100.
Suvga cho'kganda birinchi yordam:
CHO’KKAN ODAMGA SHOSHILINCH YORDAM KO’RSATISH
SUVNI CHIQARIB TASHLASH
Avvalo, o’pkadagi suvni chiqarib tashlash kerak. Buning uchun cho’kkan
odamni tizza ustidan tashlab, osilgan holatga keltirish va bir vaqtning o’zida
boshini ushlab turib, kuraklari orasiga bosish kerak. Agar bu foyda bermasa,
jabrlanuvchining og’ziga ikkita barmoqni tiqib, tilning ildiziga bosish kerak.
Tayyorgarligi bo’lmagan kishi uchun eng oddiy sun’iy nafas berish «og’izdan
og’izga» usuli hisoblanadi. Buning uchun jabrlanuvchi chalqancha qilib
yotqiziladi, boshi orqaga tashlanib, og’ziga nafas berila boshlaydi, bunda uning
burni barmoqlar bilan yopib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |