turar joy — qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturlarda nazarda tutilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek namunaviy yakka tartibdagi uylar;
ipoteka krediti — harbiy xizmatchiga qonun hujjatlariga muvofiq qaytarish, to‘lov, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish (qurish) uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi.
Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada ko‘rsatilgan qiymatning 25 foizi miqdorida ajratiladi.
5. Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘lanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq bo‘lmasligi kerak, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son) 6. Harbiy xizmatchilarning arizasiga va tegishli idora rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra ajratilayotgan turar joy yoki turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal o‘rniga mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun bepul asosda yer uchastkasi berilishi mumkin.
Harbiy xizmatchilarning arizasiga va tegishli idora rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra turar joy sharoitlarini yaxshilash o‘rniga ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi berilishi mumkin.
7. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka kreditlari berish tartibi
8. Harbiy xizmatchilarni turar joy bilan ta’minlash yoki ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqish uchun:
tegishli idoralarning markaziy apparatlari huzurida markaziy turar joy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda markaziy turar joy komissiyasi deb ataladi);
tegishli idoralarning harbiy qismlarida turar joy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda turar joy komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining tarkiblari ularning huquq va vazifalari, ular faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tartibi tegishli idora rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining raislari va a’zolari qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, adolatliligi, odilligi, xolisligi va shaffofligi uchun javob beradilar.
9. Ipoteka krediti harbiy xizmatchilarga xizmat joyi yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi bo‘yicha beriladi.
Ipoteka krediti olish uchun harbiy xizmatchilarga tegishli idoralarning markaziy turar joy komissiyasining qarori asosida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal beriladi.
10. Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri (boshlig‘i) nomiga bildirgi;
oilaning tarkibi to‘g‘risida (mavjud bo‘lganda) yashash joyidan ma’lumotnoma;
harbiy xizmatchining turar joy bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan turar joy attestati;
Oldingi tahrirga qarang.
nikoh tuzilganligi (mavjud bo‘lganda) va bolalar tug‘ilganligi (mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxalari;
(10-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
harbiy xizmatchining pul ta’minoti va doimiy ish joyidan (mavjud bo‘lganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila a’zolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
kalendar bo‘yicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
harbiy xizmatni o‘tashga kontrakt tuzilganligi to‘g‘risida harbiy qism komandiri (boshlig‘i)ning buyrug‘idan ko‘chirma;
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joylar (xizmatni o‘tash joyi) bo‘yicha Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining harbiy xizmatchi yoki uning xotini (eri)ning o‘z turar joyi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
11. Turar joy komissiyasi o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi.
Turar joy komissiyasi tomonidan harbiy xizmatchi uchun dastlabki badalni kiritish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun yuboriladi.
Dastlabki badalni kiritish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatib yozma shaklda harbiy xizmatchini xabardor qiladi.
Harbiy xizmatchi turar joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb e’tirof etilganda unda dastlabki badalni olish uchun tegishli hujjatlarni takroran kiritish huquqi saqlanib qoladi.
12. Tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar bir hafta muddatda ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikki nusxasi markaziy turar joy komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
Ikki hafta muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusxasi tegishli idoraning rahbari tomonidan dastlabki badalni kiritish uchun pul mablag‘lari ajratish to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlash uchun tegishli idoraning kvartira-foydalanish organiga yuboriladi.
Dastlabki badalni kiritish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, markaziy turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda turar joy komissiyasini rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
3-bob. Dastlabki badalni va ipoteka kreditini o‘tkazish va qaytarish
13. Tegishli idora rahbarining dastlabki badalni kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida kvartira-foydalanish organi harbiy xizmatchiga tilxat bilan dastlabki badalni kiritish to‘g‘risida kafolat xati beradi.
Tegishli idoralar tomonidan dastlabki badalni kiritish pul mablag‘lari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazilishi yo‘li bilan harbiy xizmatchi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzganidan keyin amalga oshiriladi.
14. Ipoteka kreditini qaytarish harbiy xizmatchi va uning oila a’zolari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
pul ta’minoti va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd bo‘lmagan shaklda pul o‘tkazish;
naqd pul mablag‘lari to‘lash;
plastik kartalardan va harbiy xizmatchining tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqd bo‘lmagan shaklda pul mablag‘lari o‘tkazish.
4-bob. Ijtimoiy kafolatlar
15. Ular uchun tegishli idoralar tomonidan uy-joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar dastlabki badal amalga oshirilgan paytdan boshlab to‘liq 12 oy o‘tgach davlat hisobiga turar joy bilan ta’minlanmaganlar ro‘yxatidan chiqariladi.
16. Turar joy bilan ta’minlash usuliga bog‘liq ravishda harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:
ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal ular uchun kiritilgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila a’zolariga xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi, yoxud to‘liq 12 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi;
yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila a’zolariga yer uchastkasini mustaqil o‘zlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi, yoxud to‘liq 24 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi.
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddati harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badal kiritilgan kundan boshlab yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun harbiy xizmatchilarga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi.
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish tegishli idoraning kvartira-foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi, ularga turar joyni markazlashtirilgan tartibda hisobga olishni yuritish yuklanadi.
17. Harbiy xizmatchi halok bo‘lgan yoki u xizmat vazifalarini bajarishda og‘ir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda qaytarilmagan kredit summasi va u bo‘yicha hisoblangan foizlar tegishli idora rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qaytariladi.
18. Birgalikdagi nikohdagi harbiy xizmatchilar (xotin, er) tomonidan turar joyni sotib olish (qurish) uchun dastlabki badalni kiritish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish kvartira-foydalanish organi tomonidan berilgan er-xotinning har ikkisi turar joy bilan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi bilan ta’minlanmaganligi va ularning har ikkisi uchun dastlabki badal kiritilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan biri tomonidan, xizmat joyi bo‘yicha yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Tegishli idora tomonidan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilgan harbiy xizmatchi davlat hisobiga turar joy bilan bepul ta’minlashning boshqa shakllaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.
20. Xo‘jalik hisobi asosidagi bo‘linmalarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badallar tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga beriladi.
21. Davlat hisobiga turar joy (dastlabki badal, yer uchastkasi, turar joyni xususiylashtirish va shu kabilar) bilan ta’minlangan harbiy xizmatchi umumiy shartlarda qo‘shimcha turar joy olish uchun belgilangan tartibda ipoteka krediti olish huquqini yo‘qotmaydi.
Dastlabki badalni to‘lash va keyinchalik olingan kreditni qaytarish belgilangan tartibda harbiy xizmatchining yoki uning oila a’zolarining mablag‘lari hisobiga to‘liq amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno, tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradilar.
23. Tegishli idoralarning moliya organlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badalni kiritishda hujjatlarning butligi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanishi uchun javob beradilar.
24. Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) va turar joy komissiyasi ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalni berish bilan bog‘liq hujjatlar rasmiylashtirilishining ishonchliligi uchun javob beradi.
25. Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalni kiritish masalasini ko‘rib chiqishda zarur bo‘lgan oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishi uchun harbiy xizmatchilarga mas’uliyat yuklanadi.
26. Turar joy komissiyalarining qarorlari va ular a’zolarining harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha ariza va shikoyatlar markaziy turar joy komissiyasi va sud tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
27. Harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan