20-Ma’ruza
Suv chiqarish qurilm jihozlari va boshqarish apparatlar.
Reja:
Turg’un mashinalarning asosiy va yordamchi mexanizmlari elektr jihozlari
Suv chiqarish qurilmalari elektr jihozlari va ularga qo’yiladigan talablar
Yer osti kon korxonalarida tegishli texgologik jarayonni bajarish, foydali qazilmalarni yer ostidan yuqoriga ko’tarish turli material va jixozlarni yer ostiga tushirish, ishchi va xizmatchilarni ko’tarish yoki tushirish, yer osti laximlarni shamollatish, ish joyiga toza xavo yetqazib berish, yer ostidan suvni yuqoriga xaydash sikilgan xavo enertiyasidan foydalanish kabi ishlarni amalga oshirish uchun ko’tarish mashinalari, ventilyator, nasoslar. kompressorlar va boshka turdagi mashinalar qullanadi.
Bu mashinalarda kuchlanish kiymati tok turi ishlatish joyi, bajaradigan ishi va kurinishlari bilan bir biridan fark kiladigan turli elektr uskunalar - yurgizish elektr yuritgichlar, yordamchi mexanizmlarning yuritgichlari, boshqarish, ximoyalash va xabarlash jixozlari, xar turli ulchash va nazoratlovchi apparatlar qo’llaniladi.
Karyerlarda yigilgan suvlarni, suv pasaytiruvchi kuduklarga o’rnatilgan ATN, suvga botib turuvchi, markazdan kochirma AP, APV, PMNL kabi nasoslar yordamida Karyerlardan tashkariga olib chikiladi. Bu nasoslarda 380V kuchlanishga va 7 dan 180 kVt gacha kuvvatga ega bo’lgan vertikal tarzda o’rnatiladigai asinxron elektr yuritgichlar bilan jixozlangan.
Yuritgichlarni boshqarish uchun, magnitli ishga tushirgichlar yoki maxsus magnit stansiyalardan foydalaniladi. Nasoslarni masofadan yoki avtomatik usulda boshqarish mumkin. Bu bilan birga telexabarlash va teleboshqarish kurilmalar ko’llanilishi mumkin.
7.1. rasmda suvga botib ishlaydigan, kuvvati 45 kVt nasosni avtomatik boshqarish sxemasi keltirilgan.
7.1 rasm. Quduq ichiga o’rnatilgan nasosni boshqarish sxemasi
Nasosni manbaga ulash avtomat uzgich QS yordamida bajariladi va bu xolat, ko’k chirok N1 yonishi bilan xabarlanadi.
Agar yigilayotgan suvning satxi pastki elektr datchik EDP ga yakinlashsa KZ rele ulanadi va uning K4 cho’lg’am zanjirdagi ochiq kontakti K31 yopiladi. Suv satxi yanada kotarilib datchik EDYu ga yetsa, K4 rele ulanib va uzining K4.1 kontakti bilan vakt relesi K2 ni ulaydi. K2 esa, K.2.1 kontakti bilan ishga tushirgichning galtagi K ni manbaga ulaydi. Kontaktor KV uzgichking QF bosh kontaktlarini ulaydi va nasosni ishga tushiradi. SHu payt kuchlaiish relesi K1 ishga tushadi. KV esa, yopik kontakti KV2 bilan vakt relesi K2ni uzadi. Ishga tushirgichning KV chulgami, manbaga K.1.1 va KV kontaktlar orkali ulanib koladi. Nasosning ishga tushirilgani tugrisidagi xabar KV4 kontakt orkali yongan kizil chirok N2 bilan beriladi.
Agar suvning satxi pasayib, EDP datchigidan pastda bo’lsa, nasos avtomatik ravishda o’chadi, chunki ishga tushirgich zanjiridagi KZ.1 kontakt ochiladi. Nasos qaytadan ishga tushishi uchun, suv EDYu gacha ko’tarilishi kerak. Agar tarmokdagi kuchlanish pasayib, tarmokning nominal kuchlanishiniig 50-60% tashkil kilsa, minmal kuchlanish relesi K1 uzining K1.1 kontakti bilan nasosni uzadi.
Yuritgichni ishga tushirish SB1 va uzish SV2 knopkalari bilan xam bajarilishl mumkin.
