Yigirmanchi yillardan boshlab hikoya tanqidchilar tomonidan Amerika adabiyotiga xos janr sifatida qabul qilina boshlandi, uning rivojlanishida jurnallarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. XX asrda o‘nta amerikalik yozuvchi adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1918-yildan boshlab Nyu-Yorkda, “kat- ta adabiyotdagi” eng nufuzli mukofotlardan biriga aylangan badiiy kitob uchun Pulitser mukofoti topshirib kelinmoqda. Bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etdi. Bolalar adabiyotining klassigi L.Frenk Baumning asarlari butun dunyoda nashr ettirildi. Detektiv janrida ijod qilgan adiblardan Deshil Xammet, Reymond Chandler, Jeyms Keynlarning asarlari mashhur bo‘ldi. 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan U.Folkner, XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan AQShning eng yirik yozuvchilaridan biri edi. 50-yillar adabiyotida Jerom Selinjerning “Javdardagi tik jarlik us- tida” romani alohida o‘ringa ega. 1951-yili chop etilgan bu asar, ay- niqsa yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Kitoblarda ilgari ta’qiqlangan mavzular ko‘tarib chiqila boshlandi (taniqli shoira Elizabet Bishop, yozuvchi Trumen Kapote). 50-yillar AQSh dramaturgiyasida Artur Miller va Tennessi Uilyamslarning pyesalari ajralib turgan bo‘lsa, 60-yillarda Edvard Olbining pyesalari (“Zooparkdagi hodisa”, “Bes- si Smitning o‘limi”, “Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi?”, “Barchasi bog‘da”) teatr sahnalaridan tushmadi. Amerika adabiyotidagi rang-baranglik bir yo‘nalishni ikkin- chi yo‘nalish tomonidan to‘liq siqib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi, 50–60-yillarda barakali ijod qilgan Jek Keruak, Lourens Ferlingetti, Gregori Korso, Allen Ginzberglar o‘rnini, postmodernizm vakillari (masalan, Pol Olster, Tomas Pinchon) egalladilar. Detektiv janrida ijod qilgan adiblardan Deshil Xammet, Reymond Chandler, Jeyms Keynlarning asarlari mashhur bo‘ldi. 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan U.Folkner, XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan AQShning eng yirik yozuvchilaridan biri edi. 50-yillar adabiyotida Jerom Selinjerning “Javdardagi tik jarlik us- tida” romani alohida o‘ringa ega. 1951-yili chop etilgan bu asar, ay- niqsa yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Kitoblarda ilgari ta’qiqlangan mavzular ko‘tarib chiqila boshlandi (taniqli shoira Elizabet Bishop, yozuvchi Trumen Kapote). 50-yillar AQSh dramaturgiyasida Artur Miller va Tennessi Uilyamslarning pyesalari ajralib turgan bo‘lsa, 60-yillarda Edvard Olbining pyesalari (“Zooparkdagi hodisa”, “Bes- si Smitning o‘limi”, “Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi?”, “Barchasi bog‘da”) teatr sahnalaridan tushmadi. Amerika adabiyotidagi rang-baranglik bir yo‘nalishni ikkin- chi yo‘nalish tomonidan to‘liq siqib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi, 50–60-yillarda barakali ijod qilgan Jek Keruak, Lourens Ferlingetti, Gregori Korso, Allen Ginzberglar o‘rnini, postmodernizm vakillari (masalan, Pol Olster, Tomas Pinchon) egalladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |