20-mavzu. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish masalalari


Tayanch iboralar: valyuta, valyuta munosabatlari, joriy valyuta operatsiyalari, valyuta tizimi, valyuta tizimi elementlari, erkin konvertatsiY



Download 72,71 Kb.
bet2/6
Sana22.01.2022
Hajmi72,71 Kb.
#399325
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-MAVZU. XALQARO VALYutA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISh MASALALARI

Tayanch iboralar: valyuta, valyuta munosabatlari, joriy valyuta operatsiyalari, valyuta tizimi, valyuta tizimi elementlari, erkin konvertatsiY.
20.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.

Xalqaro valyuta munosabatlari-bu valyutalarning davlatlararo harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to’lov vositasi vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 % dan ortiq) xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo’lgan etakchi valyutalar orqali amalga oshiriladi. Bu maqomni Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) beradi. Hozirgacha 5 ta valyuta rezerv maqomga ega.

XVF valyutaga Xalqaro rezerv maqomni berish uchun 4 ta omilni hisobga oladi:

1. Bu valyuta XVF da emitent davlat katta rezerv pozitsiyasiga ega bo’lishi kerak.

2. Bu valyuta xalqaro bozorlarda kotirovka(oldi-sotdi) qilinishi kerak.

3. Dunyo mamlakatlarining xorijiy valyutalardagi zahiralarining bir qismi mana shu valyutada shakillantirilishi kerak.

4. XVF bu valyutada kreditlar berishi kerak.

Xalqaro valyuta munosabatlarining asosi bo’lib quydagilar hisoblanadi:

1. Eksport-import operatsiyalarining mavjudligi.

2. Investitsiyalarning davlatlararo oqimining mavjudligi. To’g’ridan to’g’ri investitsiyalar- bunda xorijiy investitsiyalar yangi ob’ektlarni qurish yoki texnikalarni sotib olish uchun jalb qilinadi. Portfelli investitsiyalar-bunda xorijiy investitsiyalar qimmatli qog’ozlarni sotish yo’li bilan jalb qilinadi.

3. Xalqaro kreditlarning mavjudligi.

4. Davlatlararo pul o’tkazmalarining mavjudligi.

5. Davlatlararo siyosiy va madaniy aloqalarning mavjudligi.

Milliy valyuta tizimi bu mamlakatda valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Milliy valyuta tizimi quydagi elementlardan tashkil topgan:

1. Milly valyuta nomi (USD, UZS, eURO)

2. Milly valyuta almashuv kursining rejimi. Amalyotda 3 xil kurs rejimi mavjud: 1) erkin suzish rejimi-bunda milly valyutaning kursi xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklifga qarab erkin shakillanadi. Markaziy Bank milly valyuta kursining ma’lum darajada tebranishi uchun javob bermaydi. 2) Qat’iy belgilangan kurs rejimi-bunda milly valyuta kursi xorijiy valyutaga yoki valyuta savatiga nisbatan ma’lum nisbatlarda belgilab qoyiladi. Markaziy Bank ana shu kursni ushlab turishi uchun javobgar hisoblanadi. 3) Boshqariladigan suzish rejimi-bu mamlakatlar valyuta qonunchiligida erkin suzish rejimi yozilgan bo’ladi lekin Markaziy Bank milliy valyuta kursiga ta’sir qilish uchun tez-tez valyuta intervensiyasini o’tkazadi. Valyuta intervensiyasi-bu milly valyuta kursining kutilmaganda yuzaga keladigan tebranishlariga barham berish uchun Markaziy Bank tomonidan xorijiy valyutaning sotilishi yoki sotib olinishi.

3. Mamlakat valyutaviy cheklashlarining mavjudligi yoki yo’qligi. O’zbekiston 08.10.2003 da XVF nizomining 8-moddasi boyicha majburiyatlarni qabul qildi. Shu tariqa joriy valyuta operatsiyalari boyicha cheklovlar bekor qilindi. Lekin O’zbekiston kapitallar va kreditlarning harakati boyicha valyutaviy cheklovlar mavjud.

4. Milly valyuta kursi

5. Milly valyuta pariteti. Bu milliy valyuta qiymating xorijiy valyuta qiymatiga nisbatidir. Valyuta pariteti milly va xorijiy valyutaning harid qobilyatini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.

6. Mamlakatning xalqaro valyutaviy to’lovga qobilligi. 1) Agar mamlakat 3 oylik importni to’lashga etadigan oltin zahiralariga ega bo’lsa u xalqaro valyutaviy to’lovga qobil hisoblanadi. 2) oltin zahiralari + xorijiy valyutadagi zahiralar / 1yillik tovar importi X 100%. Agar bu 50% va undan yuqori bo’lsa mamlakat xalqaro valyutaviy to’lovga qobil bo’ladi.

7. Milly valyuta bozorining mavjudligi.

8. Milliy oltin bozorining rejimi.

9. Mamlakat xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.

10. Valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat organlari. O’zbekistonda Markaziy Bank Valyutani tartibga soluchi organ hisoblanadi. 4ta valyutani nazorat qiluvchi organ mavjud:

1. Markaziy Bank

2. Moliya Vazirligi

3. Davlat Bojhona Qo’mitasi

4. Davlat Soliq Q’omitsi

Davlatlararo valyuta munosabatlarini XVF tartibga soladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad xalqaro valyuta tizimida uzluksiz faoliyat ko’rsatishni ta’minlash orqali xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishiga ko’maklashish hisoblanadi.

Valyuta munosabatlarining ba’zi bir elementlari qadimiy Rimda veksellar asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir mamlakat savdogariga almashtirib berish zaminida vujudga kelgan. Valyuta munosabatlarining rivojlanishining keyingi bosqichi qadimiy Lionda va boshqa G’arbiy evropa mamlakatlarida o’tkaziladigan tratta operatsiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xo’jalik tizimining rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining asosidir. Valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir bo’lagi hisoblanib, uning holati milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, siyosiy ahvolga, mamlakatning iqtisodiy potentsialiga, uning jahondagi o’rniga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.



Valyuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga muvofiq valyuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakllarini o’z ichiga oladi. Valyuta tizimining quyidagi turlari mavjud. Bular – milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlaridir.

Sanoati rivojlangan davlatlar iqtisodiyotlari o’rtasidagi integratsiyaning chuqurlashuvi sharoitida valyuta tizimi jahon xo’jalik aloqalarida muhim va mustaqil o’rin tuta boshlayapti. Valyuta tizimi mamlakatning iqtisodiy holatiga bevosita ta’sir etadi (ya’ni ishlab chiqarish omillari, sur’atlariga, narxga, ish haqiga va boshqalarga).

Milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlari tushunchalari birbiridan farqlanadi.


Download 72,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish