20.3. G‘ilofli issiqlik almashinish qurilmasi
G‘ilofli issiqlik almashgichlar.
Bunday uskunalarda (reaktorlarda) isitish
yoki sovitish boshqa jarayonlar bilan (masalan, kimyoviy) birgalikda olib boriladi.
10.12-rasmda qo‘sh devorli yoki g‘ilofli uskunaning sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda
issiqlik almashinish yuzasi vazifasini reaktorning devori bajaradi. G‘ilof (2) qobiq
(1) ga flaneslar (4) yordamida biriktirilgan. Uskuna
devorining tashqi yuzasi va
g‘ilof oralig‘idagi bo‘shliqda issiqlik tashuvchi agent (masalan, suv bug‘i)
sirkulatsiya qiladi. Uskunaning ichida esa issiqlikni qabul qiluvchi agent (suyuqlik)
bor. Bu turdagi uskunalarning yuzasi chegaralangan (10 m
2
gacha) bo‘lib, g‘ilofdagi
ortiqcha bosim 1 MPa dan ortmasligi kerak.
Devordan suyuqlik muhitiga issiqlik berishni jadallashtirish uchun idishning
ichiga mexanik aralashtirgich joylashtiriladi. Ayrim paytlarda qurilma ichidagi
suyuqlik bug‘ yoki siqilgan gaz bilan ham aralashtirilishi mumkin.
18.3-rasm.
G‘ilofli issiqlik almashgich(a) va g‘ilofni uskunaga birik-tirish usullari
(b–flanes yordamida; d–payvandlash yo‘li bilan):
1–idishlarning qobiqlari; 2–isitiuvchi g‘iloflar; 3–halqalar; 4–flaneslar.
Oqimlar: I–sovuq suyuqlik; II–issiq suyuqlik; III–bug‘; IV–kondensat;
V–havo.
20.4. ARALASHTIRUVCHI ISSIQLIК ALMASHGICHLAR
Bunday issiqlik almashish uskunalari yuqori samarali
texnologik uskunalar
qatoriga kiradi. Issiqlik tashuvchi agentlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakti asosida
issiqlik almashinish yuz beradi, bunda uskuna devorining
termik qarshiligi
bo‘lmaydi. Shu sababdan aralashtiruvchi uskunalarda issiqlik almashinish
jarayonlari jadal sur’atlar bilan boradi. Ushbu issiqlik almashgichlardan issiqlik
tashuvchi agentlarni o‘zaro aralashtirish mumkin yoki
texnologik shart-sharoit
bo‘yicha issiqlik tashuvchi muhitlarni aralashtirish zarur bo‘lgan holatlarda
foydalaniladi.
Кo‘pincha aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar suv bug‘ini kondensatsiya
qilish, suv va gazlarni (odatda havoni) isitish va sovitish uchun ishlatiladi. Bunday
uskunalar tuzilishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: barbotajli, tokchali, nasadkali,
ichi bo‘sh (suyuqlikni sochib beradigan).
Bug‘ yoki gazning suyuq holatga o‘tish jarayoni kondensatsiya deyiladi. Neft
va gazni qayta ishlash sanoatida kondensatsiya jarayoni keng tarqalgan.
Кondensatsiya jarayoni olib boriladigan uskunalar kondensatorlar deyiladi.
Sovituvchi agent vazifasini ko‘pincha suv, ayrim hollarda havo va boshqa
sovuq
tashuvchi agentlar bajaradi. Кondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo‘ladi. Yuzali
konden-satorlarda kondensatsiyalanayotgan bug‘ va sovituvchi suv o‘zaro issiqlik
o‘tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo‘ladi. Aralashtiruvchi kondensatorlarda esa
b
d
I
II
III
IV
V
bug‘ suv bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi.
Bug‘ va suvning o‘zaro harakatiga ko‘ra aralashtiruvchi kondensatorlar
qarama-qarshi va to‘g‘ri yo‘nalishli bo‘ladi. 10.16-rasmda to‘g‘ri yo‘nalishli
aralashtiruvchi kondensator ko‘rsatilgan. Кondensator qobig‘i (1) ga qopqoq (2)
dagi patrubka (3) orqali kondensatsiyalanish lozim bo‘lgan bug‘ kiritiladi.
Sovituvchi suv soplo (4) orqali sochib beriladi. Isitilgan suv kondensat va havo bilan
birgalikda patrubka (5) orqali nam-havo nasosi (6) yordamida tashqariga chiqariladi.
18.4-rasmda
qarama-qarshi
yo‘nalishli
barometrik
kondensator
ko‘rsatilgan. Qobiqda 5–7 ta tokchalar bo‘lib, ularda bug‘ va suv o‘zaro bevosita
kontaktga o‘chraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin bo‘lib,
tokchalar chekkasidagi to‘siqlar yordamida ushlab turiladi.
Tokchalarning yuzasi
yaxlit yoki g‘alvirsimon bo‘ladi. Кo‘pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug‘ pastki
tokchaning tagiga beriladi va yuqoriga qarab harakat qiladi. Bug‘ tokchalar orasida
suv bilan aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. Tokchalar o‘rtasida
masofa pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, chunki bug‘ning miqdori ham
yuqoriga ko‘tarilgan sari kamayadi. Кondensatorga bug‘
va sovituvchi suv bilan
birmuncha havo ham kirishi mumkin.
18.4-rasm
. To‘g‘ri yo‘nalishli aralashtiruvchi kondensator:
1–kondensator qobig‘i; 2–qopqoq; 3–bug‘ning kirishi uchun patrubka;
4–sochib beruvchi soplo; 5–suv, kondensat va havoni chiqarish
uchun patrubka; 6–nasos.