Karyerlarda uchraydigan gidromexanizatsiya qurilmalariga - nasos stantsiyalar, zemlesoslar, gidromonitorlar va suzib yuruvchi zemlesos snaryadlar kiradi. SHu sababli, barcha elektr yuritgichlar yopiq turda yahni suv yoki nam utkazmaydigan qobiqli bulishi kerak. Ko’pincha, bu mashinalarda q.t.r. asikxron yuritgichlar ishlatiladi. Katta quvvatli qurilmalarda yuqori kuchlanishli yuritgichlarni qo’llash taklif kilinadi. Bu kurilmalarda yordamchi mexanizmlar (lebedka, zadvijka va b.k.) ham juda ko’p. Ularning barchasi q.t.r. asinxron yuritgichlar bilai jixozlangan.
Xozirgi kunda gidromexanizatsiya kurilmalarni masofadan boshqarish yoki dasturli boshqarish kuzda tutilmokda.
Suv chikarish kurilmasi elektr uskunalariga asosan nasosning bosh elektr yuritgichi ishga tushirish va ximoyalash jixozlari kiradi.
Bosh elektr yuritgich sifatida katta va kichik kuchlanishli k.t.r. asinxron mashinalar kullanadi.
Bu mashinalar shaxta tubiga urnatilgani uchun, ular maxsus kurinishga ega, yaoni shaxtalar uchun muljallangan buladi. Odatda suv chikarish nasoslari uziga xos yuritgich bilan jixozlangan (biriktirilgan) kurinishda ishlab chikariladi.
Nasoslar uchun kullanadigan yuritgichning kuvvatini qo’yidagi ifoda bilan aniklash mumkin,
, kVt
bu yerda: - kuvvat extiyoji koeffitsienti ( 1,1-1,3);
– suv ko’tarish qiymati, m3/s;
– suv ko’tarish balandligi,m;
-suvning solishtirma og’irligi, nm3
ηn -nasosning f.i.k.;
ηyu - yuritgichning f.i.k.
Agarda yuritgichning kuvvati 200 kVt dan kam bulsa, u xolda kichik kuchlanishli (1000 V dan kam) AO, VAO, 4A, VR seriyadagi asinxron yuritgichlar, 200 kVt dan kup bulsa, katta kuchlanishli (6 kV) A, AK, A3, AKZ, AP, VAO va "Ukraina" seriyasidagi asinxron yuritgichlar kabul kilinadi.
Nasoslarning ishga tushirish va ximoyalash uchun PVI seriyasidagi magnitli ishga tushirgichlar yoki komplekt tarkatish kurilmalar (RVD6, AV6400, KRUV) ishlatiladi. Undan tashkari, maxsus avtomatik boshqarish apparatlari xam keng kullanadi. Xozirgi kunda kichik kuchlanishli nasos kurilmalar uchun AVN-1 m va 16 dona kichik va katta kuchlanishli nasos kurilmalarni boshqarish uchun UAV va VAV turidagi avtomatik uskunalar ishlab chikariladi va kon korxonalarida qo’llaniladi.
SHamollatish kurilmasi elektr uskunalarga - ventilyatorning bosh elektr yuritgichi, yordamchi mexanizmlarning yuritgichlari, boshqarish uskunalari. (panellar), ximoya, nazorat, xabarlovchi va puxtalovchi elektr jixozlar kiradi.
Kompressorlarda kullanadigan asosiy yuritrichlar 250-600 aylG`min. aylanish tezligiga, 320-6300 kVt. kuvvatga, 6 kV kuchlanishga ega, bulib, ularga SDK, SDKP yuritgichlar misol bula oladi.
Kompressorlarni ishga tushirish uchun kontaktorlar, magnitli ishga tushirgichlar, 1000 V dan katta KTK lar boshqarish va nazoratlovchi jixozlar qo’llaniladi. Bu yuritgichlarni masofadan, masofadan-avtomatik va tula avtomatik boshqarish mumkin. Zavodlar kompressorlarni kerakli elektr uskunalar va avtomatik kurilmalar bilan jixozlangan komplekt kurinishda ishlab chikaradi. Bu komplektga - boshqarish bloki, ishga tushirish kurilmalari, boshkariluvchi ventillar, relelar, manometrlar, xaroratni nazoratlovchi apparat, dispetcher uchun boshqarish va nazorat puloti va yordamchi mexanizmlarning boshkaruvchi boshqarish stansiyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |