98.
Zaharli ilonlar chaqganda, siz quyidagilarga bajarishingiz kerak:
Ilon chaqqanda birinchi yordam ko’rsatish: 1.Birinchi yordam ko’rsatishning
asosiy qoidalariga amal qilish kerak. 2.Jabrlanuvchiga qulay o’rnashib olishiga
yordam berib, hamda, agar imkon bo’lsa, zahar so’rilishini sekinlashtirish
uchun, tananing chaqilgan qismini yurak sathidan pastroq tushirish. 3.CHaqilgan
joyga muz qo’yish. 4.Jabrlanuvchini tinchlantirish hamda unga harakatsiz
yotishni maslahat berish. Ilon chaqishi kamdan-kam hollarda o’limga olib
keladi. Biroq bemorga iloji boricha tezroq vrach yordamini ko’rsatish kerak.
Kichik bolalar, tana massasi kichik bo’lgani uchun. havf-xatarda qolib ketishi
mumkin. Zaharni og`iz bilan so’rib olishga urinmaslik, jarohatni ishqalamaslik
hamda jgut bog`lamaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |