 
sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan 
olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat 
sarflari yoki qiymatning aynan o’zi deb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mehnat 
sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori 
bo’lishi mumkin. Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror 
tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi 
mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir 
ko’rsatadi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, 
nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari 
o’zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham 
hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, 
balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni 
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) 
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu 
mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, 

Download 362,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish