XV asrda qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko’targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa va sug’orish inshootlari xamda yo’l qurilishi va tuzatishlarida mexnatkash axoli kuchidan keng foydalanilgan. Bunday xashar ishlari “begor” deb atalgan. Bu yerda o’rta asrning mashxur adibi Sa’diy Sheroziyning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: “Agar xukmdor o’z fuqarosining bog’idan bir dona olma olib tanovul qilsa, uning yaqinlari olma daraxtini ildizi bilan sug’urib ketadilar. Agar xukmdor xalqning besh dona tuxumini qonunsiz olsa, uning lashkarlari xalqning minglab tovug’ini sixga tortib yuboradilar”. Sulton Xusayn ma’murlari o’zboshimchalik bilan axolisiga favqulotda solgan solig’i oqibatida 1470 yilda Muhammad Yodgor boshchiligida Hirot axolisi qo’zg’olon ko’taradi - XV asrda qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko’targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa va sug’orish inshootlari xamda yo’l qurilishi va tuzatishlarida mexnatkash axoli kuchidan keng foydalanilgan. Bunday xashar ishlari “begor” deb atalgan. Bu yerda o’rta asrning mashxur adibi Sa’diy Sheroziyning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: “Agar xukmdor o’z fuqarosining bog’idan bir dona olma olib tanovul qilsa, uning yaqinlari olma daraxtini ildizi bilan sug’urib ketadilar. Agar xukmdor xalqning besh dona tuxumini qonunsiz olsa, uning lashkarlari xalqning minglab tovug’ini sixga tortib yuboradilar”. Sulton Xusayn ma’murlari o’zboshimchalik bilan axolisiga favqulotda solgan solig’i oqibatida 1470 yilda Muhammad Yodgor boshchiligida Hirot axolisi qo’zg’olon ko’taradi
O’rta asr xunarmandchiligida kulolchilik eng rivoj topgan sertarmoq soxaga aylanadi. U kasogarlar, xum va xumchasozlar va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo’linadi. XІV-XV asrlarning ayniqsa sirli sopol buyumlari diqqatga sazovor bo’lgan. Bu davrda tosh yo’nish, unga sayqalar berib o’ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitishg san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibixonim jome’ masjidida Qur’onni qo’yish uchun o’rnatilgan tosh lavx, Amir Temurning Go’ri Amirdagi nefrit qabr toshi, Shoxi Zinda va boshqa joylardagi XV asr sag’analarining marmar toshlari va ularga ishlangan naqshlar o’ymakor oyatlar, marsiyalar va tarxlar xalq xunarmanchiligining yorqin ko’rinishidir. Binokor ustalar ksblariga ko’ra g’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar “banno” va peshtoqu-ravoq xamda toqlariga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar “ustod” deb yuritilgan. - O’rta asr xunarmandchiligida kulolchilik eng rivoj topgan sertarmoq soxaga aylanadi. U kasogarlar, xum va xumchasozlar va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo’linadi. XІV-XV asrlarning ayniqsa sirli sopol buyumlari diqqatga sazovor bo’lgan. Bu davrda tosh yo’nish, unga sayqalar berib o’ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitishg san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibixonim jome’ masjidida Qur’onni qo’yish uchun o’rnatilgan tosh lavx, Amir Temurning Go’ri Amirdagi nefrit qabr toshi, Shoxi Zinda va boshqa joylardagi XV asr sag’analarining marmar toshlari va ularga ishlangan naqshlar o’ymakor oyatlar, marsiyalar va tarxlar xalq xunarmanchiligining yorqin ko’rinishidir. Binokor ustalar ksblariga ko’ra g’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar “banno” va peshtoqu-ravoq xamda toqlariga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar “ustod” deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |