2.8 Xo’jalikda naslchilik ishi
Xo’jalikda qoramolchilik naslchilik ishining asosiy vazifasi urchitilayotgan mavjud hayvonlar nasldorlik va mahsuldorlik belgilarini takomillashitirish muayyan iqlim va xo’jalik sharoitlariga yaxshi moslashgan, texnoligik talablarga javob beruvchi qoramollarning yuqori maxsuldor podalarni yaratishdan iborat. Naslchilik ishining asosiy vazifasi:
Haayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarni yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash takroran ko’paytirish va ulardan oqilona foydalanish resurslar kelib chiqishini aniq hisobga olinadi.
Qoramolchilikda naslchilik ishini yaratishda yani quydagi genetic parametrlar hisobga olinadi: O’zgaruvchanlik, irsiyat, belgilarning takrorlanishi va ularning o’zaro bog’lanishidir. Qoramolchilikda tanlash va juftlash o’zaro bir biri bilan bog’liqdir. Juftlash tanlashning davomi, uning yakuniy qismi bo’ladi.
Bizning xo’jalikda sigirlarni tuqqandan so’ng urug’lantirish muddatini aniqlash mollarni axvoli, ularning sut mahsuldorlik me’yori xamda xo’jalikni aniq sharoitini oziqlantirish va saqlash qoramolchilik yo’nalishi yil fasli inobatga olinadi. Sigirlar bachadoni normal holatga qaytishi va otalangan urug’ni qabul qilish xolatini tiklovchi tuqqandan so’ng 28 kunga to’g’ri keladi. Sut yo’nalishidagilar esa kuyga kelish muddati 16- 45 kunga to’g’ri keladi.
Xo’jalikda ozuqa jamg’arish ishlari.
Bizning xo’jlalikda ozuqa jamg’arish ishlari may oyidan boshlanadi. Ozuqalar asosan silos, senaj, somon, beda pichani, vejimka va aralash yemlardan iborat. Aralashma yem tarkibida bug’doy kepagi, arpa yormasi, bug’doy yormasi, kunjara, paxta shroti, so’ya shroti, semechka va boshqalar silos jamg’arish texnologiyasi mahsus transheyalarda bosiladi. Transheyaning balandligi 3 m, eni 11 m, uzunligi 50 m dan iborat bo’lib jami 1650 m3 bo’lib shunga 70-75 % gacha namlikka ega bo’lgan makkajo’xori silosidir. Shu kattalikda transheyada 1500 tonnagacha silos bosiladi. Senaj – bu ko’k otlarni 45-55 % gacha qurutilib anaerob sharoitda konsentratsiya qilinadi.
Senaj asosan dukkakli va dukkakli hashaki no’xot, suli va boshqa o’tlardan tayyorlanadi. Senaj ko’k o’tlar tarkibidagi to’yimli moddalarning maxsimal darajada saqlab qolishiga imkon beradigan yuqori sifatli ozuqa hisoblanadi. Senaj hayvonlarga yedirishga tayyor bo’lgandan so’ng uning sifati o’rganiladi. Buning uchun orgonoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha ozuqa hidi, rangi vegetative organlr strukturasi hamda quruq moddasi tarkibida saqllanadigan karotin, protein hamda organic kislotalar nisbati aniqlanadi. Xo’jalikdagi tayyorlangan silos va senaj miqdori aniqlash uchun ozuqani bostirish jarayonida tarozida tortish va taxminiy namlik yo’qolish hisobiga chegirma qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |