5-ilova.
Polivinilxlorid vinilxloridni polimerlash natijasida hosil bo'ladi. Vinilxlorid quyidagi usullar bilan olinadi:
a) asetilenga turli katalizatorlar ishtirokida vodorod xlorid biriktirilsa vinilxlorid hosil bo'ladi. Reaksiyani gaz yoki suyuq fazada olib borish mumkin. Buning uchun oldin katalizatorlarni xlorid kislotada eritib, eritmadan asetilen o'tkaziladi. Katalizator sifatida mis monoxlorid va ammoniy xlorid yoki simob, mis va qalay xloridlar aralashmalari ishlatiladi. Reaksiya 65-1000С haroratda olib boriladi:
b) simmetrik dixloretanni turli katalizatorlar ishtirokida degidroxlorlansa ham vinilxlorid hosil bo'ladi. Reaksiya 800-10000C trofida alyuminiy oksid, kaolin, pemza kabi moddalar katalizatorligida olib boriladi. Agar katalizator sifatida faollangan ko'mir olinsa, dixloretan 250-3500С da degidroxlorlanadi:
Polimerlash uchun ishlatiladigan vinilxloridga boshqa gazlar aralashmagan bo'lishi va u azot atmosferasida saqlanishi kerak. Vinilxlorid oddiy sharoitda rangsiz, xushbo'y hidli gaz bo'lib, -140С da suyuqlikka aylanadi va -1150С da qotadi. Vinilxlorid yorug'lik, ultrabinafsha nur ta'sirida qizdirilganda, katalizatorlar va inisiatorlar ishtirokida oson polimerlanib polivinilxloridga aylanadi.
Sanoatda vinilxlorid emulsiyada turli inisiatorlar ishtirokida polimerlanadi. Inisiatorlar sifatida turli peroksidlar, ozon va kislorod ishlatiladi. Buning uchun monomerni metanol, dioksan, benzol, Atseton kabi suyuqliklarda eritib, reaktorga solinadi. Olingan suyuqlikda monomer yaxshi erishi, polivinilxlorid esa erimasligi shapt. So'ngra eritmaga benzoil peroksid qo'shib, aralashma 10-600С da isitiladi. Natijada vinilxlorid polimerlanib, kukun holidagi polimer reaktor tubiga cho'kadi.
Vinilxloridni emulsion polimerlash ayniqsa katta ahamiyatga ega. Chunki bunda monomer tezda polimerlanib, molekulyar og'irligi katta polimer hosil bo'ladi. Bundan tashqari, bu usulda olingan polivinilxlorid lateks holida bo'lib, uni shu holida qayta ishlash mumkin. Emulsion polimerlash ham 40-500C a turli peroksidlar ishtirokida olib boriladi, bunda emulgator sifatida sovunlar ishlatiladi. Polivinilxlorid oq yoki sarg'ish qattiq polimer bo'lib, kristallana olmaydi. U alanga ta'sirida suyuqlanmaydi va yonmaydi, balki parchalanadi. Polivinilxlorid oddiy sharoitda organik erituvchilarda erimaydi. Faqat 800С dan yuqori haroratda benzol, xlorbenzol, ba'zi ketonlar va efirlarda eriydi. Oddiy haroratda u konsentrlangan sulfat kislota, suyultirilgan nitrat kislota va 20 foizli ishqor eritmalari ta'siriga yaxshi bardosh beradi, lekin quyosh nuri va Issiqlik ta'siriga chidamli emas.
Polivinilxlorid yaxshi dielektrik xossalarga ega. Shuning uchun u turli elektr asboblari yasashda, elektr simlari va kabellarning ustini qoplashda ishlatiladi. Polivinilxlorid turli agressiv moddalarta'siriga chidamli bo'lgani uchun texnikada, asosan, har xil trubalar yasash, reaktorlarning ichki tomonini qoplashda ishlatiladi. Polivinilxloriddan turli laklar va kimyoviy tolalar ham olinadi. Qurilishda ishlatiladigan linoleum ham polivinilxlorid asosida olinadi. Bulardan tashqari, vinilxloridning ko'pgina soplimerlari ham sanoat ahamiyatiga ega.
6-ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |