Uzatish vositasi bo'yicha tasniflashda reklama xabarlarni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar bo'yicha tasniflanadi. Marketing tizimida reklama tarqatishning turli xil kanallaridan foydalaniladi. Har qanday ma'lum holatda firma o'zi uchun qulay bo'lgan axborotlarni ma'lum bir iste'molchigacha etkazadigan uslubni tanlaydi. Marketing bo'yicha mutaxassis S. Madjaro reklama tarqatishning quyidagi kanallarini ajratib ko'rsatadi.