Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997-y.) O'z davrining bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy bo‘lgan.
Bu olim haqida saqlanib qolgan maMumotlar juda oz. Olimning to'liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Oiyot shaharlarida o‘tgan. Bu shaharlarda u voyaga yctgan, yashagan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib bo‘lib xizmat qilgan davrida cho qqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O'z xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko'pgina allomalar bilan hamsuhbat bo'lgan. Ayni vaqtda ilrnga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997-yilda vafot etgan.
Olimning dunyoqarashi o‘sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Isxoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta’siri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, arab tilida bitilgan, yagona ma’lum asari - «Mafotih al-ulum» («llmlar kalitlari») dir. «Mafotih al-ulum»ning qo'lyozma nusxalari ko‘p emas. Uning to‘rt nusxasi bor deb hisoblanadi. Ana shu to‘rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida hamda Berlin kutubxonasida saqlanadi.
«Mafotih al-ulum» o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo'li orqali tushuntirib beradi.
Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan, bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta’kidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi o‘z ifodasini topgan. Al-Xorazmiyning «Mafotih al- ulum» asari o'rta asr madaniyati va ma’naviyatini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Abu Abdulloh Rudakiy (860-941). Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy taxminan hijriy 243 (860)-yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog'ida, dehqon oilasida tug'ilgan.
Rudakiy yoshligidanoq she’riyatga ixlos qo‘ydi, o‘z zamonasining mashhur cholg'uchisi Abul Abbos Baxtiyor qo'lida musiqadan ma’lumot oldi. Dastlabki ma’lumotni o‘z qishlog’ida olgan Rudakiy o'qish uchun Samarqandga bordi. U erda bilim olib, tez orada adabiyot va san’at sohasida ham dong chiqarishga muvaffaq bo'ldi.
Buxoro hukmdori Nasr II (914-943) davrida Rudakiyning shoirlik shuhrati Buxoro va umuman Sharqqa keng tarqaldi. Rudakiy asarlariga e’tibor berilsa, uning astronomiya va qadimgi yunon falsafasini ham yaxshi tushunganligini ko'rish mumkin.
Somoniylar davlatining ko'zga ko‘ringan davlat arbobi, Nasr II ibn Ahmadning yaqin do'sti AbufazI Ba’lamiy Rudakiy haqida «U faqat mashhur shoir bo’libgina qolmay, balki o‘z davrining yetuk olimi ham odi», dcya baho bergan edi.
Nasr II Rudakiyni o‘z saroyiga taklif etgandan so‘ng, hayotining ko‘p qismi Buxoroda o'tdi. Uning ko'zi ojiz bo'lgan. Manbalarda uning onadan ko‘r tug'ilganligi haqida mulohazalar mavjud. Ba’zi olimlarning fikricha, u saroydan quvilishi oldidan ko'ziga mil tortilib ko‘r qilingan. Rudakiy qarigan chog'ida quvg'inga uchragan, o‘z qishlog'iga qaytib faqirlikda umr kechirgan. U 941-yilda olamdan ko‘z yumdi va o‘z vatanida dafn etilgan.
Rudakiyning adabiy merosidan bizgacha mingta bayt yetib kelgan (2 qasida, 50 ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar). XII asr shoiri Rashid Samarqandiyning ta’kidlashicha, bironta shoir Rudakiy singari ko‘p asar yozgan cmas. Ba’zi olimlarning fikricha, Rudakiy bir million uch yuz ming misra she’r yozgan. Muhammad Avfiyning xabar berishicha, Rudakiy yuzta to'plam (daftar) yozgan.
Rudakiyning qasidalaridan «Modari man», «Dar vasfi Buxoro» va «Shikoyat az piri» («Qarilikdan shikoyat») bizgacha etib kelgan. Rudakiyning ijodida X asming ijtimoiy hayoti о z aksini topgan. Uning hamma asarlarida xalqning orzu-umidlari, manfaatlari ifoda qilingan.
Buyuk mutafakkir kishilar o'rtasidagi do’stlik va o'zaro hamkorlik kishilik jamiyati uchun muhirn ahamiyatga ega ekanligini bir necha bor ta’kidlab o'tgan. Uning fikricha, haqiqiy do'stlik uchun kishilarni, hatto turli dinda bo'lishlari ham xalaqit bera olmaydi. Uning quyidagi satrlari diqqatga sazovordir: “Jahonning shodligi yig'ilsa butun, do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun”.
Do'stlaringiz bilan baham: |