2-rejaning bayoni:
Poliamid, poliuretan va polimochevina
Bu polimerlar molekulalarining zanjirlari fazoda joylashishi jihatdan poliuglevodorodlarga o'xshaydi, lekin asosiy zanjirida amid gruppa bog'lari tufayli, bu gruppadagi yuqorimolekulyar birikmalar o'ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida aytib o'tilganidek, poliamidlar tarkibidagi amid guruhning vodorod atomlari qo'shni molekuladagi karbonil guruhlar bilan ta'sirlanib, vodorod bog'lari hosil qiladi. Shuning uchun poliefirlardagi kabi, poliamidlarning ham barcha xossalari elementar zvenodagi uglerod atomlarining juft yoki toqligiga, amid va karbonil guruhlar miqdoriga chambarchas bog'liqdir. Lekin makromolekula tarkibidagi amid guruhlar murakkab efir guruhlariga nisbatan qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi, ya'ni barcha poliamidlar elementar zvenosining tarkibidan qat'iy nazar, polietilenga nisbatan mo'rtroq bo'ladi va yuqoriroq haroratda suyuqlanadi.
Poliuretan va polimochevinalar ham xossalari va tarkibidagi qutblangan guruhlarining miqdori jihatidan poliamidlarga o'xshaydi. Ammo poliuretan elementar zvenosidagi oddiy efir bog'lari (-О-CH2-O- va -О-С-NH-) xuddi poliefirlardagi kabi, qo'shni uglerod atomlarining o'z o'qi atrofida harakatlanishiga qulaylik tug'diradi. Natijada makromolekulaning qayishoqligi ortib, polimerning amorflanish va shishalanish harorati, mo'rtligi, mustahkamligi hamda boshqa xossalari susayib ketadi. Shuning uchun elementar zvenosida teng miqdorda uglerod atomlari bo'lgan poliuretanlar amorflanish haroratlari jihatidan poliamidlardan pastda va poliefirlardan yuqorida turadi.
Poliuretanlarning xossalari ham elementar zvenosidagi uglerod atomlarining juft yoki toqligiga qarab turlicha bo'ladi. Bu polimerlar makromolekulalarida o'zaro ta'sirlanuvchi qutblangan guruhlar miqdorini kamaytirib, polimerning xossalarini xoxlagancha o'zgartish mumkin. Buning uchun amid gruppadagi vodorod atomlarini qutblanmagan turli radikallarga almashtirish kifoya. Natijada poliamidning amorflanish va shishalanish haroratlari keskin pasayib ketadi. Masalan, agar poliundekanamidning azot atomiga bog'langan vodorod atomlari metil gruppaga almashtirilsa, uning amorflanish harorati 1820С dan 600 С gacha kamayadi. Poligeksametilen-adipinamidning azot atomi yonidagi vodorod atomlarining yarmi metil guruhiga almashtirilsa, polimerning amorflanish harorati 1000С ga pasayadi.
Umuman, amid guruhidagi vodorod atomlarini sekin-asta alkil radikallarga almashtirish bilan shishasimon, kristall polimerlarni kauchuksimon va hatto yelimsimon yopishqoq holatga keltirish mumkin.
Azot atomiga bog'langan vodorod atomlarining metil gruppaga almashishi natijasida bir tomondan, qutblangan atomlar yo'qolib, makromolekulalararo vodorod bog'lari kamaysa, ikkinchidan, polimerning zichligi ham kamayadi, chunki metil guruhlar makromolekulalarning bir-biriga yaqin joylashishiga imkon bermaydi. Bu ikkala faktor ham polimerning shishalanish va amorflanish harorati, mustahkamligi, elastiklik moduli hamda boshqa xossalarini yomonlashtiradi va polimer elastik hamda oquvchan bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |