1.Vinchester (vint) – magnit disklarning qattiq turi, u sistema blokida joylashtiriladi, vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko‘p maʼlumot saqlash mumkin.
2.Windovs (ingl. Windows – «oyna” ) – inglizcha so‘z bo‘lib, derazalar, oynalar, darchalar degan maʼnoni anglatadi, operatsion sistemaning nomi.
3.Windovsning ish stoli – (ruscha rabochiy stol) Windows operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda aks etadigan ko‘rinish.
4.Yorliq – burchagida strelka belgisi bor rasm(piktogramma), har bir yorliq biror fayl yoki papkaga mos keladi va ular yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.
5.Asosiy plata – yaxlit asosga yig‘ilgan elektron sxemalar, unda protsessor, tezkor xotira va sistema elementlari joylashadi.
6.Belgilangan qism – paint dasturining ixtiyoriy yoki to‘rtburchak sohani belgilash uskunasi yordamida rasmning ajratilgan qismi, ajratilgan qism atrofida uzuq(shtrix) chiziqli to‘g‘ri to‘rtburchak hosil bo‘ladi.
7.Bufer – olingan nusxa joylashadigan kompyuter xotirasining maxsus qismi.
8.CD-ROM – kompakt disklardagi maʼlumotlarni o‘qish qurilmasi.
9.Dastur – maʼlum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning chekli tartibli ketma-ketligi.
10.Dasturni yopish – dasturda ishni yakunlash.
11.Ishchi maydoni – ish stolining piktogrammalardan xoli qismi.
12.Klaviatura (ing. keyboard) – ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlar majmui. Uning yordamida kompyuterga turli maʼlumot va buyruqlar kiritiladi, yaʼni kompyuter bilan muloqot amalga oshiriladi.
13.Kompakt disk – optik yozish imkoniyatli magnit disklarga nisbatan bir nech yuz marta katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlovchi plastik disk.
14.Kompyuter – (inglizcha «hisoblovchi” maʼnosini anglatadi) turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni taʼminlovchi avtomatik qurilma.
15.Kontekst–menyu – sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida ochiladigan yordamchi amallar ro‘yxati.
16.Magnit disk – kompyuterning xotira qurilmasida ishlatiluvchi va bir o‘qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki plastinalar shaklida tashkil etilgan maʼlumotlar tashuvchi, magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari mavjud.
17.Masalalar paneli – vindovs operatsion sistemasidagi ish stolining Pusk tugmasi, tezkor ishga tushirish paneli, ishga tushirilgan dasturlarga mos sarlavha va boshqa narsalar aks etgan qism.
18.<> papkasi – foydalanuvchining maʼlumotlari saqlanadigan papka, ish stoli papka belgisi aks etib turadi.
19.Delete – o‘chirish buyrug‘i yoki tugmasi.
20.Disket – magnit disklarning egiluvchan turi, ular bir kompyuterdan boshqasiga maʼlumotlarni ko‘chirish uchun ishlatiladi.
21.Disk yuritgich – disklarga maʼlumotlar yozish va undagi maʼlumotlarni o‘qish qurilmasi.
22.Exit – dasturdan chiqish buyrug‘i yoki tugmasi.
23.Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo‘yilgan maʼlumot.
24.Fayl belgisi – fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko‘rsatilgan piktogramma.
25.Faylni ochish – faylni ishga tushirish.
26.Foydalanuvchi – kompyuterda ishlayotgan shaxs.
27.Hardware – kompyuter qurilmalari, qattiq qism ham deb ataladi.
28.Informatika – kompyuter texnikasi yordamida inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash , saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan.
29.Interfeys – dasturning foydalanuvchi ishlashiga qulaylik beruvchi muloqot oynasi.
30.Internet (ingl. international va network) – «Butunjaxon o‘rgimchak turi”, yer sharini qamrab olgan o‘zaro bog‘liq kompyuter tarmoqlari to‘plami.
31.Printer (ingliz tilidagi printer – «chop etuvchi”) – kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar(hikoya, referat va boshqalar)ni qog‘ozda chop etish qurilmasi.
32.Probel – bo‘sh joy qoldirish klavishi.
33.Protsessor (inglizcha proccesor – «jarayonlarni boshqaruvchi”) – elektron sxema, u kompyuterning barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
34.Pusk tugmasi – vindovsda ish boshlash bilan bog‘liq bo‘lgan va barcha imkoniyatlar mujassamlangan Pusk menyusi hosil bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |