20-mavzu. Multitasking va ko’p oqimli (potokli) tizimlar. VLIW, SMT 2 soat
Top of Form
Mutitasking (ing – ko’pmasalalilik) operatsion tizimning (yoki masalani bajaruvchi muhitning) bir nechta masalalarni parallel (yoki psevdoparallel) bajara olish xususiyatidir. Opertasion tizimning ko’pmasalalilik xususiyati asosan tarmoqlangan hisoblash tizimlarida ko’zga tashlanadi. Multitasking ning 2 xil turi mavjud:
jarayonli multitasking – bir vaqtda bajariladigan jarayonlarga asoslangan bo’lib, bunda bajariladigan dastur eng kichik element sifatida qaraladi. Ko’p tarqalgan hisoblanadi (masalan audio tinglab o’tirgan xolda matn yozish va shu kabilarda namoyon bo’ladi)
potokli multitasking – potokka asoslangan bo’lib, bunda potok eng kichik element sifatida qaraladi. Bitta dastur 2 ta va undan ortiq jarayonni bajarishi mumkin
Ko’p potoklilik multitaskingning maxsus formasidir.
Multitasking ning xususiyatlari. Oddiy ko’pmasalali muhitlar resurslarni bo’lishib olish yo’nalishida ishlaydi, har bir masala (yoki jarayon) uchun alohida xotira qismi ajratiladi va masala aniq taqsimlangan vaqt intervallarida ishga tushiriladi. Boshqa multitasking tizimlarida resurslar taqsimotini dinamik amalga oshiradi, bunda masala xotirada ishlanishi boshlanadi va tizim strategiyasiga va ustunlik darajasiga qarab xotirani tark etishi ham mumkin. Bunday multitasking tizim quyidagi xususiyatlari bilan ko’zga tashlanadi:
1) Har bir masala o’zining ustunlik darajasiga ega, shunga mos ravishda protsessor vaqti va xotirani egallaydi
2) Tizim masalalar tartibini shunday tashkil qiladiki, barcha masalalar o’zlarining ustunlik darajasiga va tizimning strategiyasiga ko’ra resurslardan foydalana oladi
3) Tizim masalalarni faollashtirish, passivlashtirish, o’chirishni ta’minlovchi uzilishlar ishini tashkil qiladi.
4) Ajratilgan kvant vaqtida tizim yadrosi boshqa masalalarga resurslarni taqsimlash maqsadida masalani bajarilish holatidan tayyorlik holatiga o’tkazadi. Xotira kamlik qilgan holat sodir bo’lsa, bajarilmayotgan masalalar sahifalari diskka chiqarilib turishi mumkin (svopping), keyinchalik, tizim belgilagan vaqtdandan keyin xotiraga qayta tiklanadi
5) Tizim masalaning adres muhitini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
6) Tizim o’zining yadrosini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
7) Tizim har bir alohida masalani (jarayonni) ishdan chiqishini va “osilib” qolganligini biladi va ularni to’xtatadi
8) Tizim bir nechta masala (jarayon) bir vaqtda bir joyga murojaat qilib, ularning umumiy “osilib” qolishini oldini olish uchun resurslar va qurilmalarga kirishni tartiblaydi
9) Tizimda har bir masala qachondir albatta faollashuvi ta’minlanadi
10) Tizim real vaqt so’rovlarini qayta ishlaydi
11) Tizim jarayonlar orasida aloqani ta’minlaydi