3. Foydaning turlari. Foydani maksimallashtirish. Firma daromadlari - Foydaning ikki ko‘rinishi bor: normal foyda, u harajatlar tarkibida bo‘lgan va tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan haqdan iborat; iqtisodiy foyda bo‘lib, u harajatlarga kirmaydi. U normal foydadan ortiqcha bo‘lib, mazmuni sof foydadir. Agar firmaning umumiy daromadidan harajatlar chegirib tashlansa, qolgan qismi iqtisodiy (sof) foydani tashkil etadi.
- Foydani maksimallashtirish — uning ham normasini, ham massasini oshirishdir. Ammo firma uchun foyda muhimroq, chunki u firma faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Foyda normasi jamiki foydaning uni topish uchun qilingan umumiy harajatlarga bo‘lgan va foizlarda ifodalangan nisbatidir.
- Firma daromadi deganda, uning pul tuShumlarini anglash kerak. Daromad foydadan ko‘p bo‘ladi. Firma daromadi uchga bo‘linadi: Foyda firma faoliyatining moliyaviy natijasi hisoblanadi. Firma normal (me’yoriy) foyda olishga intiladi. Me’yoriy foyda me’yoriy daromad bilan eng yuqori chiqimlar o‘rtasidagi tafovutdir. Ma’lumki, firma doimo foyda olishga va uning miqdorini oshiriyu borishga harakat qiladi. Foydani harajatlarni ko‘paytirmasdan oshirish mumkin emas. Bunday o‘zgarish daromadning kamayish qonunida ifodalanadi. Foydaning harajatlarga bo‘lgan nisbati firma samarasini belgilaydi. Bu ko‘rsatkich rentabellik deb ataladi. Firma rentabelligi olingan foydani qilingan sarflar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. U foizda ifodalanadi: foyda R= -------------- 100 %. tannarx
4. Umumiy daromad. O‘rtacha daromad. Me’yoriy daromad. Imkoniy narxni belgilovchi holatlar - Umumiy daromad — (UD) — barcha xizmatlarni sotishdan tushgan pul. Uning miqdori sotilgan xizmatlar soniga (Q) va ularning bozor narxiga bog‘liq (N). Bunda, UD=Q·N. O‘rtacha daromad (O‘D)— xizmat birligini sotishdan tushgan pul. Uni topish uchun umumiy daromad sotilgan xizmat miqdoriga bo‘linadi: O‘D= UD·Q Me’yoriy daromad (MD) — qo‘shimcha ravishda sotilgan xizmatlardan olinadigan qo‘shimcha pul, (KP), uni aniqlash uchun qo‘shimcha pulni sotilgan qo‘shimcha xizmatlar miqdoriga bo‘lish kerak: MD=KP:Q. Bu ko‘rsatkich qo‘shimcha xizmatlarni yaratish va buning natijasida umumiy daromad oshishini ko‘rsatadi. Agar umumiy daromad harajatlarga teng bo‘lsa, natija nolga teng, ya’ni foyda ko‘rilmaydi. Narxni asosini aniqlashda ishlab chiqarish harajatlari, haridorlarning fikri, raqiblarning narxlari hisobga olinadi. Narxni belgilash eng oddiy usuli bu sarf-harajatlar asosida turmahsulot tannarxiga mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazish yo‘lida harajatlar, soliqlar va foyda me’yorini tavsiflaydigan ma’lum ustamalarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlash.
- Umuman narxni belgilovchi to‘rt asosiy omilni ajratish mumkin:
- 1. Harajatlar tarkibi (narx firma harajatlaridan ustun bo‘lishi kerak);
- 2. Narxlar raqibligi;
- 3. Haridorlar Shu narxda sotib olishga tayyor bo‘lgani (talab egiluvchanligi);
- 4. Turistik tashkilotlarning maqsadlari: foydani maksimallashtirish; sarmoyalar uchun mablag‘lar qaytib kelishini saqlash; yashab qolish (turizm industriyasining mavsumiy tafsiloti va raqobatning yuqori darajasi); sotish hajmini ko‘paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |