HAYOT FAOLIYATI XAFSIZLIGINING BOSHQARISH VOSITALAR
Reja:
1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari
2.Xavfsizlikning tizimli tahlili 3.Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari
4.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip, usul va vositalari
1990 yil 27 aprelda sobiq ittiibq Davlat ta'limi komiteti kollegiyasi tarkibidagi "Hayot faoliyati xavfsizligi" ilmiy-metodik Kengashiga qo'shilgan ilmiy va pedagogik jamoatchiligi tashabbusi bilan "Mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasi masalalarini qayta ko'rishning birinchi darajali choralari" masalasi ko’iladi, Shundan key in 1990-yil iyulda Kollegiya qarori materiallari natijasida oliy maktab o quv rejasida o'qilib kelayotgan «Mehnat muhofazasi» va "Fuqaro muhofazasi" fanlarni o'rniga "Hayot faolivati xavfsizligi" (HFX) deb nom olgan yangi fanni kiritish haqida bu\ruq beriladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bu yangi fan oldingi o'qitilib kelingan fanlarni inker qilmaydi va voz kechmaydi, aksincha ularni rivejlantiradi va ularning oxirgi yutuqlariga suyanadi, bir vaqtning o’zida HFX fani yangi predmetdir. u ma’lum qoidalarning mexanik ravishda o'qitilishi emasdir.
Yangi fanning markaziy e'tiborida inson jamiyat rivojlanishining maqsadi turadi.
Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi sharoitlari bilan qiziqadi, fuqaro muhofazasi esa uning favqulodda holatlari bilan qiziqadi va o'rganadi.
HFX esa kishilik jamiyatining hamma holatlardagi sharoitlari bilan qiziqadi va o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, HFX mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasiga qaraganda keng va universaldir, ya'ni ular aniq vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlashning qisman holatlarini o’rganadi. HFX fan va texnika rivojlanishining mantiqiy asosida vujudga keldi. Bizning eramizdan oidin yashagan matematik olim Pifagor "Inson hamma narsalarnine mezonidir" derail shiorni oldinsa tashlagan edi. bu degani. inson nafaqat ishehi kuchi sifatida, balki mehnat faolivati jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo'lgan qiymatga egadir. Insoniy aktivlik turlarining hamma majmuasi faoliyat tushunchasini xosil qiladi. Aynan faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratadi, ya'ni faoliyat spetsifik bo'lgan aktivlikning insoniy shaklidir. Faoliyat bilan barcha shug'ullanadi - bolalar, kattalar, qariyalar. Shuning uchun, xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo'ladi.
Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning yaqin aloqada bolishiga e'tibor berish kerak.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to'g'ri va qayta aloqada bo'ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo’lib, «insonmuhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko'ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iboratdir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi.
Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib,
u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridanto'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi. uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash o’chamlar aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.
Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy ko’rsatkichlaridir.
Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi. Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u ko'p sabablidir.
Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar (katastrofalar) va boshqalar. Bu ko'ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta'sir va boshqa jarayonlar xavflar deb ataladi. Xavflir yashirin (potensial) va real turlarga ajratiladi.
Xavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: Hayotga tahlika, sog'liqqa zarar, inson a'zolari ishlashining qiyinlashishidir.
Potensial xavf amalga oshishi uchun sabablar deb ataluvchi sharoitlar zarur. Endi xavf va uning oqibatini xarakterlovchi ayrim ma’lumotlarni keltiramiz. Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib bormoqda, u 1990 yilda 1960- yilga nisbatan ikki marta oshdi. dunyoda 500 millionga yaqin nogiron bo'lib, ularning bar 1/5- baxtsiz hodisa natijasida sodir bo'lgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida har yili 19 milliongacha kishi jarohatlanadi, 500 ming kishi halok bo'ladi, shundan 50-60 ming kishi yo’l-transport hodisasida, 10 mingi - yong'inda, va 14 mingi bevosita ishlab chiqarishda sodir bo'ladi.
yildan boshlab jarohatlanish darajasi turli mamlakatlar bo'yicha foizga oshgan, ularning ayrimlarida esa bu ko'rsatkich 11-19% va undan ham yuqori bolmoqda. Bir yilda har 1000 ta kishiga to'g'ri kelgan o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar quyidagi 28-jadvalda keltirilgan. Tajriba shuni ko'rsatadiki, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o'zida tan olinadiki, xavf (tavakkal) darajasini boshqarsa bo’ladi, ya'ni kamaytirsa bo’ladi. Bu tasdiqlanish ma'qul bo'lgan tavakkal konsepsiyasiga olib keladi va bu mutlaq xavfsizlikka erishib bo'lmasligini tushunishga asoslanadi.
Bir yilda bar 1000 ta kishiga to'g'ri kelgan o'limlar sonining taqqoslash ma'lumot ko'rsatkichlari Sharqiy Yevropa Davlatlar MDH
G'arbiy Yevropa
Do'stlaringiz bilan baham: |